O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev


Xo‘jalikni boshqarishda menejment va uning faoliyati



Download 1,71 Mb.
bet96/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

Xo‘jalikni boshqarishda menejment va uning faoliyati



Qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirishdan avval mahsulotni kimga, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish rejalarini tuzamiz. Mahsulotni kimga, qancha va qanday miqdorda yetishtirish masalasi bo‘yicha marketing shug‘ullansa, shu mahsulotni ishlab chiqarishni boshqarishni menejment boshqaradi.
Qishloq xo‘jaligida menejment (ing. boshqarish, mudirlik, tashkil etish) – zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish, demakdir.
Menejerlar korxona va kompaniya egalari bo‘lmagan yollanma malakali boshqaruvchilardir.
Qishloq xo‘jaligida menejment ilg‘orlar tajribasini o‘rganib va umumlashtirib, iqtisodiy vositalarni hamda tabiat va jamiyat iqtisodiy qonunlarining amal qilishini ochib beradi, qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish sur’atlarini jadallashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ilmiy asoslangan tarzda hal qilish qonuniyatlarini aniqlab beradi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning vazifasi mehnatni tashkil etish, ishchilarni ish bilan ta’minlash; xizmat va resurslarni tarmoqlar bo‘yicha taqsimlash; taqsimotning ratsional shakllarini asoslab berish, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va sifatiga qarab xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish; rejalarning bajarilishiga rahbarlik qilish; ular ustidan nazorat qilish va hokazolardir.
Qishloq xo‘jalik menejeri qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishni, rejalashtirishni, nazorat qilishni, boshqarishni to‘liq egallash bilan birga, qishloq xo‘jaligi texnikasiga doir fanlardan, ularning barcha yangi muvaffaqiyatlaridan xabardor bo‘lishi lozim.
Qishloq xo‘jaligida menejment tabiat va jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonunlariga amal qilib, xo‘jalikni iqtisodiy jihatdan asoslangan holda yuritish bazasi bo‘lib xizmat qiladi.
Qishloq xo‘jaligida menejment qishloq xo‘jaligida boshqaruv, resurs va odamlarni boshqarishdan tashqari olinadigan foydani ko‘paytirishdir.
Qishloq xo‘jaligida menejment usullarini shartli ravishda quyidagi asosiy usullarga bo‘lish mumkin: iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy-ruhiy usul.
Qishloq xo‘jaligi menejmentida qo‘llaniladigan iqtisodiy usullarga rejalashtirish, rag‘batlantirish va tijoratlashtirish kiradi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy usullarni, iqtisodiy hisob-kitob deb tushunish kerak.
Iqtisodiy usullarda iqtisodiy sharoitlarni yaratish, o‘zining kapital mablag‘lari va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, fan-texnika taraqqiyotini yuqori darajada rag‘batlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini oshirish uchun muttasil kurash olib borishdir. Qishloq xo‘jaligida menejmentning iqtisodiy usullari to‘la iqtisodiy mexanizmning kichik bo‘lagi hisoblanadi va ular yordamida ishlab chiqarish samaradorligi muammosi yechiladi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning ma’muriy usullari har bir bo‘g‘inning yuqori boshqaruv bo‘g‘inlariga bo‘ysunishidir.
Ma’muriy usullar yuqori turuvchi bo‘g‘inning bo‘ysunuvchi obyektga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishini hamda menejmentning yuqorida turuvchi idoralarning bo‘ysunuvchi idoralarga faqat qaror bilan ta’sir ko‘rsatishlari ham kiradi. Ma’muriy usullarni ishlab chiqarish boshqaruvidagi ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lishidan qat’i nazar, boshqariluvchi tizimga birinchi turtki berilgandan keyin bu harakat iqtisodiy usullar tomonidan saqlab turiladi va kuchaytirib yuboriladi.
Qishloq xo‘jaligida menejmentning ijtimoiy-ruhiy usullari – mehnatkashlarning zaruriy, faol, uzluksiz mehnat faoliyatini ro‘yobga chiqarish usuli bo‘lib, ular odamlarni shaxslararo va ruhiy rag‘batlantirishni qo‘llanishi asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy-ruhiy usullar har bir jamoaga va uning alohida xizmatchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishontirish usullari, tarbiyalash, ruhiy rag‘batlantirish, ishlovchilarning maishiy talablarini qondirish, jamoaning ilg‘or mehnat an’analarini saqlash va taraqqiy toptirish.


Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishda e’tiborni yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga, xaridorgirligini oshirishga qaratish zarur.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish