DIELEKTRIKLAR. MOLEKULALARNING ELEKTRIK
XUSUSIYATLARI
РЕЖА:
1.Atom va molekulalarning ionlanish energiyasi.
2.Dipol momenti va dipol momentini izohlash.
3. Dipol momentini hisoblab topish usullari.
Molekulalarning tarkibida zaryadli zarrachalar mavjudligi ularning elektrik xususiyatga ega bo’lishiga sabab bo’ladi. Ma’lumki har qanday atom va molekulalar ionlanish qobiliyatiga ega, ya’ni o’ziga elektron biriktirib olib, energiya ajratib chiqarishi va energiya yutib o’zidan elektronni chiqarishi mumkin.
Normal holatda turgan atomdan bitta elektronni ajratib chiqarish uchun sarf qilingan energiya miqori ionlanish energiyasi deb ataladi. Bu tushuncha molekulalarga ham ta’lluqlidir. Ionlanish energiyasi miqdorini aniqlashda Plank tenglamasidan foydalaniladi.
Elektron energiyasi katta bo’lgan qavatdan energiyasi kichik bo’lgan qavatga o’tganda atom o’zidan kvant nur chiqaradi. Bu nur Plank tenglamasiga muvofiq
ga teng bo’ladi
Ionlanish energiyasi miqdorini aniqlashda ham atomdagi elektronlarning energetik qavatini aniqlashdagi qisqa to’lqinli spektrlar seriyasidan aniqlash mumkin.
Ionlanish energiyasini boshqa usullar, ya’ni fotoionlanish va elektronlar to’qnashishi usullari bilan aniqlash mumkin. Ionlanish energiyasi elektron voltlarda Ev belgilanadi va u ionlanish potentsiali deb yuritiladi.
Metallarning ionlanish potentsiali metalmaslarnikidan kichik bo’ladi. Shuning uchun ular kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi.
Atomlar o’ziga bitta elektron biriktirib olib, barqaror manfiy zaryadli ion hosil qiladi. Ajralib chiqqan energiya atomning elektronga moyilligi deyiladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, ionlanish potentsiali (I), elektronga moyillik (E) atom va molekulaning elektron biriktirib olishga bo’lgan intilishini, ya’ni elektromanfiylikni to’liq tavsiflay olmaydi, shuning uchun Malliken elektromanfiylikni ionlanish potentsiali (I) va elektronga moyillik (E) yig’indisining yarmiga teng deb qabul qilishni taklif qilgan, ya’ni:
Elektronga moyillikning qiymatini miqdoriy aniqlash usuli mavjud bo’lmagani uchun Poling elementlarning nisbiy elektromanfiyligi (NEM) tushunchasini kiritgan. Poling shkalasida elementlar elektromanfiyligi litiyga nisbatan olinadi, litiy atomining elektromanfiyligi birga teng deb qabul qilingan. Hisoblashlar ko’rsatishicha vodorodning elektromanfiyligi 2,2 ga tengligi aniqlandi. Elektromanfiyligi 2,2 dan kichik bo’lgan elementlar elektromusbat, 2,2 dan katta bo’lganlari esa elektromanfiy deb qabul qilinadi.
Organik moddalarning elektromanfiyligi vodorodga nisbatan olingan elektromanfiylik shkalasidan foydalaniladi. Element atomining elektromanfiyligi uning atomi o’lchamiga ham bog’liq. Atom o’lchami qancha kichik bo’lsa, uning elekromanfiyligi shuncha yuqori (F >Cl > Br > I) va aksincha.
Do'stlaringiz bilan baham: |