Alloxromatik rang. Bir mineralning bir necha rang va tuslarga bo‘yalgan bo‘lishi «alloxramtizm» deyiladi. Grekcha «ollos» – tashqi, chet, boshqa demakdir. Masalan, odatda rangsiz, ko‘pincha butunlay shaffof kristallar bo‘lib topiladigan kvars (tog‘ billuri) ko‘rkam gunafsha rangli (ametist), pushti, sarg‘ish-qo‘ng‘ir (temir oksidlari bo‘lgani uchun), tilla rang (tsitrin), kul rang yoki tutun rang (rauxtopaz), to‘q qora (morion), nihoyat sutdek oq ham bo‘lishi mumkin. Xuddi shunga o‘xshash osh tuz – galit ham oq, kul rang, qo‘ng‘ir, pushti va ba’zan ko‘k rangli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |