Rutil – TiO2. Nomi yunoncha; «rutilus» – qizil degani. Bunda Ti – 60 %, O – 40 % bo‘ladi. Rutilning temirga boy xilini nigirin, niobiy va tantalli turi – stryuverit deb yuritiladi. Rutilning tolasimon, qilsimon ko‘rinishidagisi «sagenit» deyiladi. U tetragonal singoniyada kristallanadi; odatda prizmasimon, ninasimon, ustunsimon shakllarda bo‘ladi. Rutil qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qizil va qora ranglarda uchraydi. U olmos kabi yaltiraydi, qattiqligi – 6, solishtirma og‘irligi – 4,2; ancha mo‘rt mineral.
Rutil xilma-xil sharoitlarda hosil bo‘ladi. Kamdan kam holda o‘rta va nordon intruziv jinslarda va ular pegmatitlar hamda metamorfik jinslarda paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |