131
olib kelib taxtga o`tkazishlari lozim edi. Yangi xon taxtga o`tirgandan so`ng qipchoqlarga
qarshi bo`lganlar shubhasiz Murodxonni qo`llab quvvatlashlari lozim edi.
Musulmonqul esa
qo`shinlar bilan kelib Qo`qonni «ozod» qilib, «fitnachi»larni jazolashi lozim edi.
Rejaga muvofiq Musulmonqul Qo`qon qo`shinlari bilan qo`zg`olonni bostirgani
O`shga ketadi. Isfara hokimi Sotiboldibek esa Samarqandga jo`naydi. Ammo,
Musulmonqulning rejasini bilmagan Shaxrixon hokimi o`zining qo`shinlari bilan O`shga
borib qo`zg`olonni bostiradi. Musulmonqul, bu xabarni olgach, orqaga qaytmaydi va O`shga
kelib yana ko`plab odamlarni qiradi. Shu payt Murodxon Qo`qonga keladi. Sheralixon
vaziyatni tushunib Murodxonni o`zi taxtga o`tkazdiradi va uni ko`pshilik oldida tabriklaydi.
Ko`plab zodagonlar yangi xonni tabriklash uchun salomga keladi. Murodxonning buyrug`i
bilan kechasi Sheralixon o`ldiriladi. So`ngra Musulmonqul o`z lavozimida qolganligi haqida
farmon chiqarilib O`shga yuboriladi. Musulmonqul "mamnunlik" bilan farmonni qabul qiladi
va Qo`qon tomonga qarab salom beradi. Qo`shinlari bilan Namanganga kelib o`zining 12
yashar qizini Sheralixonning o`g`li Xudoyorga nikox qilib beradi. So`ngra Qo`qonga kelib
Murodxonni va unga salom bergani kelganlarni fitnachilar sifatida qatl etadi.
Shunday qilib
Musulmonqul Sheralixondan va o`zining raqiblarining ko`pchiligidan qutiladi. Yosh
Xudoyorni Qo`qon xoni deb e`lon qiladi. Xon yosh bo`lganligi tufayli xonlikningni
boshqarishni o`z qo`liga oladi. Xonlikningda qipchoqlar hukmronlik davri boshlanadi.
Qipchoqlarga, ayniqsa Musulmonqulga nisbatan norozilik kuchaya boradi. Vaziyatni
yumshatish uchun qipchoqlarning boshliqlari Musulmonqulni mingboshilik lavozimidan
bo`shatadilar.
Shu davrda Rossiya qo`shinlari Qo`qon xonligining shimolida
joylashgan Oq-Machit
qal`asini bosib olgan edilar. Musulmonqul rus qo`mondonining rasmiy vakili
V.V.Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashadi. Musulmonqulning raqiblari
bundan xabardor bo`lib, u fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko`rishda gumonsiralib, ulg`ayib
qolgan Xudoyorxon bilan kelishilgan holda 1853 yili qipchoqlar qirg`inini uyushtirishadi.
Natijada 20
ming qipchoq qirib yuboriladi, Musulmonqul dorga osiladi.
Ana shu davrdan e`tiboran Xudoyorxon o`zi mustaqil davlatni boshqara boshladi.
Uning davrida zulm-zo`ravonliq kuchayadi. Xudoyorxon Qo`qon taxtiga oraliq tanaffus bilan
uch marta o`tiradi. Birinchi marta 1845 yildan 1858 yilgacha bo`lib, 1853 yilgacha taxtni
asosan Musulmonqul boshqaradi, Xudoyorxon esa uning qo`lida qo`g`irchoq edi. Biroq
Xudoyorxon ham Qo`qon taxtida uzoq qolaolmadi. Xalq
ommasining noroziligidan
foydalangan Xudoyorxonning akasi Mallaxon ukasiga qarshi isyon ko`taradi va 1858 yilda
Qo`qon taxtini egallaydi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ketadi. Mallaxonni qipchoqlar,
qirg`izlar qo`llab-quvvatladilar va yana hokimiyat tepasiga keladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: