130
o`zi shoirlik qobiliyatiga ega edi. Shul bois xonlikning saroyida ijod ahlining yetuk
namoyondalari makon topgan edilar. Xalq maorifi ham ancha taraqqiy etadi.
Bir qancha
madrasa va maktablar, shu jumladan qiz bolalar uchun alohida maktablar ochiladi.
Bunday oliyjanob ishlarni amalga oshirishda Umarxonning umr yo`ldoshi, o`z
davrining oqila va dono mutafakkiri, ijodkor shoira Komila-Mohlaroyimning ta`siri va
xizmati beqiyos kattadir. U o`zbek adabiyotida Nodira tahallusi bilan nom chiqargan.
Umuman, Umarxon hukmdorligi vaqti qo`qonliklarning eng kuchaygan davri bo`ldi.
Bunday hol uning o`g`li Madalixon davrida ham ko`zga tashlanadi.
Qo’qon-Buxoro munosabatlari.
Umarxon vafot etgach, taxtga uning 12 yashar o`g`li
Muhammad Alixon (Madali)(1822-1842)
o`tiradi. Muhammad Alixon davrida daxshatli
bosqinchilik urushlari davom etadi. 1834 yilda Qo`qon
askarlari Qorategin, Ko`lob va
Darvozni egallaydilar. 1826-1829 yillarda Qashg`arga qarshi bir necha bor yurishlar
uyushtiriladi. Qo`qon-Buxoro munosabatlari keskinlashib, dushmanlik kuchayadi. Xonlikning
dushmanlari, ya`ni ayrim mahalliy bek va ruhoniylar oshkora bosh ko`tarib chiqishga
botinaolmay, yordam so`rab Buxoro Amiri Nasrulloxonga murojaat etadilar. Ular Muhammad
Alixonni o`z o`gay
onasiga uylangan, kofir deb e`lon qiladilar. 1840 yilda Qo`qon bilan
Buxoro o`rtasidagi urush Muhammad Alixonning mag`lubiyati bilan yakunlanadi. Qo`qon
xoni o`zini Buxoro amiriga tobe deb tan olishga, Xo`jand shahrini
Buxoroga topshirishga
majbur bo`ladi. U ukasi Sulton Mahmud foydasiga 1842 yili taxtdan voz kechadi. 1842 yil
amir Nasrulloxon yana Qo`qon ustiga lashkar tortib keladi. U shaharni egallab yondiradi,
xalqni talaydi. Atoqli o’zbek yozuvchisi Abdulla Kodiriy o’zining «Mehrobdan chayon»
romanida Nasrulloning islom shariatini himoya qilish bahonasida Qo’qon xonligiga
vahshiylarcha
yurish qilib, shahar va qishloqlarni yondirib, xonavayron qilgani va ming-
minglab begunoh oddiy odamlarning qonlarini to’kkanligini juda ko’plab
dalillar asosida va
badiiy buyo’qlarda yoritadi. (Nasrullo xon o’rdasiga kirib, aka-uka Muhammad Ali va Sulton
Mahmudxonni so’ydiradi. Har ikkala tomondan ko’plab odam qiriladi. Shular qatorida
Muhammad Alining onasi, mashhur o’zbek shoirasi Mohlaroyim (Nodirabegim),
uning eng
yaqinlari Xushxolbibi, Norbibi va boshqalar ham o’ldiriladi. Nasrulloxon Qo`qon xonligini
Buxoro amirligiga qo`shib olinganligini e`lon qiladi. Qo`qonga
Ibrohim dodhohni noiblikka
va boshqa shaharlarga o`ziga sodiq beklarni tayinlab Nasrulloxon Buxoroga qaytib ketadi.
Ammo oradan uch oy o`tgach 1842 yilning yozida Qo`qonda Ibrohim dodhohga qarshi
qo`zg`olon ko`tariladi va Nasrulloxon hokimiyati ag`darib tashlandi. Qo`zg`olondaasosiy rol
o`ynagan qipchoqlar Qo`qon xonligida yetakchi mavqeiga chiqib oladilar. Norbo`tabiyning
ukasi
Do'stlaringiz bilan baham: