Gematit – Fe2O3. Nomi – «gematikos», rangi qonga o‘xshash. Tarkibida Fe – 70 %, O – 30 %, kam miqdorda Ti bilan Mg ishtirok etadi. U trigonal singoniyali bo‘lib, plastinkasimon, romboedrik, ba’zan kichik taxtachasimon kristallar holida uchraydi. Bulardan tashqari zich yaxlit massalar holida, varaq-varaq agregatlarga o‘xshash ko‘rinishlarda bo‘ladi. Gematitning rangi – kul rang, qora. Uning chizig‘i olchadek qizil, shaffof, ba’zan yarim metall kabi yaltiraydi. Gematitning qattiqligi – 5,5–6,0, solishtirma og‘irligi – 5,2, ancha mo‘rt bo‘ladi. U HCl da sekin eriydi.
Gematit asos, o‘rta va nordon intruziv jinslarda paydo bo‘ladi, ba’zan gidrotermal jarayonlarda yuzaga keladi. Regional metamorfizm hosilasi kristallik slanetslarda va kontaktli metamorfik jinslarda ko‘p uchraydi.
Gematit temir olishda asosiy sanoatbop xomashyo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |