4417-§. Oksidlar
Bu guruh minerallari metall va metalloidlarning kislorod va gidrooksidlar bilan qo‘shilib hosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o‘z ichiga oladi. Keyingi ma’lumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortiq kimyoviy element turli xil birikmalar hosil qiladi.
Oksidlar va gidrooksidlar yer po‘stining 17 %ni tashkil etadi.
Shundan 12,5 % SiO2 hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bu sinfning eng keng tarqalgan minerallari bo‘lib kremniy, aluminiy, temir, marganets va titan oksidlari hisoblanadi.
Oksidlar magmatik, pegmatit, gidrotermal va ko‘proq ekzogen jarayonlarda hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |