9 - Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi Ashtarxoniylar kimning naslidan edi? Jo’jixon naslidan
Ashtarxoniylar XIV asrning 80-yillaridan boshlab qayerda hukronlik qila boshladilar? Astraxon xonligida
Yormuhammadxon qachon Buxoroga keldi? 1556-yilda
Iskandarxon qizi Zuhrabegimni kimga berdi? Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga
Jonibek va Zuhrabegim nikohidan necha o’g’il farzand tug’iladi? Boqi Muhammad, Vali Muhammad, Din Muhammad
1601-yili Buxoro taxtiga kim o’tirdi? Boqi Muhammad
Shayboniylar sulolasidan taxtga munosib nomzod qolmagach, xonlik taxtiga kim munosib bo’ladi? Jonibek Sulton
Jonibek Sulton kimni foydasiga taxtdan voz kechadi? Din Muhammad
Boqi Muhammad qayerning hokimi edi? Samarqand
Boqi Muhammad qachon hukmronlik qildi? 1601-1605-yillarda
1602-yili Boqi Muhammad qayerni bo’ysundirdi? Balxni
Boqi Muhammad 1602-yilda kimni Balx hokimi etib tayinladi? Ukasi Vali Muhammad
Boqi Muhammad qaysi shahar uchun qozoqlar bilan kurashdi? Toshkent
Keldimuhammad qo’shinlari qachon Toshkentdan quvildi? 1604-yilda
1605-yili Buxoro taxtiga kim o’tirdi? Vali Muhammad
Vali Muhammad Boqi Muhammadga kim bo’lar edi? Ukasi
Vali Muhammad nima sababdan Eronga qochadi? Buxoro amirlari unga qarshi isyon uyushtiradi
Imomqulixon qachon hukmronlik qildi? 1611-1642-yillarda
Vali Muhammaddan keyin taxtga kim o’tiradi? Boqi Muhammadning o’g’li Imomqulixon
Imomqulixon kimga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi? Qozoqlar, asosiy negizi oyratlardan kelib chiqqan jung’orlar va qalmiqlarga
Imomqulixon qachon Toshkentni qo’lga kiritdi? 1613-yilda
Toshkent egallangach kim Toshkent hokimi bo’ldi? Imomqulixonning o’g’li Iskandar Sulton
Nima sababdan Imomqulixon Toshkent ustiga yana yurish qildi? Toshkent aholisi isyon ko’tarib o’g’li Iskandar Sultonni o’ldirganligi uchun
Iskandar Sultonga qarshi nima sababdan qo’zg’olon ko’tarildi? Toshkentdagi soliqlarga qo’shib Buxorodagi soliqlarni ham qo’shib olganligi uchun
1642-1645-yillarda kim hukmronlik qildi? Nodir Muhammad
Nodir Muhammad mamlakatni kimlarga bo’lib berdi? 12 nafar o’g’li, ikki nafar jiyani va nabirasiga
1645-yili qozoqlar qayergacha kirib keldilar? Xo’jandgacha
Nodir Muhammad qozoqlar bilan kurashga kimni jo’natdi? O’g’li Abdulazizni
Nodir Muhammad o’g’li Abdulaziz xon bo’lgach qayerga qochdi? Balxga
Nodir Muhammad o’g’li bilan kurashish uchun kimdan yordam so’raydi? Hindiston hukmdori boburiy Shoh Jahondan
Nodir Muhammad nima sababdan yordamga kelayotgan Murodbaxsh va Avrangzeb qo’shinlariga qarshi chiqdi? Balx viloyatini egallash uchun kelayotganligini bilgan
Nodir Muhammad Murodbaxsh va Avrangzeb qo’shinlaridan qayerdagi jangda yengildi? Maymana yo’lida
Mag’lubiyatga uchragan Nodir Muhammad qayerga qochdi? Eronga shoh Abbos huzuriga
Shoh Jahon o’g’illari qachon Balxni egalladi? 1647-yil
Abdulazizxon Balxni egallash uchun kimni jo’natdi? Subxonquli
Subhonqulixon qachon Balxni egalladi? 1651-yilda
1645-1681-yillarda kim hukmronlik qildi? Abdulazizxon
1655-yili kim Buxoro atrofini ikki marta talon-taroj qildi? Xiva xoni Abulg’oziyxon