О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Suyaklarniag tuzilishi va o‘sishi


bet23/184
Sana29.04.2022
Hajmi
#592684
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184
Bog'liq
2 5194942465555040869

10-§. Suyaklarniag tuzilishi va o‘sishi
Suyak tarkibi. 
Suyak biriktiruvchi to'qimalarning bir xili bo'lib, uzun o'simtali 
hujayralardan va to‘shsimon qattiq hujayra oralig‘i moddasidan iborat. Suyaklar 
nervlar va qon tomirlari bilan ta’minlangan, sirtdan yupqa 
suyakusti pardasi
bilan 
qoplangan.
Suyaklarning tuzilishi. 
Shakliga binoan suyaklar naysimon, yassi, g'ovak 
va g'alvirsimon bo‘ladi. 
Naysimon suyaklar,
o‘z navbatida, 2 xil bo‘ladi: uzun 
naysimon suyaklar (yelka, bilak, tirsak, son, boldir suyaklari), kalta naysimon 
suyaklar (qo‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). Naysimon suyaklarning 
ko‘migi g‘ovak, o‘rta qismi tig‘iz moddadan iborat bo‘lib, ichi kovak bo‘ladi,
Naysimon suyaklarning kovagi yog‘simon 
sariq ilik
bilan, ko‘migidagi g‘ovak 
moddasi oralig‘i esa 
qizil ilik
bilan to‘lgan boMadi. Qizil ilikda qonning shakilli 
elementlari hosil bo‘ladi (20-rasm).
Yassi suyaklar
sirtqi tomondan tig‘iz suyakusti pardasi bilan qoplangan g‘ovak 
moddadan iborat. G‘ovak modda qizil ilik bilan toigan. Bosh suyagidagi tepa, 
ensa, yuz> kurak va chanoq suyaklari yassi suyaklar hisoblanadi. Yassi suyaklar 
himoya va tayanch funksiyasini bajaradi. Yassi suyaklar g‘ovak moddasming qizil 
iligi qon hosil bo‘lishi jarayonida ishtirok etadi.
G'ovak suyaklar
ikki xil: uzun g‘ovak (qovurg'a, to‘sh, o‘mrov), kalta g‘ovak 
(umurtqa, kaftusti suyaklari) bo‘ladi.
G'alvirsimon suyaklar -
yuqorigi jag‘, peshana, bosh 
suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon 
suyaklar.
Suyaklarning o‘sishi. 
Odamning bo‘yiga o'sishi nay­
simon suyaklar ikki uchini qoplab turadigan tog‘aylarning 
o‘sishi bilan bog‘liq. Suyaklarning yo‘g‘onlashuvi esa su­
yakusti pardasi hisobidan sodir bo‘ladi. 22-25 yoshlarda 
odam gavdasi shakllanishi tugallanadi va odam bo‘yi ham 
o‘sishdan to‘xtaydi. Suyaklarning o‘sishini gipofiz bezi ajratib 
chiqaradigan 
somatotrop gormoni
boshqarib turadi. Yoshlikda
20-rasm.
Naysimon suyaklarning tuzilishi:
1 -
suyak boshchasi, 
2 -
g‘ovak modda, 
3 -
tig‘iz modda,
4 -
suyakusti pardasi, 
5 -
ilik, 
6 -
suyakning o‘rta qismi.


bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘yning o‘sishi tezlashib, odam baland bo'yli 
bo'ladi. Gormon kam ishlab chiqarilganida bola sekin o‘sib, bo‘yi past bo‘lib qoladi.
Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyaklar tarkibiga anorganik va organik 
moddalar kiradi. Anorganik moddalarning asosiy qismini suyaklarni qattiq qila- 
digan kalsiy karbonat va kalsiy fosfat tuzlari tashkil etadi, Organik moddalar 
suyaklarni qayishqoq qiladi, Anorganik birikmalaming qattiqligi va organik birik- 
malarning qayishqoqligi tufayli suyaklar mustahkam bo‘ladi. Yosh o‘tgan sayin 
suyaklar tarkibidagi anorganik moddalar ko‘payib, organik moddalar tobora 
kamayib boradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Suyak to'qimasi tarkibiy qismlari va ularga xos xususiyatlami juftlab ko‘rsating: A -
suyak hujayralari, В - oraliq moddasi, D - suyak to'qimasi, E - suyakusti pardasi;
1 - qattiq toshsimon, 2 - nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan, 3 - yupqa, 4 -
uzun o‘simtali.
2. Suyaklarga xos xususiyadar va ularga mos kelgan tushunchalarni jufdab yozing: A -
o‘sishi, В - yo'g'onlashuvi, D - o‘sishining boshqarilishi, E - o‘sish goTmoni ko‘p 
ishlab chiqarilganida, F - o'sish gormoni kam ishlab chiqarilganida, G - mineral 
moddalari, H 
organii moddalari; 1 
bo‘y o‘sishi sekinlashib, past bo‘yli bo‘ladi,
2 - bo‘yi tez o‘sib, baland bo‘yli boladi, 3 - gipofiz gormoni boshqaradi, 4 - suyak 
ikki uchini qoplab olgan tog‘ay hisobidan o‘sadi, 5 - suyakni qayishqoq qiladi, 6 -
suyakni qattiq qiladi, 7 - suyakusti pardasi hisobidan bo'ladi.
3. Suyaklarni ularga xos tuzilish belgilari bilan birga juftlab yozing: A - suyak 
to qimasi, В 
suyaklar sirti, D suyaklar shakli, E naysimon suyaklar, F yassi 
suyaklar, G - suyaklar qizil iligi, H - g‘ovak moddasi, I - naysimon suyak kovagi; 
1 - naysimon va yassi bo‘ladi, 2 - ikki uchi g‘ovak, o‘rtasi tig‘iz moddadan iborat,
3 - uzun o‘simtali hujayralar va toshsimon oraliq moddadan iborat, 4 - sariq ilik 
bilan to‘lgan, 5 - qon hujayralari hosil qiladi, 6 - qizil ilik bilan to‘lgan, 7 - tig‘iz 
moddadan iborat, 8 - g'ovak moddadan iborat.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish