8-SINF O’ZBEKISTON TARIXI Sardorbek MOVOROUNNAHR SHAYBONIYLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA
XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movorounahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat
XVI- asrdan Movorounnahrga qayerdan turkiy qabilalar kirib keldi? Dashti Qipchoqdan
XVI-XVII asrda qaysi xalq xalq sifatida shakllandi? O’zbek
Vatanimizning jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga sabab nima? Ananaviy jamiyatning hukm surganligi
Shohrux qachon vafot etdi? 1447-yilda
Shohrux qayerning hukmdori edi? Xuroson hukmdori
Shohruh vafotidan keyin Xuroson necha qismga bo’linib ketdi? 11 qismga
Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini qachon egalladi? 1469-yilda
Sulton Husayn Boyqaro kimning nabirasi edi? A.Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning
Umarshayx Temurning nechanchi o’g’li edi? Ikkinchi o’g’li
Sulton Husayn Boyqaro qancha hukmronlik qildi? Salkam 40 yil
Sulton Husayn Boyqaro davrida qaysi soha gullab yashnadi? Xo’jalik va madaniy hayoti
Sulton Husayn Boyqaro qachon vafot etdi? 1506-yilda
Sulton Husayn Boyqaro vafotidan keyin kimlar taxtga o’tirdi? O’g’illari Badiuzzamon va Muzaffar Husayn
Movorounnahrda kimning vafotidan keyin toj-taxt uchun kurash avj oldi? Mirzo Ulug’bek
Abu Said Mirzo kimning nabirasi edi? A.Temurning o’g’li Mironshohning nabirasi, Sulton Muhammadning o’g’li
Abu Said Mirzo qachon hukmronlik qildi? 1451-1469-yillar
1469-1494-yillolarda kim Movorounnahr hukmdori bo’ldi? Sulton Ahmad
Sulton Mahmud qachon hukmronlik qildi? 1494-1495-yillarda
Boysung’ur Mirzo qachon hukmronlik qildi? 1495-1497-yillar
1498-1500-yillarda kim hukmronlik qildi? Sulton Ali Mirzo
Sulton Ahmad va Sulton Mahmud kimning farzandi edi? Abu Said ibn Sulton Muhammad
Bobur kimga chevara bo’lardi? A.Temurning o’g’li Mironshohga
Mironshoh Temurning nechanchi farzandi edi? Uchinchi
Bobur qachon, qayerda tug’ildi? 1483-yil Andijonda
Bobur yoshlik yilllarini qayerda o’tkazdi? Andijon va Axsida
Umarshayx Mirzo qachon yashadi? 1455-1494-yillarda
Umarshayx Mirzoning otasi kim edi? Abu Said Mirzo
Umarshayx Mirzo qayerga hokim bo’lgan? Dastlab Kobul viloyatiga, so’ngra Farg’onaga
Umarshayx Mirzoga akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida qaysi hududlar beriladi? Toshkent va Sayram berildi?
Ichki kurashlar natijasida Umarshayx Mirzo qo’l ostida qyerlar qoldi? Farg’ona, Xo’jand, va O’ratepa
Bobur hokimiyatga kelganda necha yoshda edi? 12 yoshda
Dastlab Bobur o’rniga kimlar davlat ishlarini boshqardilar? Ishonchli begi Hojiqozi va onasi Qutlug’ Nigorxonim
Nima sababdan Bobur o‘rniga davlatni onasi Qutlug’ Nigorxonim va Hojiqozi boshqargan? Yosh bo’lganligi uchun
Sulton Ahmad Boburga kim bo’lar edi? Amakisi
Sulton Ahmad qachon Farg’ona ustiga yurish qildi? 1494-yilda
Samarqand qo’shini qaysi ko’prikdan o’tayotganda falokat yuz beradi? Quvasoy
Sulton Ahmadning Samarqandga qaytib ketishiga nima sabab bo’ldi? Quvasoy ko’prigi nishi, otlari orasida o’lat tarqalishi va aholining kuchli qarshiligi
Sulton Ahmaddan keyin kim Farg’ona ustiga yurish boshlaydi? Tog’asi Sulton Mahmudxon
Sulton Mahmudxon Boburga kim bo’lar edi? Tog’asi
Sulton Mahmudxon qayerning hukmdori edi? Toshkent
Sulton Mahmudxon qayerni qamal qiladi? Axsini
1495-yili Samarqand taxtiga kim o’tirdi? Sulton Mahmud
1495-yilga kelib Samarqandda kim hukmron edi? Buysung’ur Mirzo
1495-yilga kelib Toshkentda kim hukmron edi? Sulton Mahmudxon
1495-yilga kelib Hirotda kim hukmron edi? Husayn Boyqaro
1495-yilga kelib Andijonda kim hukmron edi? Bobur Mirzo
Bobur Samarqand ustiga qachon yurish boshladi? 1496-yil
Samarqand qamali nima sababdan to’xtatildi? Qish yaqinlashib qolganligi sababli
Bobur Samarqandga qachon ikkinchi marta yurish boshladi? 1497-yil mayda
Ikkinchi qamal paytida nima sababdan Boysung’ur askarlari orasida parokandalik boshladi? Samarqand shahri ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelganligi uchun
Qamal paytida Boysung’ur kimdan yordam so’raydi? Shayboniyxondan
Sahyboniyxon jangga kirmasdan Turkistonga qaytib keyishiga nima sabab bo’ldi? Boysung’urning Shayboniyxon bilan shahar ichida emas balki, shahar tashqarisida ittifoq bo’lishini aytishi
Nima sababdan Sahyboniyxonni Boysung’ur shahar ichkarisiga qo’ymadi?
Ikkinchi Samarqand qamali qancha davom etdi? 7 oy
Qamaldan Boysung’ur qayerga qochdi? Qunduz hukmdori Xusravshoh huzuriga
Bobur Samarqand taxtini qachon egalladi? 1497-yil noyabr oyida
Boburning Samarqanni tark etishiga nima sabab bo’ldi? Boburning dushmanlari birlashib ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o’tqazishga erishishi
Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga ko’tarishga kim harakat qildi? Ahmad Tanbal
Bobur Samarqandni ilk bor egallaganda qancha hukmronlik qildi? Yuz kun
Andijonda Uzun Hasan hukmronligiga kim chek qo’ydi? Nosir Mirzo
Jahongir va Bobur o’rtasida qachon sulh tuzildi? 1500-yil
1500-yilgi Bobur va Jahongir o’rtasidagi sulh shartnomasiga ko’ra… Sirdaryoning shimoliy tarafi Axsi shahri bilan Jahongirga, Sirdaryoning janubiy tarafi Andijon shahri bilan Boburga berildi
Farg’onadagi toj-taxt kurashi haqida Muhammad Solih nima degan? “Hamma bir-biridan qo’rqar edi. O’zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig’vo urug’ini sochar edilar”