TUZUVCHI:
QURBONBOYEV HAMRO
5-SINF. MATEMATIKA
1. Berilgan sonlarning berilgan foizini toping.
1) 12 ning 25% ini
2) 20 ning 20% ini
3) 40 ning 10% ini
4) 180 ning 10% ini
5) 120 ning 25% ini
6) 120 ning 20% ini
7) 200 ning 25% ini
8) 240 ning 10% ini
9) 550 ning 4% ini
10) 625 ning 50% ini
11) 280 нинг 10% ini
12) 320 ning 5% ini
2. g’isht tashiganda uning 1 % i sinadi. 15000 dona g’ishtni tashiganda necha dona butun
g’isht qoladi?
3. sutdan 10 % qaymoq olinadi. 24 kg sutdan qancha qaymoq olinadi?
4. Fayzulla aka 12000 so’m mukofot puli oldi. U bu pulning 60 % iga farzandlari uchun
sovg’a sotib oldi. Mukofot pulidan necha so’mi qolgan?
5. Abdulhay ota o’zidagi 10 000 so’m pulining 30 % iga nabiralari uchun sovg’a sotib oldi.
Qolgan pulini ro’zg’orga sarfladi. U ro’zg’orga necha so’m pul sarflagan?
6. Bahrom akada 15 000 so’m pul bor edi. O’g’li uchun bu pulning 10 % iga daftar va
qolgan pulga esa kiyim-bosh sotib oldi. Bahrom aka kiyim-bosh uchun necha so’m
sarflagan?
7. maktabda 1200 o’quvchi bor. Ularning 25 % i faqat a’lo baholarga o’qiydi. Maktabda
nechta o’quvchi a’lo bahoga o’qiydi?
8. 4,5; 5,9; 6,8; 7,4 sonlari o’rta arifmetigining 10 % i nechaga teng?
9. Ikki kunda 8 km yo’l ta’mirlandi. Birinchi kuni yo’lning 42 % i ta’mirlandi. Ikkinchi kuni
necha kilometr yo’l ta’mirlangan?
10. Berilgan foiziga ko’ra sonni toping.
1) 4% i 25 ga teng
2) 25% i 50 ga teng
3) 15% i 300 ga teng
4) 25% i 40 ga teng
5) 20% i 45 ga teng
6) 150% i 600 ga teng
7) 15% i 300 ga teng
8) 130% i 390 ga teng
9) 18% i 324 ga teng
10) 250% i 625 ga teng
11. O’g’iloy 4500 so’mga mato sotib oldi. Bu undagi pulning 45 % iga teng. O’g’iloyning
puli qancha bo’lgan?
12. To’g’ri to’rtburchak bo’yining 35 % i 14 sm ga teng. Eni esa bo’yining 80 % iga teng.
Shu to’g’ri to’rtburchakning perimetri va yuzini toping.
13. Velosipedchi 45 km yo’l yurdi. Bu butun yo’lning 36 % ini tashkil qiladi. Velosipedchi
yana necha kilometr yo’l yurishi kerak?
14. Maktab bo’yicha o’tkazilgan shaxmat musobaqasida beshinchi sinflardagi
o’quvchilardan 9 tasi qatnashdi. Bu beshinchi sinf o’quvchilarining 15 % ini tashkil qiladi.
Beshinchi sinflarda nechta o’quvchi o’qiydi?
15. Fermer xo’jaligi birinchi kuni ekin maydonining 45 % iga, ikkinchi kuni esa 35 % iga
chigit ekdi. Shundan keyin 4 ga maydon qoldi. Fermer xo’jaligi necha gektar yerga chigit
ekishni mo’ljallagan?