sistemasida qo‘ zg‘alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishini izdan
chiqaradi, shartli reflekslar hosil
bolishini sekinlashtiradi, bosh miyaning ay rim
qismlarini qo‘zg‘ atib, kayfiyatni ko'taradi. Lekin miya po‘stlog‘i quyi markazlari
ishini buzadi. Shuning uchun ichgan odam tortinmasdan o‘zi qilmagan ishlarga
qo‘ l uradi, ko‘p gapiradi.
Alkogolning ko‘ p miqdori oliy nerv faoliyatini izdan chiqarib, qo‘l, oyoq,
til, ko‘z harakatlari aniqligini buzadi. Odam gandiraklab, tili g‘ uldurab qoladi.
Alkogolning muntazam iste’mol qilinishi alkogolizmga olib keladi.
Giyohvandlikning oliy nerv faoliyatiga ta’siri.
Narkotik moddalar dastlab
xursandchilik va xotirjamlik hissini uyg‘ otib, kayf qildiradi.
Keyinroq organizm
bu moddalarga ko'nikib qolishi oqibatida giyohvandlik kelib chiqadi. Narkotik
moddalarni muntazam iste’mol qilish organizmni zaharlaydi, Giyohvandlikda
dastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o‘zga-
rishlar: yurakdagi o‘zgarishlar, og‘ iz qurishi, terlash, qo‘ l va oyoq titrashi, kocz
qorachig‘ ining kengayishi kabi holatlar paydo bocladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring:
1. Nerv faoliyati tiplarini ularga mos belgilar bilan juftlab yozing: A - xolerik,
В
- sangvinik, D - flegmatik, E - melanxolik; 1
- kuchli, muvozanatlashgan,
harakatchan, 2 - kuchsiz, muvozanatlashmagan, 3 - kuchli, muvozanatlashmagan,
harakatchan, 4 - kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat.
2. Nerv faoliyati tiplarini ularga mos kelgan kishilar xarakteri bilan juftlab yozing:
A - xolerik, В - sangvinik, D - flegmatik, E - melanxolik; 1 - kamharakat,
xatti-harakati
ishonchsiz, his-tuyg‘ usi chuqur va turg‘un,
2
- hozirjavob, vaziyatni
tez baholaydigan, xushchaqchaq va xushmuomala, 3 - serharakat, urishqoq, tez
o‘ rtoqlashadigan va urishib
qoladigan, arzimas narsaga xafa boladigan, 4 - yuvosh,
vazmin, har bir ishni o‘ylab, oxirigacha bajaradigan.
O'ylab javob bering:
Mast odamning qo‘l-oyoqlari harakati va nutqida aniqlik yo'qoladi. Bu holat
alkogolning nerv sistemasi qaysi qismlariga ta’siri bilan bog‘liq?
XII BOB. SEZGI ORGANLARI
52-§. Sezgi organlarining ahamiyati
Sezgi organlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
Markaziy nerv sistemasiga
tashqi va ichki muhitda sodir bo‘ lib turadigan barcha jarayonlar to‘g‘risida axborot
kelib turadi. Bu axborot sezgi organlari orqali qabul qilinadi. Har bir sezgi
organi faqat muayyan turdagi ta’sirot idrok etilishini ta’minlaydi. Masalan, ko‘z
yorug'likdan, quloq tovushdan ta’sirlanadi.
Sezgi organlarida joylashgan retseptorlar tashqi va ichki muhitdan keladigan
ta’sirni nerv impulslariga aylantiradi. Retseptorlarning har biri muayyan ta’sirni
qabul qilib, nerv signallariga aylantiradi (78-rasm), Retseptorlar o‘ z ta’sirlovchisiga
juda sezgir bo'ladi. Masalan, ko‘ z retseptorlari bir kvant yorug‘ likda ham ko'rish
sezgisini hosil qiladi. Quloqning nog'ora pardasi tovush vodorod atomidan o'n
marta kichik masofaga siljiganida ham retseptorlarda
tovush signallari hosil
bo'ladi. Hidli moddariing bir necha molekulasi hid bilish retseptorlarida qo‘ zg‘alish
paydo qiladi.
Sezgi organlari tashqi muhit ta’sirini qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi
hosil bo'lishi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv markazlari bilan bog‘ -
liq. Sezgi organlari organlar faoliyatini
nazorat qilib va boshqarib turadi. Masa
lan, odam svetofoming qizil chirog‘ iga
to‘ xtaydi, tanish ovozni eshitib, o‘girilib
qaraydi, gaz hidini sezganida oshxonadan
xabar oladi.
Sensor sistemalar, ya’ni analizator.
Nerv impulslari sezgi organlarida joy
lashgan retseptorlardan sezuvchi ney
ronlar orqali markaziy nerv sistema
siga uzatiladi. Nerv impulslari ta’sirida
yarimsharlar po£stlog‘ idagi neyronlarning
qo‘ zg‘alishi sezgi tuygcusini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: