O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Dunyoda baliq ovlash va baliqchilik



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

4. Dunyoda baliq ovlash va baliqchilik. 
        Bu tarmoqning shu bilan belgilanadiki, baliq va uning mahsulotlari qimmatli oqsil manbai, 
to‘laqonli  ovqatlanishning  eng  muhim  elementidir.  SHu  sababdan  dunyoda  ovlanadigan 
baliqning  75-80  foizi  odamlar  ovqatlanishi  uchun  sarflanadi,  qolgan  20-25  foizi  esa  qayta 


70 
ishlanib,  baliq  uni  qo‘shimcha  ozuqaga,  baliq  moyiga  aylantiriladi  va  chorva  ozuqasi  yoki 
farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Hozir yillik ovlanadigan baliq 100 mln.t. ga etadi. 
     Dunyo  aholisi  jon  boshiga  17-18  kg  baliq  to‘g‘ri  keladi.  YAponiyada  bu  ko‘rsatkich  60-70 
kg, Rossiya va AQSH da 17-18 kg, Nepalda 0,2 kg. 
Dengizdan ovlangan mahsulotning 87-88 foizi baliq; 7-8 foizi malyuska, 4-5 foizi raksimon, 0,5 
foizi boshqa turlar. Ovlangan baliq strukturasida so‘nggi o‘n yilliklarda ilgari ko‘p ovlangan seld 
va treska, angaus baliqlari salmog‘i pasaydi, kamroq qimmatga ega bo‘lgan moyva, mintay, xek 
kabilarning  salmog‘i  oshdi.  Bunday  hol  qimmatli  baliqlarni  ko‘p  ovlash  oqibatida  sodir  bo‘ldi. 
So‘nggi yillarda dengiz baliqlarini ovlash geografiyasida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. 
1)
 
kontinental shelf va Dunyo okeani chuqur suvli rayonlarida baliq ovlash nisbatlari o‘zgardi. 
Hozirgi  vaqtda  okeanning  chuqur  qismida  10  %,  kontinental  shelefda  90  %  baliq  va  dengiz 
mahsulotlari ovlanadi; 
2)
 
Dunyo okeanining uchta asosiy zonasi shimoliy (30
0
 sh.k. dan shimolda), tropik va janubiy 
mintaqalar  (30
0
  j  k  dan  janubda)  o‘rtasida  nisbat  o‘zgardi.  1984  yilda  ularning  birinchi  85  %, 
ikkinchisi 13 %, uchinchisi 2% ovlangan baliqni bergan bo‘lsa, hozircha ular o‘rtasidagi nisbat 
52:30:18 ga teng. 
3)
 
Okeanlarning  asosiy  baliq  ovlanadigan  rayonlari  o‘rtasidagi  nisbat  ham  o‘zgarmoqda. 
Atlantika  okeanida  ikkita  ana  shunday  rayon  Evropa  qirg‘oqlaridagi  SHimoli-SHarqiy  va 
Amerika  qirg‘oqlaridagi  SHimoli-G‘arbiy  rayon  qadimdan  mashhur.  Birinchisi  o‘tgan  asrning 
50-  yillarida  ovlanadigan  baliqning  yarmini  berar  edi.  Lekin  keyinchalik  ko‘p  ovlash,  neft 
sanoati  raqobat  tufayli  ovlash  keskin  qisqardi.  Masalan,  ilgari  baliqqa  boy  shimoliy  dengiz 
endilikda dunyoning atigi 2,5 % balig‘ini beradi. 
SHimoli-G‘arbda (Kanada va AQSH) ham baliq ovlash sezilarli kamaydi. Tinch okeanida uchta 
asosiy  baliq  ovlash  rayoni  bor;  a)  Osiyo  qirg‘oqlaridagi  SHimoli-G‘arbiy  rayon.  Bu  erda 
Rossiya,  YAponiya,  Xitoy,  Koreya  Respublikasi  baliq  ovlaydi.  U  baliq  va  boshqa  dengiz 
mahsulotlarini ovlash  bo‘yicha dunyoda  birinchi  o‘rinda;  b) SHimoliy-Amerika qirg‘oqlaridagi 
SHimoli-SHarqiy rayon. U ikkinchi o‘rinda;  v) Peru va CHili qirg‘oqlaridagi Tinch okeanining 
Janubi-SHarqiy  qismi  rayoni.  Bu  erda  asosan  Peru  anchuos  balig‘i  ovlanadi.  Bu  beshta 
dunyoning  asosiy  baliq  ovlash  rayonlarida  ko‘p  ovlash  ta’sirida  baliq  zahiralari  kamayib 
borayotganligi sababli ularni tiklash bo‘yicha katta tadbirlar o‘tkazilmoqda (AQSH, YAponiya, 
Rossiya, Norvegiya.b). 
5)So‘nggi yillarda baliq ovlashda «birinchi o‘nlikka» kiruvchi mamlakatlar tarkibida o‘zgarishlar 
yuz  berdi.  O‘tgan  asrning  50  yillarda  «o‘nlikka».  YAponiya,  AQSH,  SSSR,  Xitoy,  Norvegiya, 
Buyuk  Britaniya,  Kanada,  GFR,  Daniya  chiqib  ketdi.  «birinchi  o‘nlik»dan  keyingi  o‘rinlarda 
rivojlanayotgan  mamlakatlar-Filippin  Meksika,  Braziliya  turadi.  Xitoyda  ham  baliq  ovlash  tez 
rivojlanmoqda.  SHu  bilan  birga  an’anaviy  baliq  ovlovchi  mamlakatlar-Norvegiya,  Daniya, 
Islandiya hozirga qadar Evropaning baliq ovlovchi asosiy mamlakatlari bo‘lib, qolayotir. 
     Keyingi  yillarda  suv  organizmlarini  tartibga  solishda  ko‘zda  tutilgan  tadbirlar  tizimiakva 
kultura  (lotincha  akva-suv,  cultura-etishtirish)  baliq  ovlash  va  baliqchilikda  tobora  katta  rol 
o‘ynamoqda.  U  suv  havzalarida  baliq,  malyuskalar,  qisqichbaqasimonlar  va  suv  o‘tlari 
etishtirish, baliqlarni akklimatizatsiyalash, suvosti «firmalarini» tashkil etish va boshqa tadbirlar 
o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. 
      Dengiz muhitida tirik organizmlarni ko‘paytirish marikultura deb ataladi. O‘tgan asrning 90-
yillar  boshida  dunyoda  akvakultura  mahsuloti  15  mln.t.  ga  etdi.  Uning  85  %  ini  Osiyo 
mamlakatlari  Xitoy  (5,5  mln.t.),  YAponiya,  Koreya  Respublikasi,  Hindiston,  Filippin, 
Indoneziya,  V’etnam  bergan.  Bu  erda  chuchuk  suvli  havzalarda  asosan  karp  balig‘i,  dengiz 
«firmalar»  va  «plantatsiyalarida»  esa  baliq,  malyuska,  krevetka,  qisqichbaqa,  midiy,  suv  o‘tlari 
etishtiriladi.  Akvakultura  Evropa  va  SHimoliy  Amerikada  kamroq  rivojlangan.  Dengiz 
«fermalari»  Italiya,  Frantsiya,  Ispaniya,  Portugaliya,  Niderlandiya,  Daniya,  Buyuk  Britaniya, 
AQSH  da  bor.  Dunyo  marikultura  mahsuloti  9  mln.  tonnaga  etib  qoldi.  Bashoratlarga  ko‘ra,  u 
ancha ko‘payadi, akva kulturaning umumiy mahsuloti xajmi 20 mln. tonnadan oshib ketdi. 


71 
Kit  ovlash  Norvegiyada  1868  yilda  vujudga  keldi,  SHimoliy  Atlantikada  boshlangan. 
Keyinchalik  Tinch  okeanining  shimoliy  qismida,  Janubiy  Amerika,  Afrika,  Avstraliya 
qirg‘oqlarida kit ovlana boshlangan. Kit ovlash 1920 yilda 11  ming bosh, 1939  yilda-46 ming, 
1969  yilda  rekord  daraja-66  ming  boshga  etgan.  Lekin  keyinchalik  kit  ovlash  sur’atlari  tez 
kamaydi,1975  yilga  kelib  27  ming  boshni  tashkil  etdi.  1903  yilda  70-  yillargacha  faqat  Dunyo 
okeanining janubiy qismida 1,5 mln.bosh kit ovlangan. Oqibatda ba’zi kit turlarining 90 % i, eng 
yirik  kitlar  esa  deyarli  butunlay  qirib  yuborildi.  SHu  sababli  kit  ovlashni  tartibga  soluvchi 
xalqaro  tashkilot-Xalqaro  Kit  Ovlash  Komissiyasi  (XKOK)  tuzildi.(1946  y)  1994  yilda  Dunyo 
okeanining janubiy qismida uzoq muddatli kitlar qo‘riqxonasi (40
0
 j.k.dan janubda) tashkil etildi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish