70
bilan ta’minlash ishlari ham qushbegining vazifasi hisoblangan.
Manba tili bilan aytganda,
“turli ovchi qushlar, tozi itlar va boshqalar” ni tayyorlash ham amiri shikorning zimmasida
bo’lgan.
Davlat dargohidagi xavfsilikni ta’minlash, ichki tartib qoidalar,
keldi-ketdidan
xabardorlik
eshikog’aboshi
lavozimidagi shahs zimmasida bo’lgan. Ushbu mansab chap
eshikog’aboshi, o’ng eshikog’aboshi, eshikog’aboshi kabi lavozimlarga taqsilanib, bu xizmat
vakillari urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini ham bajarib
borganlar.
Dorug’alar
. Dorug’alar xon va sultonlar tomonidan ayrim shahar va viloyatlarga
tayinlangan hokimlardir. Ularning zimmasiga xazinaga kelib tushishi lozim bo’lgan soliqlarni
to’plash va boshqa bir qator ma’muriy vazifalar (aholini ro’yxatga olish, xon qo’shini uchun
lashkar to’plash va hakazo) ham yuklatilgan.
Shuni alohada ta’kidlash lozimki, davlat lavozimlariga asosan qushchi va uyg’ur
qabilalarining namoyandalaridan tayinlangan. Bundan bu qabilalarning
Buxoro xonligida
nufuzi balandligini ko’rish mumkin.
Shayboniylar davlati boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari,
ulamolar,
shayxlar
va
xojalar
ning ham mavqei katta bo’lgan. Eng kuchli hukmdorlar ham ulamolar
bilan hisoblashishga majbur bo’lganlar. XVI asrning boshlarida Shayboniyxon yirik din
peshvolarning davlat ishlariga siyosiy ta’sirini anchagina pasaytirishga muvaffaq bo’lgan va
diniy hamda dunyoviy hokimiyatni o’z qo’l ostida birlashtirgan edi. Oradan ko’p o’tmasdan
Buxoro xonliligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy hayotida, ayniqsa Buxoro
shahrida yirik din peshvolarining ta’siri yana kuchayadi. Bu davrda ayniqsa, Buxoro
yaqinidagi Jo’ybor qishlog’idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketadi.
XVI asrning o’rtalaridan boshlab Jo’ybor shayxlari oliy hukmdor
taqdirini hal qilish
darajasidagi mavqega ko’tariladilar. Qishloqlarda katta-katta yerlarga, shaharlarda esa yirik
ko’chmas mulklarga ega bo’lgan shayxlar yirik zodagonlar va amaldorlarga ham o’z ta’sirini
o’tkazganlar. Manbalarga ko’ra, zabardast shayboniylar hukmdorlaridan biri bo’lgan
Abdullaxon II ham avval Xoja Islom, keyin esa Xoja Sa’dlarning siyosiy va xo’jalik
faoliyatini qo’llab-quvvatlashga majbur bo’lgan.
Shayx-ul-islom
ham jo’ybor shayxlari
xonadonidan saylangan. Din peshvolari orasida shayx ul-islom, sadr, qozi kalon, mufti kabi
diniy mansablarning mavqei ancha yuqori bo’lgan. Davlatning
ijtimoiy-siyosiy hayotida
ruhoniylarning o’rni yuqori bo’lgan. Shayboniyxon 1509 yil qozoq xonlariga qarshi yurish
oldidan davlat kengashi chaqirib, egasi tashlab ketgan yer-suvni devon ixtiyoriga olish
masalasini o’rtaga tashlagan.
Shunda bir guruh ruhoniylar, Samarqand viloyati qozisi
mavlono Abdug’affor va Ruzbehon xonga e’tiroz bildirib, faqat egasi qidirib topilmagan
taqdirdagina, ya’ni o’lgan bo’lsa, bunday mulkni devon ixtiyoriga olish to’g’ri bo’lishini
aytganlarida, majlis ishtirokchilari
xonning taklifini emas, balki ruhoniy ulamolarning
taklifini qabul qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: