Moliyaviy konsalting vazifasi – mablag‘lar, fermer aktivlarini boshqaruvchining iqtisodiy samarasini oshirishdan iborat.
Bu quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin: xavf-xatarsiz va foydali investitsion portfelni shakllantirish; bo‘sh mablag‘larni ratsional boshqaruv; ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan xarajatlarni kamaytirishdir. Moliyaviy maslahatchilar korxona rivojlanishi strategiyasini ishlab
chiqarishda, ratsional boshqaruv tizimini tashkil qilish, kapital boshqaruvini optimal modelini tanlashda, o‘zaro hisob va qarzlarni uzish muammolarini yechishda, aksiyalarni sotishda, korxona qimmatli qog‘ozlari kurslarini oshishida ko‘maklashadilar. Chet el hamkorlarini fermer xo‘jaligiga jalb qilishda, ular bilan qo‘shma korxonalar tuzishda tadbirkorlarga yordam beradi. Bunday tashqari, moliyaviy maslahatchi market-meyker vazifasini o‘z zimmasiga olishi, eng ma’qul depozitariyni maslahat berish, fermer aksiyalarini bozorda aylanishini takomillashtirish bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.
Audit. Auditorlar sifatida buxgalterlik hisobi bo‘yicha mutaxassislar fikrlarining moliyaviy hisobotini tekshiradilar va uning umumiy standartga mosligi, to‘g‘riligi haqida xulosalar chiqaradilar.
Audit o‘z ichiga quyidagi xizmatlarni oladi: moliyaviy bozorlarda segmentlarni o‘tkazish; sug‘urtalash shakllari va usullarini taklif qilish; biznes- rejalarni tuzish; buxgalterlik hisobi va moliyaviy hisobotlarda yetishmovchiliklarni yo‘qotish, ularni qabul qilingan standartlarga moslash va korxona hisobotini takomillashtirish bo‘yicha maslahatlar va tavsiyalar berish; investitsion dasturlarni takomillashtirish; soliq xavf-xatarini pasaytirish; korxonaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatini tahlil etish; moliya, bank, soliq va boshqa xo‘jaliklar qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berish; xususiylashtirish bo‘yicha xo‘jalik subyektlarini aksionerlik jamiyatlariga, shirkatlarga, kooperativlarga, kichik xoldinglarga, dehqon xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha maslahatlar berish; yuridik xizmatlarni ko‘rsatish; shartnomalarni tuzish bo‘yicha ko‘maklashish; bankdan kredit olish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlashda yordam berishdan iborat.
Audit qimmatli qog‘ozlar bozori va fond birjalari kabi investitsion
instrumentlar uchun katta o‘rin egallaydi. Uning vazifasi – berilgan xo‘jalik, tashkilot yoki korxonani qanchalik moliyaviy jihatidan ishonchliligini aksiyadorlar, kreditorlar, investorlar va hamkorlarga ko‘rsatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |