Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli mutaxassislar va dehqonlar moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat, jamoa va har bir mehnatkashning moddiy manfaatdorligini bir-biri bilan uzviy bog‘laydi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy usullariga tannarx, baho, foyda, rentabellik, xo‘jalik hisobi, moddiy rag‘batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar miqdorini kamaytirib, qishloq xo‘jaligida islohotlarni va chet el texnologiyalarini amaliyotga joriy etishdir.
Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi.
Tashkiliy-ma’muriy boshqaruviga mahsulot turlarini rejaga asosan yetishtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnatga haq to‘lash me’yorlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va tez hal qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi.
Ijtimoiy-psixologik usullarga - xo‘jalikning mahsulot ishlab chiqarish, ish jarayonlarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit yaratishdir. Xo‘jalik ishlovchilari tomonidan mehnat intizomi bo‘yicha chiqqan nizolar bu usulning holatiga baho beradi.
Nizo rahbar bilan ishlovchi va boshqa xodimlar orasidagi kelishmov- chiliklardan kelib chiqadi.
Boshqarishining quyidagi uch xil tizimi mavjud:
Chiziqli boshqarish tizimida har bir xodim faqatgina bitta boshliqqa bo‘ysunadi.
Funksional boshqarish tizimida boshqarish funksiyasi 2-3 rahbar o‘rtasida ixtisosiga qarab taqsimlanadi. Bu tizimda boshqarish ancha ixtisoslashgan bo‘ladi.
Murakkab boshqarish tizimi funksional va chiziqli boshqarish tizimining yig‘indisidan tashkil topgan. Hozir bu boshqarish tizimi qishloq xo‘jaligi korxonalarida ustunroq turadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi dispetcherlik xizmati, bu korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga, uning bo‘limlariga telefon, faks, radio, ratsiya va boshqa vositalar yordamida markazlashtirilgan holda operativ rahbarlik qilishdir. Boshqarish – qarorlarni tayyorlash va qabul qilish, ya’ni axborotni to‘plash,
uni ishlab chiqish, tahlil etish, qabul qilingan qarorlarni ijro etuvchiga yetkazish va bu qarorlarning bajarilishini tekshirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Hukumat qarorlarida hozirgi sharoitda rejalashtirish sistemasini va qishloq xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirish uchun iqtisodiy-matematik usullarni keng qo‘llash va elektron hisoblash texnikasi, ilg‘or aloqa texnikasidan foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligida shirkat, fermer va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi va faoliyatini qonun hujjatlariga hamda o‘z nizomiga asosan boshqaradi.
Ustavga amal qiladi, o‘zining mustaqil balansiga, bank muassasasida o‘z hisob varaqlariga, nomi yozilgan dumaloq muhr va tamg‘asiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida ham, shuningdek, undan tashqarida ham qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga zid bo‘lmagan har qanday bitimlarni tuzish huquqiga ega bo‘ladi, sudda da’vogar va javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |