O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev



Download 1,71 Mb.
bet51/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

Ob-havoning quruq va o‘ta issiq bo‘lishi hamda muttasil esib turadigan shamollar ham o‘rgimchakkananing tabiiy kushandasi hisoblanadi. Zararlanish darajasiga qarab, har gektar maydonga 300-500 donadan oltinko‘z lichinkasi chiqariladi.

  • Kimyoviy usul – o‘rgimchakkananing tuxumiga qarshi Nissoran 0,2 kg/ga, tuxumlardan o‘rgimchakkana chiqqanda omayt 1,5l/ga, dargit 1,5 l/ ga, uzmayt 3kg/ga miqdorida kimyoviy vosita, albatta, barg ostiga, ya’ni zararkunandaning o‘ziga tegishi shart.

    KO‘SAK QURTI – g‘o‘zaning eng asosiy zararkunandasi hisoblanadi. 3-4 marta avlod beradi. Paxtachilikda 2-3 avlodi eng xavfli hisoblanadi. Har bir kapalak 1500-3000 donagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Sharoitga qarab 4-8 kunda tuxumdan qurt chiqadi. Zararkunanda ko‘p tarqalgan paytlar paxta hosilining 40-50 foizini nobud qiladi. Ko‘sak qurti tayyor meva, gul, shona va tugunchalarni zararlaydi. Bir dona qurt paxtaning 20 ta organini yeb tugatadi. Tuxumdan chiqqan yosh qurt avval shonani, shona tugagach, gulni va katta ko‘saklarni zararlaydi. Qattiq zararlangan katta ko‘saklar esa keyinchalik chiriydi, har 100 to‘p g‘o‘zadan 5 tasida qurt bo‘lganda ham har gektar yerda 5 ming dona qurt bo‘ladi. Bu qurtlarning har biri 20 tadan hosil organini zararlasa, bir gektar 100 mingta hosil elementi yoki kamida 4 sentner hosil nobud bo‘ladi.

    1. Agrotexnik tadbirlar – ekindan bo‘shagan maydonlarni ikki yarusli

    qilib, chuqur shudgorlash, qish kunlarida yaxob suv berish yo‘li bilan ko‘sak qurtining tabiatdagi birinchi avlodi ko‘payishining oldi olinadi. Shaxsiy tamorqalardagi pomidor, g‘o‘za, don maydonlari chetlariga feromon, o‘suv davri davomida har bir gektar maydonga ikki donadan feromon tutqichlar o‘rnatiladi.

    1. Biologik usul – ko‘sak qurtining tabiatdagi birinchi avlodi begona o‘tlarda va pomidorda tarqalib, g‘o‘zada esa ikkinchi avlodi shonalash paytida tuxum qo‘yishni boshlaydi. Bu may oyining 1-2 dekadasiga to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, tuxumlardan qurt chiqishining oldini olishga e’tibor berish zarur, buning uchun biousul bilan ishlanadigan har bir gektarga 60000 dona trixogrammani 5x5 metr sxemada 400 ta joyga tarqatish kerak. Aks holda biologik usul samara bermaydi. Chunki trixogramma uzoqqa ucha olmaydi. Oradan 4-5 kun o‘tgandan so‘ng, 2-marotaba va yana shuncha kundan keyin 3- marotaba trixogramma tarqatiladi. Umuman, ko‘sak qurtining har bir avlodiga qarshi yangilangan 200 ming dona aktiv trixogammani havoning salqin paytida tarqatish tavsiya etiladi. Paykallardan ko‘sak qurti tarqalgan taqdirda esa, otalangan urg‘ochi xabrabkondan o‘rtacha 1:10 nisbatda, ya’ni 10 dona qurtga qarshi 1 dona xabrabkon tarqatiladi. Ko‘sak qurtining 1 avlodiga qarshi kamida 2 marta xabrabkon qo‘yiladi. Lekin bunday xabrabkonning aktivligi va ko‘sak qurtining

    qalinligi hisobga olinadi. Umuman, xabrabkonni ko‘plab tarqatgan ma’qul. Ko‘sak qurtining tuxumi va kichik yoshdagi qurtlarga qarshi oltinko‘zdan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda har 5 ta tuxumga 1 dona va har 1 ta qurtga ham 1 dona hisobidan oltinko‘z lichinkasi chiqariladi.

    1. Kimyoviy usul – kimyoviy ishlov beriladigan maydonlarda har 100 tup g‘o‘zadan 8 ta qurt va tuxum bo‘lsa, bu yerlarning har gektariga deltafos –1,5 l/ga, kinmiks – 0,6 l/ga, siperfos –1,5 l/ga, karate – 0,5 l/ga, sumialfa –0,6 l/ ga miqdorida kimyoviy vositalarini sepish mumkin. Ko‘sak qurti bilan birga o‘rgimchakkana ham uchrasa, unda kimyoviy ishlovni kompleks usulda olib borish mumkin. Bunda Deltafos 1,5 l/ga, Siperfos –1,5 l/ga miqdorida qo‘llaniladi.


    Download 1,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish