71
Shayboniylarda mamlakat taxtining egallanish an’analari tartibini
shartli ravishda ikki
bosqichga bo’lish mumkin:
1. Davlat tashkil topishidan to XVI asrning 40-yillarigacha bo’lgan davr.
2. XVI asrning 40-yillaridan, to sulola barham topishigacha bo’lgan davr (1601).
Ubaydullaxon vafotidan (1540) keyin mamlakatda boshlangan siyosiy nizo, oilaviy taxt
talashlar va bu kurashda shayboniyzodalarning har biri taxtga da’vogarlik qilish
imkoniyatlariga ega ekanliklari taxtning otadan bolaga o’tish tartibini yuziga keltirdi. Bu
yerda Abdullaxon II (1583 – 1598) tomonidan o’zidan oldin amakisi Pirmuhammad va otasi
Iskandar sultonning yoshi ulug’ligi sababli taxt egasi sifatida e’lon qilishi uning
Movarounnahrda yakka hukmdor sifatidagi siyosiy intilishlaridan dalolat beradi. Vaholanki,
o’sha davrda Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qilayotgan shayboniy sultonlar
orasida Pirmuhammad (1556 – 1567) va Iskandar sultonga (1567 – 1583) nisbatan yoshi katta
shayboniy sultonlar bo’lgan.
Shayboniylar an’anasi bo’yicha viloyatlarni taqsimlash oliy hukmdor vakolatigagina
taalluqli bo’lib, u bu taqsimotni
amalga oshirishda avvalo, o’zining eng yaqin odamlari
manfaatini yuqori qo’ygan. Chunki, mamlakatning tinchligi, markaziy hokimiyatning
mustahkamligi
mahalliy
hokimlarning
ishonchliligi
va
sodiqligiga
bog’liq
bo’lgan.Muhammad Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr hududi egallangach (1504),
mamlakat viloyatlarini o’z sulolasining yirik namoyandalariga bo’lib berdi. Hofiz Tanish
Buxoriy (1549-1637)ning ma’lumot berishicha, yirik hududlar
ishonchli shayboniy
sultonlarning eng ziyrak va tadbirkor, shu bilan birga, siyosiy jarayonlarda mashhur bo’lgan
vakillariga berilgan. Chunonchi, Turkiston Kuchkunchi sultonga (1512 – 1529), Toshkent va
Shohruxiya uning ukasi Suyunchxoja sultonga (vafoti 1525 yil), Buxoro Shayboniyxonning
ukasi Mahmud sultonga (1454 – 1505), Axsi va Andijon Jonibek sultonga (vafoti 1529 yil),
Samarqand Muhammad Shayboniyxonning amakivachchalari Ahmad sultonga (vafoti 1510
yil), Hisor va unga tutash hududlar Hamza sulton (vafoti 1511 yil) va uning ukasi Mahdiy
sultonga (vafoti 1511 yil), Termiz Sa’id Muhammad sultonga (vafoti 1510 yil) berilgan.
Bunday tartibdagi bo’linishning egalik huquqi hududlarning kengayib borishi,
shayboniy sultonlarning ayrimlari to’satdan vafot etishi yoki jangda halok bo’lishi natijasida
o’zgarib borgan. Muhammad Shayboniy 1510 yil Marv yaqinidagi jangda halok bo’lgach,
shayboniylarda ikki yil davomida rasman oliy hukmdor bo’lmasa-da, boshqaruv amalda
Jonibek sulton va Ubaydulla sultonlar qo’lida bo’lgan. Xususan, 1512 yil shayboniy sultonlar
yig’ilib, yoshi ulug’ harbiy yo’lboshchi bo’lgan Jonibek sultonga hududlarni qayta taqsimlash
vazifasi topshirilgan (U yosh jihatidan Ko’chkunchi va Suyunchxojaxonlardan keyin uchinchi
o’rinda
tursa-da, harbiy-siyosiy jarayonlarda yetakchi mavqe’ga ega bo’lgan). Unga ko’ra,
Samarqand hududini Ko’chkunchi sulton va Shayboniyxonning katta o’g’li Muhammad
Temurga (1482 – 1514.), Toshkent viloyatini Suyunchxoja sultonga, Buxoro shahri va
Qorako’l Ubaydulla sultonga, Hisor va unga tobe’ hududlar Hamza va Mahdiy sulton
o’g’illariga (1511 yil Bobur qo’shinlari bilan to’qnashuvda Hamza va Mahdiy sultonlar halok
bo’lgan) berilgan bo’lsa, Karmana va Miyonqol viloyatlarini o’zi
va farzandlari uchun olib
qoldi.
Taxt vorisini belgilashda ham ma’lum tartiblar amal qilgan. Muhammad Shayboniyxon
tomonidan Xuroson yerlari egallangach, uning katta o’g’li Muhammad Temur valiahd deb
e’lon qilingan (1509) va unga “xon” rutbasi berilgan. Lekin Muhammad Shayboniy vafot
etgach, barcha shayboniy sultonlar kengashib, eski to’ra va yasoq qonuni bo’yicha o’sha
davrdagi yoshi eng ulug’ shayboniy Ko’chkunchi ibn Abulxayrxonni (1454 – 1530) oliy
hukmdor etib saylagan. Shu davrdan boshlab Movarounnahrda “xon” bilan bir paytda valiahd
ham belgilanadigan bo’ldi. Shayboniylar davlatida valiahd “qolg’a” deb atalib, 1512 yil yosh
jihatdan xondan keyin ikkinchi o’rinda turgan uning ukasi Suyunchxoja “qolg’a” sifatida
belgilangan. 1525 yil Suyunchxoja
sulton bevaqt vafot etgach, xondan keyingi yoshi ulug’
sultonlardan biri – Karmana va Miyonqol hokimi Jonibek sulton (mashhur shayboniylar –
Abulxayrxonning nabirasi, Abdullaxon II ning bobosi) valiahd etib belgilandi. 1529 yil
Jonibek sulton vafot etgach, eng katta shahzodalar Kuchkunchixonning o’g’illari Abu Sa’id
sulton va Abdullaxon I lar birin-ketin “qolg’a”, undan keyin esa oliy hukmdorlik
martabalariga ko’tarilgan.
72
Abdullaxon I vafotidan keyin mamlakatda ma’lum muddat qo’shhokimiyatchilik
yuzaga keldi va Ubaydullaxonning o’g’li Abdulaziz (1541 – 1551) Buxoroda, vafot etgan
xon – Abdullaxon I (1540 – 1541)ning ukasi Abdulatif sulton Samarqandda o’z
hukmronligini o’rnatib oldi. XVI asrning 50-yillaridan boshlab esa siyosiy kurashning yanada
kuchayishi natijasida, Samarqandda Ko’chkunchixon avlodlari (1541 – 1578),
Buxoroda
Ubaydullaxon avlodlari (1541 – 1552), Toshkentda Suyunchxoja sulton avlodlari (1540 –
1583), Karmana va Miyonqolda Jonibek sulton avlodlari (1512 – 1598) mustaqil ravishda
hukmronlik qila boshlagan. 1557 yil Abdullaxon II tomonidan mamlakat poytaxti Buxoroning
egallanishi natijasida shayboniylar davlatining markazlashuvi jarayoni qaytadan boshlandi.
Sulola hukmronligining deyarli yarmi aynan Abdullaxon II faoliyati bilan bog’liqdir.
1557 – 1561 yillarda amakisi Pirmuhammadxonni, 1561 – 1583 yillarda otasi
Iskandarxonlarni oliy hukmdor darajasida bo’lishini ta’minlagan bo’lsa, 1583 – 1598 yillarda
o’zi rasman “xon” rutbasi asosida mamlakatni boshqardi. Abdullaxonni qadimiy odat
bo’yicha oq kigizga o’tqazishib, xon qilib ko’tarishgan va kigizning to’rt uchidan
mamlakatning to’rt ustuni sifatida e’tirof etilgan to’rtta shaxs ko’tarib borgan. Ular
Abdullaxon II ning eng yaqin kishilari bo’lgan Qulbobo Ko’kaldosh (xonning emikdoshi,
yaqin maslahatchi), Turdaka sulton (harbiy qo’mondon), Sayyid Xoja naqib (bosh
vazir
darajasidagi shaxs) va Jo’ybor shayxi X
v
oja Muhammad Islom (shayxulislom)lardan iborat
bo’lgan. Agar bu jihatga ahamiyat beradigan bo’lsak, qadimiy turkiy an’ana bo’lgan ushbu
udumda mamlakatning to’rt sohasi bo’yicha ustunlar xonning tayanchi ekanligi va ular
davlatning ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarini qamrab olgan
o’ziga xos birlikni yuzaga keltirganligi namoyon bo’ladi.
Shayboniy sultonlar o’zlarining Movarounnahrda bir asrlik hukmronligining dastlabki
yarmida o’zaro hamjihatlik va birdamlikda faoliyat olib borganligi natijasida markazlashgan
davlat barpo etishgan. Ular davlatning markaziy boshqaruvida o’ziga xos demokratik
tamoyillar amal qilgan. Buni oliy hukmdorni saylash, qo’shinga qo’mondan saylash, yirik
masalalarning kengashda hal etilganligi singari tadbirlarda kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: