48
Temurning tashqi siyosati.
Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borishidan
qat’i nazar, u adolatni himoya qilgan insof va diyonat uchun jangga kirgan.
Aksariyat hollarda
kelib chiqqan urushlar Amir Temurning Raqiblari adolatsizligi, insof diyonatsizligi,
imonsizligi aybi bilan kelib chiqqan. Ana shu ma’noda Amir Temurning Xorazm bilan
bo‘lgan munosabatlari yorqin misol bo‘la oladi. Hazrat Sohibkiron Markazlashgan davlat
tuzib mo‘g‘ullarni Movarounnahr hududidan haydab chiqargach, Xorazm masalasini adolatli
hal qilishga kirishadi. AmirTemur Boyazid bilan o‘zaro diplomatik yozishmalar olib borish
bilan bir qatorda Turkiya bilan bo‘lajak to‘qnashuvda Trapezund va Konstantinopol
harbiy
kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. O‘zaro yordam masalasida Amir Temur
Konstantinopol noibi Ioaan VII bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temur Frantsiya
qiroli Karl VI (1360-1422) Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) Kastiliya va Leon qiroli
Genrix III lar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib , yozishmalar olib boradi. Vizantiya
imperatoridan boj olib uni bevosita buysundirish bilan kifoyalangan Amir Temur 1402
yilning yozida Frantsiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV
nomlariga maktublar yullaydi. Frantsiya qiroli Karl VI 1403 yilning 15
iyunida Amir
Temurga yo‘llanganllan javob maktubidan ma’lum bo‘lishicha Amir Temur takliflari
Frantsiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Davlat boshqaruvi tizimining eng muhim tarkibiy qismi qo‘shin bo‘lib, uni
takomillashtirish va mustahkamlashga Temur alohida ahamiyat bergan. Amir Temur
jahon harbiy san’ati tarixida birinchi bo‘lib qo‘shinni jang maydonida yetti qo‘lga
(qismga) bo‘lib joylashtirish tartibini joriy qildi .
Temur o‘z armiyasining jangovor
tayyorgarligiga alohida e’tibor berish bilan birgalikda ularning moddiy ta’minoti
to‘g‘risida ham doimo g‘amxurlik ko‘rsatgan. U o‘z tuzuklarida ham bunga alohida
tuxtalib utgan. SHuning uchun ham uning sadoqatli,
mustahkam, jangovor qo‘shini
hamisha zafarlar ketidan zafarlar quchdi.
Turli mamlakatlarni bog‘lovchi savdo karvonlari bexatarligi, osoyishtaligini
ta’minlash, ayniqsa Buyuk Ipak yo‘li shuhratini tiklash borasida qilingan sa’y harakatlar
bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada SHarqu-Farb, Janubu-SHimol o‘rtasidagi
elchilik, diplomatik va savdo tijorat munosabatlari yanada kuchaydi, bu esa Temur
davlatining ijtimoiy iqtisodiy va madaniy yuksalishida hal qiluvchi rolь uynadi. Amir
Temur mohir diplomat sifatida qaysi mamlakat bilan aloqa bog‘lashga yo‘l tutsa, u
dastavval, ikki o‘rtadagi
har bir masala, muammoni urushsiz, nizolarsiz tinch, muzokaralar
yo‘li bilan hal etishga intilgan boshqa hukmdorlarni shunga da’vat etgan. Urush
harakatlariga esa faqat noiloj xollardagina izn berilardi. Xususan, Sohibkironning Oltin
Urda xoni Tuxtamishxon, Turkiya sultoni Boyazid Yildirim singari hukmdorlar bilan
avval boshda olib borgan muloqotu yozishmalari ham bundan guvohlik beradi.
49
4-ma’ruza: Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. (2 soat)
Reja:
1)
Amir Temur vafotidan so’ng toju-taxt uchun kurashning yuzaga kelishi;
2)
Mirzo Ulugbek hukmronligi davrida Mavoraunnahr;
3)
Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi va parchalanib ketishi.
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida qattiq og’rib, 1405-
yil 18-fevral kechasi O’tror hokimi Berdibekning saroyida vafot etadi. O’z davrining mohir
tabiblari va ularning sardori bo’lmish taniqli tabib Fayzulloh Tabriziyning davo-korlari buyuk
hukmdor tanasidagi og’irlikka davo bo’la olmadi. Qazosiga qadar ixtiyori o’zida bo’lgan
Sohibqiron Amir Temur o’ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi Pirmuhammad Jahongirni
vasiyat qilib qoldiradi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat (jami o’z ichiga 27 ta o’lka va
viloyatlarni jam etgan) garchi Temurning mahorati va kuch-qudrati ila mustahkam turgan
bo’lsa-da, lekin u ichki jihatdan siyosiy ancha zaif, umumiqtisodiy asosga ega bo’lmagan edi.
O’g’illari va nabiralariga mamlakatning qism-qismlarga bo’lib berilganligi va suyurg’ol
tartibi ham Temur davlati parokandaligini kuchaytirar edi. Temur jasadi Samarqandda dafn
etilishi va motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o’rtasida o’zaro
kurash kuchayib ketdi.
Qobul va shimoliy Hind mulklarining hokimi bo’lmish, Pirmuhammadni ko’pchilik taxt
egasi sifatida ko’rishni xohlamas ham edi. Buning ustiga u ancha uzoqda bolib, Samarqandga
tezlik bilan yetib kelish uchun imkoni ham yo’q edi. Temur vafotidan so’ng Movaraunnahr,
Xuroson, Eron,
Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib, g’alayonli
vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Sekin asta Temur kuch-qudrati bilan barpo etilgan buyuk
saltanatga putur yeta boshladi. Fosih Havofiy Temurdan song tirik qolgan uning o’g’il va
nabiralarini sanab, jami ularning soni 36 taga etishini ta’kidlagan edi. Ayniqsa ular orasida
Shohruh (1377-1447)ni va uning o’g’li Ulug’bek (1394-1449) alohida hurmat bilan tilga olib
o’tilgan. Shu davr muarrihlari taxt egaligiga ko’proq Shohruhni ma’qul ko’rib, uning insoniy
sifatlariga yuqori baho berar edilar. Shohruh taxt egasi bo’lishidan avvalroq ham o’zining oqil
va ilmli, zukko va taqvodorlik sifatlari bilan hurmat qozongan edi. Shuningdek, bu vaqtda
Temurning boshqa bir o’g’li Mironshoh (1366-1408) ham hayot bo’lib,
u ham asosiy taxt
da’vogarlaridan biri hisoblanar edi.
Temurning sadoqatli amirlaridan ko’pchiligi, jumladan Shohmalik va Shayx
Nuriddinlar ham toju taxt Shohruh Mirzoga tegishi tarafdori edilar. Shunday bir vaqtda
Mironshoh Mirzoning o’g’li, shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil
Sulton (1384-1409) shoshilinch ravishda, o’zining ming chog’li askari bilan 1405 yilning 18
mart kuni Samarqandni egallaydi va o’zini Movaraunnahr hukmdori deb e’lon qiladi. Hatto u
Pirmuhammadga tegishli Amudaryoning o’ng betidagi yerlarni ham o’z tasarrufida deb e’lon
qiladi. Avval boshida uni qo’llagan Movaraunnahr amirlari, harbiy sarkardalar ko’p o’tmay
undan ixloslari qayta boshlaydi. Xalil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk poytaxtda
ko’plab
nojoiz ishlarga izn berishadi, Temur davridayoq nufuzli bo’lgan ba’zi amaldor,
zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi.
Davlat xazinasi o’z holicha sovurila boshlanib, hokimiyatga ko’plab nomaqbul kishilar
kela boshlaydi. Shohruh bilan birinchi o’zaro nizodan so’ng Xalil Sulton garchi uning oliy
hukmdorlik huquqini tan olsada, Movaraunnahr uning ixtiyorida qolajagini ma’lum qiladi.
Xalil Sultonni Iroq tomonidan boshqa bir kuch otasi Mironshoh Mirzo ham qo’llab-quvvatlay
boshlaydi. Siyosiy kaltabinlik yo’lini tutgan Xalil Sultondan norozilik tobora kuchaya
boshlaydi. Farg’ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi bosh ko’taradi.
Shohruhning sadoqatli kishisi bo’lmish Shayx Nuriddin O’tror hokimi, o’z ukasi bo’lmish
Berdibek bilan birga boshqa bir isyon ko’-tarilishiga sababchi bo’ladi. Xalil Sultonning ukasi
Do'stlaringiz bilan baham: