Dolomit – CaMg(CO3)2. Fransuz mineralogi Dolome (1750– 1801) nomi bilan atalgan. Tarkibida – CaO – 30,41%, MgO – 21,86 % va CO2 – 47,73 %. Trigonal singoniyali, kul rang, ba’zan sarg‘ish, qo‘ng‘ir yashil tusda tovlanadi, shishadek yaltiroq, qattiqligi – 3,5–4, solishtirma og‘irligi – 2,9, mo‘rt; ulanish tekisligi romboedr bo‘yicha mukammal. Dolomit ham kalsitga o‘xshash keng tarqalgan, ayniqsa kembriy davrigacha yuzaga kelgan jinslar oralarida yirik qatlamlar hosil qiladi. Dolomit tipik gidrotermal temir konlarida magnezit, kalsit, sulfidlar, kvars va boshqa minerallar bilan birga uchraydi.
Dolomit qurilish materiali sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |