76
Jamg‘arma, sog‘in
sigirlar
1836,2
2248,3
2393,0
123,8
Qo‘y va echkilar
9230,2
9330,6
9208,8
94,5
Cho‘chqalar
716,3
8618
75,8
10,6
Yilqilar
105,1
147,3
147,9
140,3
Qoramollarning hududiy joylashishida viloyatlararo katta tafovutlar bor. Samarqand
viloyatida mamlakat jami qoramollarining 14,8 foizi, Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona,
Xorazm, Surxondaryo viloyatlarining har birida 8-11 foizi boqiladi.
Qoramol zotlarini yaxshilash sohasida ko‘p ishlar qilinmoqda. Jumladan, Boltiq-bo‘yi
davlatlaridan sersut qoramollar keltirilib rayonlashtirilgan va ularni chatishtirish orqali yangi
zotlar yaratilgan.
Respublikada qo‘ychilikning qorako‘l teri, go‘sht-yog‘, jun uchun boqiladigan tarmoqlari
rivojlangan. Ularni soni echkilarni ham qo‘shib hisoblaganda 9,3 mln. boshdan ko‘p. Shundan
yarmidan ko‘pi qorako‘l qo‘ylaridir. Qorako‘l qo‘ylari mamlakat eksportida alohida o‘rin
tutadigan, ko‘p xil tovlanadigan sifatli qorako‘l terisi, go‘shti hamda jun olish uchun katta-katta
cho‘l yaylovlarida boqiladi. Olimlarning isbotlashicha, qorakul zotli qo‘ylarning asl vatani
Zarafshon vahosi hisoblanadi. Mamlakatimizda qorako‘l qo‘ylarining boqiladigan asosiy
yaylovlari Qizilqum, Qarshi va Ustyurt cho‘llaridir, qisman tog‘ oldi-mintaqalaridir.
Mamlakatda qorako‘lchilikka ixtisoslashgan 120 ta yirik xo‘jalik bo‘lib, shuning 18 tasi
naslchilik zavodlari va 9 tasi naslchilik xo‘jaliklaridir. Respublikada go‘sht va jun yetishtirish
maqsadida dag‘al jun va go‘sht va yog‘ beruvchi hisori va jaydari quy zotlari boqiladi. Dumbali
va serjun qo‘ylaridan 3 mln. dan ortig‘i aholi va fermer xo‘jaliklarida, 875 ming boshi esa jamoa
sektorlarida boqiladi.
Echkichilik go‘sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun
mo‘ljallangan. O‘zbekiston echkichilikda serjun angar, tivitli Orenburg, jundor O‘zbekiston
zotlari tarqalgan. Echki juni quy juniga nisbatan sifatliroq. Undan turli texnik matolar, drap,
adyol va trikotaj tayyorlanadi.
Echkilar baland va tog‘ oldi mintaqalarida boqiladi. Echkichilik Namangan,
Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida rivojlangan.
Chuchqachilik bilan asosan aholisining ko‘pchiligini yevropaliklar tashkil etgan yirik
shaharlar yaqinda va g‘allachilik mintaqalarida shug‘ullanib kelinadi. Bu tarmoq keyinchalik
vujudga kelgan bo‘lib, go‘shtidan asosan kolbasa ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Yilqichilik bilan O‘rta Osiyo xalqlari miloddan avval bir necha asr ilgari
shug‘ullanganlar. Otlarning eng asosiy mahsuldorligi ularning ish layoqati bilan baholanadi.
Undan tashaqari sut, go‘sht, teri hamda ot sport uchun ham ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: