7 - Buxoro xonligining tashqi siyosati Hindistondagi boburiylar saltanati bilanBuxoro xonligi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning o’rnatilishi kimning nomi bilan bog’liq? Ko’chkunchixon
Shayboniylar davlatida kimni hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi hamda u bilan savdo va elchilik munosabatlarini o’rnatdi? Ko’chkunchixon
Ko’chkunchixon o’z elchisi orqali Boburga sovga-salom sifatida nimalarni yuboradi? Mayiz, o’rik kabi yeti tuyaga yuklangan sovg’a-salomlar qatori 200 ta yaxshi ot
Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashishda kimlar bilan birga harakat qildilar? Boburiylar bilan
Abdullaxon II 1572-yili kimning huzuriga elchilarini jo’natdi? Akbarshoh
Abdullaxon IIning Akbarshohga yo’llagan maktubidan nima ko’zlangan edi? boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish
Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta qachon elchi jo’natdi? 1577-yilda
Ikkinchi elchilikda Abdullaxon II nimani taklif etadi? Bu elchilikda siyosiy maqsad ko’zlanib, Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qiladi
Nima sababdan Akbarshoh Abdullaxon IIning Eronni bo’lib olish taklifini qabul qilmadi? Chunki Akbarshoh fuqarolari turli din va diniy yo’nalishlarga e’tiqod qiluvchi davlatlarning bir-biriga toqat qilib yashashlari tarafdori, diniy bag’rikenglikni davlat siyosati darajasiga ko’targan hukmdor edi, Eron bilan yaxshi munosabatda edi
Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga qachon uchinchi elchiligini jo’natdi? 1585-yilda
Abdullaxon II Badaxshonni nechanchi yilda egallaydi? 1584-yilda
Abdullaxon II Badaxshonni egallash sababini Akbarshohga qanday tushuntirishga harakat qildi? Musulmonlarning muqaddas shaharlari bo’lgan Makka va Madinaga boradigan yo’l Badaxshon orqali o’tgan. Bu yo’lni g’ayridinlardan tozalash maqsadida Badaxshonni egallaganligini bildiradi
1586-yil 23-avgustda jo’natilgan Akbarshoh elchilari Abdullaxon IIga nimani ma’lum qiladi? Turkiya Eronni bir qismini egallab olganligi, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatish zarurligini
Hindiston va Buxoro xonligi o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga nima sabab bo’ldi? Badaxshonda Abdullaxon II ga qarshi isyon ko’tarilib bu iyonda Akbarshohni qo’li bor degan gumon paydo bo’ladi. Badaxxshon hokimi Abdullaxon Ii ning o’g’li Abdulmo’min Akbarshohga maktub yo’llab boshpana berilgan badaxshonlik isyonchilarni Buxoroga qaytarishni talab qilganligi
Qayerda ko’tarilgan qo’zg’olonda Akbarshohning qo’li borligi haqida mish-mish tarqaydi? Badaxshonda
Shayboniyxon kim bilan safaviylarga qarshi kurashish uchun shartnoma tuzgan? Turkiya sultoni Boyazid II
Sulton Salim huzuriga qachon shayboniylarning elchilari jo’natiladi? 1515-yilda
Sulton Salim o’z elchiligiga kimni boshliq etib tayinladi? Muhammadbek
Sulton Salim o’z elchiligi orqali Ubaydullaxonni nimaga undaydi? Eronga qarshi kurashga
Usmoniylar qaysi Toshkent hokimiga harbiy kuch jo’natgan? Baroqxon Navro’z Axmadxon ibn Suyunchxo’jaxon
Baroqxonnning Toshkentdagi qarorgohida qancha turk askari turgan? 300 ta
Buxoro va Eron manfaatlari qayerda to’qnashgan edi? Xurosonda
Nima sababdan Buxoro va Eron manfaatlari aynan Xurosonda to’qnashdi? Xuroson ham harbiy, ham savdo-sotiq jihatidan muhim ahamiyatga ega edi
Kimlarning davrida Xuroson shayboniylar tasarrufiga o’tgan? Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II
Abdullaxon II Xurosonning qaysi shaharlarini zabt etdi? Marv, Nishopur, Mashhad
Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari qachondan rivojlandi? XVI asrning ikkinchi yarmidan
Rossiyaning mavqei kimning hukmronligi davrida kuchaydi? Ivan IV Grozniy
Ivan Grozniy nechanchi yillarda yashagan? 15331584-yillarda
Ivan Grozniy Qozonni qachon egalladi? 1552-yilda
Ivan Grozniy 1556-yili qayerni egalladi? Hojitarxonni
Ivan Grozniyning Qozon, Hojitarxon, Volga bo’ylari va G’arbiy Sibirni egallashi nimani nazoratda tutish imkonini berishga yordam berdi? Savdo yo’llarini
Abdullaxon II 1557-1558-yillarda qayerga o’z elchilarini jo’natgan? Moskvaga
Abdullaxon II elchilari Ivan Grozniydan nimani so’raydilar? Savdogarlarning Volga bo’ylab erkin o’tishlarini
Abdullaxon II elchilar Moskvadan nima olib qaytadilar? O’q-dori, ov qushlari va matolar
“Moskva savdo kompaniyasi” qachon tashkil etilgan? 1555-yilda
1558-yili Buxoroga kim jo’natiladi? Antoniy Jenkinson
Antoniy Jenkinson qanday estalik yozadi? “Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat”