Fermer xo‘jaligida menejment faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash yo‘llari
Qishloq xo‘jaligida menejment tizimining ishlab chiqilishi, joriy qilinishi, hukm surishi, taraqqiyoti va takomillashuvi ma’lum jonli, moddiylashtirilgan
mehnat sarflari bilan bog‘liq. Ularning solishtirma og‘irligi ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibida salmoqli o‘rin egallaydi.
Qishloq xo‘jaligida menejment tizimi ishlab chiqarishga bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Bir tomondan qo‘shimcha xarajat, ya’ni xizmatchilarning ish haqi, ishlashi uchun zarur vositalar saqlab turish va ishlatish sarflari hamda bevosita va bilvosita xarajatlari yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimi o‘z faoliyati uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmasdan xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimining samaradorligini oshirishda o‘ziga xos sarf-xarajatlar hisobga olinib, tartibga solib borilishi zarur. Qishloq xo‘jaligida menejment tizimida amalga oshirilgan tadbirlarning salmoqli qismi ishlab chiqilgan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Menejment faoliyati iqtisodiy samarasini hisoblash uchun samaradorlik o‘lchovi sifatida sof foydani ishlatish maqsadga muvofiq. Bu holatda qishloq xo‘jaligida menejment tizimining joriy qilinishi va hukm surishidan keladigan iqtisodiy samara quyidagi qismlardan iborat:
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulotning ulgurji bahosini oshirish, mazkur mahsulot hajmini ko‘paytirish va uning sifatini yaxshilash natijasida yillik foydaning o‘sgan qismidan;
ishlab chiqarishda qishloq xo‘jalik korxonasining haqiqiy foydasini kamaytiruvchi unumsiz ishlarni kamaytirish va butunlay bartaraf etish natijasida tejalgan yillik pul mablag‘i bo‘ladigan va xo‘jalikning ishlab chiqarish fondlari uchun to‘lanadigan yillik pul mablag‘ini tejalgan qismidan tashkil topadi.
Hozirgi vaqtda ushbu ko‘rsatkich, asosan, rejalashtirilmaydi. Bu tizim natijalari qishloq xo‘jalik korxonasi xo‘jalik faoliyatining xulosalari bilan taqqoslash imkonini beradi.
Reja va haqiqiy samarani hisoblashda qishloq xo‘jaligida menejment tizimining joriy qilinishi va hukm surishi oqibatlari hisobga olinadi. Masalan, tabiiy resurslardan foydalanilgani uchun to‘lovlar, atrof-muhitni ifloslangani uchun to‘lovlar va jarimalar to‘lanishining oqibatlarini aniqroq hisoblashga imkon yaratadi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida menejment tizimining joriy qilinishi va faoliyatidan keladigan yillik daromad quyidagi formula bilan hisoblanadi:
P=(P2xA2-P1xA1)x(S1xa1-S2xa2)=(F1-F2)xEf-(R2-R1)-
Do'stlaringiz bilan baham: |