О производстве спичек



Download 0,57 Mb.
bet2/14
Sana24.02.2022
Hajmi0,57 Mb.
#212575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qiziqarli kimyo

Gugurtsiz gulxan yoqish
(Sahnada doska osilgan, VII sinf o 'quvchilari Ahmad, Yoqub, Hasanlar dars tayyorlamoqda. Ahmad doskada ximyoviy tenglamalar yozib turadi. Sahnaga IX sinf o'quvchi­lari Nazira, Erkin va To’Iqinlar kirib keladi.)
N a z i r a : Salom bolalar.
B o 1 a 1 a r: Assalom alaykum, kelinglar.
Erkin: Nima qilyapsizlar, bu yerda?
A h m a d: Kimyodan uyga berilgan vazifalarni bajarayapmiz.
Yo q u b: Sizlarga yo'l bo'lsin?
Nazira: Bugun kimyo to'garagining mashg'uloti bo'ladi.
T o' 1 q i n: Biz shu to'garakda tajribalar qilib ko'rsatishimiz kerak. Ana shunga shoshilyapmiz. (Shu payt chiroqlar o'chadi).
Ahmad: Ana xolos, endi nima qildik.
H a s a n: Uy vazifalarini bajarolmadik-ku!
N a z i r a : Qorong'ida ham yozaverda!
Yo q u b: Aqlingiz joyidami, Nazira opa?
X a s a n: Qorong'i-ku. Doskani, bo'rni ko'rib bo'lmasa, qanday yozadi?
E r k i n: Qorong'ida ko'rinadigan bo'r bilan yoz!
Ahmad: Erkin aka! O'ylab gapiryapsizmi?
Yo q u b: Qorong'ida ko'rinadigan bo'r ham bo'ladimi?
T o' 1 q i n: Albatta bo'ladi.
Nazira: Agar sizlar shunday bo'rni ko'rmagan bo'lsanglar, menga qarab turinglar. Men qanday yozaman.
X a s a n: Qorong'ida sizni ko'rmasak kimga qaraymiz (bolalar kulishadi). Erkin: Doska tomonga qarab turinglar (Nazira doskaga 4P + 5O2=2P2O5 tenglamani yozadi.Tenglama yaltirab, cho'g' bo'lib ko'rinadi.).
Nazira: Ko'ryapsizlarmi?
Yo q u b: Ko'ryapmiz-ku, lekin ko'zimga ishongim kelmayapti.
Nazira: Ko'zlaringga ishonaveringlar. A h m a d: Bu qanday mo'jiza bo'ldi?
T o' 1 q i n: Bunda hech qanday mo'jiza yo'q.
(Shu payt chiroqlar yonadi, doskada hech narsa ko 'rin-maydi. Bolalar kiftlarini qisgan holda bir doskaga, bir Naziraning qo'lidagi bo(rga qarab hayratda qoladilar.)
Hasan: Men bunaqa bo'rni hech ko'rmagan edim?
Ahmad va Yoqub (baravar): Men ham...
Nazira (qo'lidagi «bo'r»ni ko'rsatib): Bu bo'r emas. Buni oq fosfor deydilar. Sizlar buni IX sinfda ko'rasizlar.
Erkin: Bilasizlarmi. Oq fosfor shunaqa moddaki, u kislorod bilan birikib, o'z-o'zidan sekin yonadi. Ana shu sekin yonish natijasida shu'lalanadi. Ya'ni cho'g' olov bo'lib ko'rinadi.
T o' 1 q i n: Fosforning nomi ham shundan olingan-da: fosfor yunoncha so'z bo'lib, yorug'lik beruvchi demakdir.
Erkin: Shuning uchun ham oq fosforni suv ostida saqlaydilar.
Hasan: Hovuz ichida saqlaydilarmi? (Nazira va bolalar kulishadi.)
Nazira: Yo'q, hovuz ichida emas, shisha idishda saqlanadi. Shisha idishga oq fosforni solib, ustidan suv quyiladi.
T o' 1 q i n: Yana shuni ham esda tutish kerakki, oq fosfor juda xavfli bo'lganidan, u bilan ishlashda ehtiyot bo'lish kerak.
Yo q u b: Nima uchun?
T o' 1 q i n: Chunki oq fosfor, birinchidan, juda oson o't olib ketib, yong'in chiqarishi mumkin, ikkinchidan, juda zararli bo'lib uning ozginasi ovqat yo'liga tushsa, kishini halok qilishi mumkin.
Erkin: Uchinchidan, oq fosfor kishining terisiga tegsa, kuydirib, uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil qiladi.
Ahmad (Naziraga qarab): Siz qo'lingizda ushladingiz, hech narsa qilmadi-ku?
Nazira (qo'lidagini Ahmadga ko'rsatib): Mana qara! Oq fosforning bir qismini ho'llangan qog'oz bilan o'rab, ana shu o'ralgan qismidan ushladim (qo'lidagi suvli stakanni ko'rsatib), har ehtimolga qarshi suvli stakan ham bor.
Hasan: Bundan ko'rinadiki, oq fosfor bilan spirt lampani ham gugurtsiz bemalom yoqish mum­kin ekanda.
T o' 1 q i n: Yo'q, oq fosfor bilan spirt lampani yoqish unchalik oson ish emas.
E r k i n: Lekin spirt lampasini gugurtsiz yoqish boshqacha oson yo'llari ham bor.
Yo q u b: Qani, o'shani ham ko'rsatinglar-chi.
Nazira: Sizlar kimyodan uyga berilgan vazifani bajarishni esdan chiqardinglar shekilli?
E r k i n: Avval uyga berilgan vazifani bajaringlar,so'ngra bunday ishlar bilan mashg'ul bo'lsanglar yarashadi.
Ahmad: Biz uy vazifalarni qanday bo'lsa ham bajarishga so'z beramiz.
Hasan (yalingan qiyofada): Jon akajonlar, spirt lampasini ham yoqib ko'rsatinglar. Biz uy vazifalarini bajarmasdan qoldirmaymiz.
E r k i n: Xo'p, va'da berganlaring uchun ko'rsatsa bo'ladi. Mana qaranglar. (Erkin chinni kosachaga ozgina kukunsimon kaliy permanganat soladi. Shisha tayoqcha uchini konsentrlangan sulfat kislotaga ho'llab, kaliy permanganat kristaliga tegizadi, so'ngra spirt lampasining piligiga tegizadi. Lampa yonadi. Hasan xursandligini yashira olmagan holda so'ray boshlaydi).
Hasan: Qanday qildingiz (Kosachadagi kaliy permanganatni ko'rsatib). Bu nima?
E r k i n. Bu kaliy permanganat formulasi KMnO4 —kaliy marganets-O-to'rt. Nazira: Doktorlar uni margansovka deydilar.
Erkin: Ana shunga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettiril-sa, undan atomar kislorod ajraladi. Nazira doskaga reaksiyalar tenglamasini yozadi:
2KMnO4 + H2SO4 = K2SO4 + 2HMnO4
2HMnO4 = H2O + 2MnO2 + 30.
Erkin: Atomar kislorod esa juda aktiv boiganli uchun spirtga o'xshash tez alangalanuvchi moddalarni yondirib yuboradi. Tushundilaringmi?
Hasan: Tushundik, tushundik. Sizlarga katta rahmat. Biz bilmagan ancha narsalarni bijib oldik.
A h m a d: Kechirasizlar, sizlardan tag'in bir narsani so'ramoqchi edim.
N a z i r a: Tag'in nima qoldi?
A h m a d: Kerosin lampasini ham shu yo'l bilan gugurthsiz yondirib bo'ladimi?
Nazira: Kerosin lampasini bu yo'l bilan yondirish qiyinroq, chun-ki o'zlaring bilsangizlar kerak, kerosin spirtga qaraganda biroz qiyinroq alangalanadi.
T o' 1 q i n: Lekin uni ham gugurtsiz yondirish mumkin. Ammo boshqacharoq yoi bilan yondiriladi.
Yo q u b: Iltimos shuni ham bir ko'rsatib beringlar.
T o' 1 q i n: Ha, mayli, ko'rsatsam ko'rsata qolay.Ammo sizlar diqqat bilan qarab turinglar.
Ahmad: Men ikki qulog'imni ham ko'z qilib qarab turaman.
(To'lqin probirkaga no'xat kattaligida kaliy per­manganat kristalini solib, ustiga 3—4 tomchi xlorid kislota quyadi. Oldindan tayyorlab qo'yilgan va uchida qizil fosfor bo'lgan cho'pni probirka ichiga tushiradi. Oldin qizil fosfor o'z-o'zidan yonib, keyin yog'och yonadi, yonib turgan yog'och cho'p bilan kerosin lampani yondiradi).
Ahmad: Yana o'sha narsa bo'ldi-ku?
Hasan: Erkin akam ham margansovkani ishlatgan edilar, siz ham o'sha margansovkani ishlatdingiz.
T o' 1 q i n: Ha, o'sha margansovka, ya'ni kaliy per­manganat. Lekin bunda butunlay boshqacha hodisa yuz beradi. Men kaliy permanganatga xlorid kislota quydim, bunda xlorid kislota kaliy permanganat bilan reaksiyaga kirishib, xlor ajraladi. Qizil fosfor xlor bilan shiddatli birikib, juda ko'p issiqlik chiqaradi va o'z-o'zidan yonib ketadi. Men olgan cho'pning uchida ozgina qizil fosfor bor edi.
N a z i r a: Bunda quyidagi reaksiyalar ro'y beradi (u doskaga reaksiya tenglamalarini yozadi):
2KMnO4 + 2HC1 = 2KC1 + 2HMnO4,
2HMnO4 = H2O + 2MnO2 + 30,
3O + 6HC1 = 3H2O + 3C12,
2MnO2 + 8HCl = 2 MnCl2 + 4H2O + 2C12,
Bularni qo'shib yozsak:
2KMnO4 +16HC1 = 2KC1 + 2MnCl2, + 8H2O + 5C12
bo'ladi. Xlor fosfor bilan birikib fosfor (III)-xlorid hosil qiladi.
2P + 3C12=2PC13.
Tushundilaringmi?
Ahmad: Juda yaxshi tushundik.
Nazira (Erkinga qarab): Endi bularingiz «gugurtsiz gulxan yoqib beringlar» deb turib olsa kerak?
Yoqu b: Men ham shuni o'ylab turgan edim, yaxshiki, o'zingiz aytib qoldingiz. (Erkin, Nazira va To'lqinlar kulishadi.)
Ahmad: Nazira opam kishining ko'nglidagini biladilar-da.
Hasan: Men yugurib borib bir oz o'tin topib kelay,bir gulxan yoqib yuboraylik, xo'pmi opajon!
Nazira (kulgidan o'zini to'xtata olmagan holda).Sizlarga bir narsani aytib, orqaga qaramay qochish kerak.
Yo q u b: (yalinib): Xo'p deya qoling endi!
Nazira (hamon kuladi): Xo'p, bor olib kel! (Hasan sevingan holda yugurganicha sahnadan chiqib ketadi va tunuka laganda mayda tarasha olib kiradi).
Hasan: Ajoyib gulxanbop o'tin topib keldim.
Nazira: Juda soz, Menga ber (Hasan laganni Naziraga beradi, Nazira bolalarning ko'zini shamg'alat qilib o'tinlar orasiga kimyoviy chinni kosachani qo'yadi va pipetka yordami biian kosacha ustiga 2—3 tomchi suyuqlik tomizadi. Shu ondayoq kosacha ichidagi moddalar yonib ketadi va o'tinni ham yondirib yuboradi, chiroyli gulxan hosil bo'ladi. To'lqin laganni ko'tarib sahnadan olib chiqib ketadi.)
E r k i n: Ko'rdinglarmi qanday mo'jiza yuz beradi?
Ahmad (kishilarga qarab): Ana senga kimyo.
Yo q u b: Yuqori sinf o'quvchilarining og'zidan kimyo, kimyo togaragi tushmasligi ham bejiz emas ekan. (Sahnaga To'lqin kirib keladi.)
Hasan (Naziraga qarab): Juda qoyil qildingiz, Nazira opa.
Ahmad: Endi shuning ham sirini aytib bersangiz ko'p minnatdor bo'lar edik.
Nazira: Bunda hech qanday sir yo'q. Ko'rib turibsizlarki, o'tinlar orasiga kosacha qo'ydim. Kosa­cha ichida maydalangan qand bilan bertole tuzi aralashmasi bor edi. Bu aralashmaga konsentrlangan sulfat kislota tomizilsa, alangalanib, yonib ketadi.
E r k i n: Buning sababini bilasizmi? Sababi shunda-ki, konsentrlangan sulfat kislota molekulalarining bir qismi qandni ko'mirlantirib, ko'p miqdor issiqlik chiqaradi:
2C12H22OH +11H2SO4 = 11H2SO4 2H2O + 24C.
Kislota molekulalarning bir qismi bertole tuzi bilan reaksiyaga kirishib, atomar kislorod ajratadi va xlor (IV) oksid hosil qiladi:
H2SO4 + 2KC1O3 =K2SO4 +H20 +2C1O2 + O
Hosil bo'lgan xlor (IV)-oksid ham, atomar kislorod ham kuchli oksidlovchi modda bo'lganidan issiqlik ta'sirida uglerodni va qand­ni yondirib yuboradi:
2C+2C1O2=2CO2+C12,
C+2O=CO2,
C12H22OU + 12C1O2 = 12CO2 + 11H2O + 6 C12


C12H22O11 + 240 = 11H2O +2CO2
N a z i r a: Diqqat qilinglar ana shu tajribani qaytadan ko'rsataman (u tajribani qaytadan bajarib ko'rsatadi): Ko'rib turibsizki, bunda katta alanga hosil boiib, o'tinni yondirib yubordi.
Ahmad: Rahmat, opajon. Sizlar bizga haqiqatan ham ko'p narsani o'rgatdingizlar. Nazira, Erkin, To'lqin qani ketdik. Yaxshi qolinglar bolalar (Nazira, Erkin, To'lqin chiqib ketadilar).
Ahmad (Yoqub va Hasanga qarab): Ko'rdinglarmi, bularning bilimi qancha zo'r ekan.
Yo q u b: Yuqori sinflarda o'qisak bizlar ham kimyo to'garaklariga qatnashib, shular singari bilimdon bo'lishga harakat qilamiz.
H a s a n: Vaqt ham ancha bo'lib qoldi, vazifaning qolganini uyda bajaramiz.
Ahmad: To'g'ri aytding, yuringlar ketdik (chiqib ketadilar).



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish