116
Turli GEP (aktiv va passivlar o‘rtasidagi farq) holatlaridagi foiz stavkalarini
o‘zgarishini hisobga olgan holda quyidagi bank daromadining egri chizig‘ini tahlil
qilamiz.
Bu holat aktivlar va passivlarning muddatlari to‘g‘ri kelmasligi hamda daromad egri
chizig‘ini siljish tezligining nomutanosibligidan dalolat beradi.
Agar foiz stavkalarining
o‘zgarish yo‘nalishi bankning GEP pozitsiyasiga qarama-qarshi bo‘lsa, bank bozor
talablariga moslashish uchun etarli darajada egiluvchan bo‘lishi kerak.
Egiluvchanlik – o‘zgarishlarga bo‘lgan ta’sirchanlik ko‘rsatkichi. Moliyaviy
aktivlarga aloqador holatlarda, narx egiluvchanligi uning foiz o‘zgarishini foiz o‘zgarish
stavkasiga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi, ya’ni
Foiz stavkalari o‘sishidan kelib chiqqan ssudaga bo‘lgan
talab manfiy kattalik
hisoblanadi (E<0), chunki aktivlar bahosining o‘zgarishi va foiz stavkalari qarama-qarshi
bog‘liqlikka ega. Egiluvchanlikni modul qiymatining oshishi bank riskini o‘sishiga olib
keladi. Egiluvchanlikning manfiy qiymatininig oshishi bilan ssudalar berish ehtimoli
kamayadi. Agar elastiklikni modul qiymati narx oshgan holatlarda uncha katta bo‘lmasa,
u holda ushbu risk darajasi bilan ko‘zda tutilgan natijaga erishish mumkin, ya’ni
So‘s(b)= So‘s(fs)* E
Ushbu ifoda elastiklikning foiz stavkalari o‘sishining sur’ati uchun to‘g‘ri keladigan
narx o‘sishining ushbu sur’atiga ta’sirini ifodalaydi. Foiz stavkalarining ko‘rsatilgan
o‘zgarishlarida aktivlarning egiluvchanligi qancha katta bo‘lsa, ular narxining tebranishi
shuncha katta bo‘ladi. Foiz stavkalarining o‘zgarish tezligi to‘g‘risidagi prognozga
asoslanib bankning GEPini tartibga solish qobiliyati foiz stavkalarida “o‘ynashga” imkon
beradi. Ushbu o‘yin GEPni yoki aktiv va passivlarni boshqarishga tegishli.
GEP-usuli
bankka foiz riskini minimallashtirishga imkon beradi (1-jadval). Musbat GEPdan manfiy
GEPga o‘tish holati daromadlar egri chizig‘ining eng egilgan nuqtasiga to‘g‘ri keladi va
egiluvchan balansni talab qiladi. Ushbu holatda bankning asosiy vazifasi foiz stavkasini
o‘zgarishidan samarali foydalanishdir. Foiz stavkalarining o‘zgarishida “o‘ynash”ni
istamagan bank GEPni nolli holatga keltirib foiz riskini kamaytirishi mumkin.
117
Shu bilan aktiv va passivlarni boshqarish maqsadi ko‘rsatilgan risk darajasida foiz
daromadlarini maksimallashtirishdan iborat yoki berilgan foiz daromadi darjasida riskni
minimallashtirishdan iboratdir. Bank menejmenti sohasidagi maslahatchi D.Keyts
shuni
tasdiqlaydiki, bankning ideal holati-bu potensial balanslangan holatda bo‘lishi kerakki,
bu holat foiz stavkasi dinamikasiga mos kelishi kerak. Ushbu ta’rif bozor o‘zgarishini
prognoz qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan yirik bo‘lgan banklar uchun mos keladi. Aks
holda bank katta zararlar ko‘rishi mumkin.
1-Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: