O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

3.Jahon
 
chorvachilik tarmoqlar geografiyasi. 
         CHorvachilik
 
chorva  mollari  soni  va  chorvachilik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  o‘z 
ichiga oladi. Jahonda chorva mollarining umumiy soni 4 mlrd boshga yaqin. 
         Sut  yo‘nalishidagi  yirik  shoxli  qoramol  ko‘paytirish  aholi  zich  joylashgan  Evropa, 
SHimoliy  Amerika  rayonlari  uchun  xosdir.  Go‘sht-sut  yo‘nalishidagi  qoramolchilik  intensiv 
qishloq  xo‘jaligiga  ega  bo‘lgan  mo‘‘tadil  mintaqa  rayonlarida  shuningdek  qurg‘oqchil 
rayonlarida  tarqalgan.  Go‘sht  chorvachiligi  (Argentina,  Avstraliya)  ekstensiv  va  intensiv 
rivojlangan bo‘lsada, u tovar xususiyatiga ega. 
     CHo‘chqachilik  bilan turli tabiiy sharoitlardagi  intensiv  va  ekstensiv qishloq  xo‘jaligiga ega 
bo‘lgan  mamlakatlarda  mavjud.  Odatda,  bu  tarmoq  aholi  zich  joylashgan  rayonlarda, 
kartoshkachilik, lavlagikorchilik rayonlarida keng rivojlangan.  
       Qo‘ychilik  keng  yaylov  maydonlariga  ega  bo‘lgan  mamlakat  va  rayonlarda  rivojlangan. 
Ayni  vaqtda  mayin  junli  qo‘ychilik  quruq  iqlimli  rayonlarda  ko‘proq  tarqalgan  bo‘lib,  dasht 
hamda chala cho‘l yaylovlari sharoitda olib boriladi.  
    M.B.  Volf  va  YU.D.Dmitrievskiy  o‘zlarining  jahon  qishloq  xo‘jaligi  haqidagi  kitoblarida  4 
turdagi  chorvachilik  rayonlarini  ajratganlar.  Ular  intensivlik  darajasiga  ko‘ra  quyidagicha 
taqsimlanishi mumkin 

    Birinchi turga aholi juda zich joylashgan va qoramolchilik yuqori darajada zich bo‘lgan (100 
ga  qishloq  xo‘jaligi  maydoniga  100-200  bosh  mollar  to‘g‘ri  keladi)  rayonlar  kiradi.  Bu  turga 
mansub rayonlarda mazkur tarmoq yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lib, intensiv sut chorvachiligi, 
cho‘chqachilik,  parrandachilikka  ixtisoslashgandir.  Evropada  birinchi  turdagi  rayon  Daniya, 
Niderlandiya,  Buyuk  Britaniya,  SHveytsariya  kabi  mamlakatlarni,  SHimoliy  Amerikada 
AQSHning  shimoli-sharqini  qamrab  oladi.  Bu  mamlakatlardagi  chorvachilik  yalpi  qishloq 
xo‘jalik tovar maxsulotining 60-80 % ini etkazib beradi. 
Ikkinchi  turga  intensivlik  hamda  qishloq  xo‘jalik  mahsuldorligi  o‘rtacha  darajada  bo‘lgan 
rayonlar  mansubdir.  Bu  turga  Janubiy  va  SHarqiy  Evropa,  AQSH  ning  janubiy  va  markaziy 
shtatlari, Lotin Amerikasining ayrim rayonlari kiradi. 
Uchinchi turga aholi  zichligi  hamda chorva  mollari bosh soni zichligi (5-10 bosh) past bo‘lgan 
rayonlar kiradi. 
Bunday  rayonlarga  Avstraliyaning  katta  qismini,  Argentinadagi  Patagoniyani,  Angola,  G‘arbiy 
va  SHimoliy  Afrikaning  ayrim  mamlakatlarini  (Mavritaniya,  CHad,  Jazoir)  kiritish  mumkin. 
Odatda ushbu mamlakatlarda chorvachilik dehqonchilikdan ustun turadi. 
Va  nihoyat,  to‘rtinchi  turga  aholisi  juda  zich  joylashgan,  chorva  mollari  zich  (60-200  bosh), 
ammo  mahsuldorligi  past  va  kam  intensiv  tarmoq  hamda  yo‘nalishlar  ustun  bo‘lgan  rayonlar 
kiradi. CHorvachilik bu erda yordamchi ahamiyat kasb etib, oz miqdorda tovar mahsuloti etkazib 
beradi.  Bunday  rayonlarga  Hindiston, SHri-Lanka,  Janubi-SHarqiy  Osiyo  mamlakatlarini  misol 
keltirish mumkin.          Rivojlanayotgan mamlakatlarda kam mahsuldor chorvachilik markazlari 
aksariyat  hollarda  iste’mol  va  tovar  dehqonchililigidan  hududiy  jihatdan  ajralgan  holda  olib 
boriladi. 
    Go‘sht ishlab chiqarish tizimi mol va buzoq go‘shti etishtirish salmog‘i 32 %, cho‘chqa 39 %, 
parranda go‘shti 20 %, ot va qo‘y go‘shti salmog‘i 9 %ni tashkil etadi. 
      So‘nggi  yillarda  broyler  xo‘jaligining  SHimoliy  Amerika,  Evropada  intensiv  rivojlanishi 
parranda  go‘shti  etishtirishni  ko‘paytirdi.  Jahon  bo‘yicha  uning  soni  10  mlrd  boshdan  oshib 
ketdi. Ayniqsa, har bir bosh sigirdan sut sog‘ib olish, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 3-5 ming 
kg  (biroq  Daniya,  Niderlandiya  5,8  ming  kg,  SHvetsiyada  6  ming  kg,  AQSH  da  6,5  ming  kg. 
MDH davlatlarida o‘rtacha 2,6 ming kg) ni tashkil etadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish