11. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot Ashtarxoniylarda rasman davlat boshlig’i kim edi? Xon
Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar kimning ixtiyoriga binoan hal qilingan? Xon
Ashtarxoniylar davrida qanday lavozim joriy etilgan? Saroy qutvoli
Saroy qutvoli qanday ish bilan shug’illangan? Davlat mablag’i hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan qanday birliklarga bo’lingan? Viloyat va tuman
Viloyat hokimlari kim tomonidan tayinlangan? Xon tomonidan
Buxoro xonligining harbiy jihatdan zaiflashuviga nima sabab bo’lgan? Harbiy sohada doimiy qo’shin, markaziy harbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurollar bilan qurollanmaganligi
Ashtarxoniylar davlatida Mulki sultoniy qanday yerlar? Davlat yerlari
Ashtarxoniylar davlatida Mulki sultoniydan qanday soliq olingan? Xiroj
Ashtarxoniylar davlatida Mulki sultoniydan kelgan daromad qayerga tushgan? Xon hazinasiga
Ashtarxoniylar davlatida Suyurg’ol yerlari kimlarga berilgan? Shahzodalar, yirik din ulamolari va sayyidlarga
Ashtarxoniylar davlatida Harbiy qism boshliqlari va saroy amaldorlariga qanday yer berilgan? Tanho
Ashtarxoniylar davlatida Suyurg’ol va tanho yerlarining farqi nimada? Suyurg’ol yerlar xon hazinasiga soliq to’lamagan
“Mulki hurri xolis” qanday yerlar? Xon tomonidan ayrim shaxslarga hukmdorga ko’rsatgan alohida hizmatlari uchun berilgan yer-mulk. Bu yerlar soliqlardan ozod qilingan