Kuprit – Cu2O. Mineral nomi yunoncha «kuprum» – mis so‘zidan kelib chiqqan. Tarkibida mis miqdori 88,8 %ni tashkil etadi. Kubik singoniyali. Odatda donador, ba’zan xolsimon xillarda uchraydi. Rangi qizil, metall kabi yaltiraydi. Kupritning qattiqligi 3,5–4, solishtirma og‘irligi 5,8–6,2. Ulanish tekisligi kub bo‘yicha mukammal. Kupritning o‘ziga xos xususiyatlari; olmosdek yaltiriydi; rangi qizil. U misning gipergen zonalarida keng tarqalgan bo‘lib, bornit, xalkozin, kovellin, xira ma’dan (bleklaya ruda)lar bilan birga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |