O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Qishloq xo‘jaligini joylanishi va  rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

2. Qishloq xo‘jaligini joylanishi va  rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Zaminning  biron-bir  burchagida  qishloq  xo‘jalik  bilan  shug‘ullanmaydigan  mamlakat 
bo‘lmasa  kerak.  Respublikamiz  uchun  qishloq  xo‘jaligi  milliy  iqtisodiyotning  ustivor 
yo‘nalishlaridan  biridir.  U  mamlakatda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  deyarli  uchdan  bir 
qismini beradi. 
Qishloq  xo‘jaligi  oziq-ovqat  mahsulotlari,  shuningdek,  oziq-ovqat,  to‘qimachilik  va 
boshqa sanoat tarmoqlariga xom-ashyo yetkazib beradi. 
Hozirgi  zamon  qishloq    xo‘jaligi  geografiyasi  ko‘pgina  omillar  ta’siriga  bog‘liq: 
iqtisodiy,  tabiiy  va  siyosiy.  Qishloq  xo‘jaligining  joylanishiga  tabiiy  sharoit  katta  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Uning    rivojlanishi  uchun  yorug‘lik  , issiqlik,  namlik  va  tuproqda ozuqa  moddalari 
bo‘lishi  zarur.  O‘zbekistonning  agroiqlim  resurslari  holati  uni  materikning  ancha  ichkarisida 
joylashgan  geografik  o‘rni  hamda  murakkab  yer  yuzasi  relefining  tuzilishiga  bog‘liq.  Shu 
jihatdan uning iqlim sharoiti qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga qodir. 
O‘zbekitstonning  agroiqlim  ko‘rsatkichlari  (jumladan,  yog‘in-sochin  va  uning  miqdori, 
tushish muddati, havo haroratining yillik ijobiy va foydali ko‘rsatkichlari) yer sirtiga quyosh nuri 
tushish  burchagining  kattaligi  ziroatchilikni  rivojlantirish  uchun  kuchli  omil  bo‘lib  maydonga 
chiqadi.  Ziroatchilik  qilinadigan  barcha  vodiy  va  vohalarda,  ko‘p  yillik  meteorologik 
ko‘zatishlarga qaraganda, quyosh yog‘dusi davomiylik yil davomida o‘rtacha 2500  – 3000 soat 
gacha boradi. 
Serquyosh  O‘zbekiston  janubiy  mamlakatlarga  xos  bo‘lgan  qimmatbaho  ziroatchilik, 
bog‘dorchilik  va  uzumchilik,  shuningdek,  o‘simliklarning  o‘sish  o‘zoq  bo‘lgan  (vegetatsiya) 
muddati hamda quyoshli kunlarni talab qiladigan subtropik  mevalar  yetishtirishni tabiiy  issiqlik 
yordamida rivojlantirishning juda katta imkoniyatlariga ega. 


73 
Issiqlik  resurslari  turli  xil  ziroatchilikni  joylashtirish,  ulardan  yuqori  hosil  olish  va 
tabaqalashtirib  rivojlantirishga  bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Shu  jihatdan  yillik  havo  haroratining 
ijobiy  va  foydali  ko‘rsatkichlari  shuningdek,  sovuq  bo‘lmaydigan  kunlar  muddati  amaliy 
ahamiyatga molikdir. 
Qishloq  xo‘jaligidagi  mehnat  jarayoni  va  uning  natijasiga  tabiiy  sharoit  sanoatidagiga 
qaraganda ancha ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasi sarf qilingan 
mehnatning  miqdori  va  sifatiga,  mashina  va  o‘g‘itlardan  foydalanish  darajasiga  qarab 
belgilanadi. 
Agar  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  yetishtirish  ekin  maydonlarini  kengaytirish  va 
chorva  mollarini  sonini  oshirish  hisobiga  ko‘paysa,  bunday  qishloq  xo‘jalik  ekstensiv  xo‘jalik 
deyiladi.  Buning  uchun  aksincha,  qishloq  xo‘jalik  xo‘jaligi  mahsulotining  hajmi  maydon 
birligiga  agrotexnika  vositalaridan  ko‘proq  foydalanish  yoki  chorva  mollarining  ko‘proq 
mahsuldor  zotlarini  yaratish  hisobiga  oshsa,  bunday  qishloq  xo‘jaligi  intensiv  xo‘jalik  deb 
ataladi. 
O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligini  rivojlantirishning  intensiv  yo‘lidan  borishi  katta 
ahamiyatga  egadir.  Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  mexanizatsiya,  elektrlashtirish  va 
kimyolashtirish  qishloq  xo‘jaligini  yanada  rivojlantirish  va  intensivlashtirishning  asosiy  yo‘li 
bo‘lib hisoblanadi. 
3

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish