O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Baliqchilikka asoslangan suvliklarda monitoring xizmati



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Baliqchilikka asoslangan suvliklarda monitoring xizmati
Bu insoniyatning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda atrof-muhit ho- 
latini kuzatish, baholash va prognozlashdan iborat. Tabiiy suvliklardagi 
ovlanadigan sanoatbop baliqlarning tabiiy holatini (hosildorligi, mah­
suldorligi) antropogen omillar ta ’sirida boiadigan salbiy o‘zgarishlarni 
uzoq muddat ilmiy o‘rganishni o'z ichiga oladi. Asosan, baliq ovlana­
digan tabiiy suvliklarning evtroflanish monitoringi asosiy masala hi-
327


soblanadi. Respublika hududida tabiiy suvliklarning maydoni 800 000 
gektar boiib, bu suvliklar uning landshaftining ajralmas qismi hisobla- 
nadi. Tabiiy suvliklar ekologik va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga 
ega. Shu jumladan, Janubi-G‘arbiy Qizilqumdagi tabiiy suvliklarning 
maydoni 101.000 gektar, suv zaxirasi 5—7 m ln/m 3. Bu suvliklarning 
asosiy suv manbasi ABMKA-I va ABMKA-II hamda Amu-Qorakoi 
kanali hisoblanadi. Bu suvliklar nasoslar orqali Amudaryo suvi bilan 
ta’minlanadi. Shu sababli bu suvliklar hayotida ekstremal holatlar tez- 
tez kuzatiladi, lekin bu suvliklardagi biomahsuldorlik imkoniyatlari, 
baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga, iqti­
sodiy ahamiyatga ega. Tabiiy suvliklardan ovlangan baliq mahsulotla- 
rining ko‘p yillik analizi shundan dalolat beradiki, ovlanadigan baliq 
hajmi yildan-yilga pasayib bormoqda. 0 ‘tgan asrning 70—90-yillarida 
respublika bo‘yicha 6100 dan to 8400 tonnani, har yili o‘rtacha 7380 
tonnani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2000—2007-yillarda 1940—3470 
tonnagacha, yiliga esa o‘rtacha 2590 tonnani tashkil etgan.
Baliq ovlashning respublika miqyosida bunday keskin pasayishi- 
ga asosiy sabab (Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro) 2000-yillardan 
boshlab suv miqdorining kamayishidir. Suvning kamayishi Dengizko‘l 
kabi ko'lning 45000 gektaridan 35000 gektarigacha pasayishiga sabab- 
chi bo'ldi. Dengizko'lga suv tushmasligi uning gidrologiyasi, gidro- 
kimyosi va gidrobiologiyasi buzilishiga sabab bo‘ldi. 
T u z 
konsentratsi- 
yasi 20—30 g/I ni tashkil qiladi. Bu esa har yili ovlanadigan 500—800 
tonna baliq mahsuloti yo'qolishiga olib keldi. Shu munosabat bilan 
hozirgi kunda Dengizko‘Ida umuman baliq ovlanmaydi. 0 ‘tgan asr­
ning oxirlarida kanallar orqali 20—30 m3/sek. Amudaryo suvi tushib 
turar edi va Amudaryo ixtiofaunasi Dengizkoiga kelib undagi ov­
lanadigan baliqlarni boyitib turar edi. Dengizko‘lga yana Janubiy- 
Markaziy Qarshi kollektori orqali 10-15 m3/sek zovur suvlari ham 
kelib tushar edi. Suvning kamayishi va baliqchilikka asoslangan tabiiy 
suvliklar Og‘itma, Xaticha, Zikri, Qoraqir kabi ko'llar ham xuddi shu 
ahvolda. Suvning kamayishi ovlanadigan baliqlarning tur va miqdor 
jihatdan keskin kamayishiga sababchi bo‘lsa, yana boshqa salbiy omil- 
lar ham mavjud.
XXI asrdan boshlab baliqchilik xo‘jaliklari ov anjomlarini (leskali 
to'rlardan foydalanishga o'tishlari), to'rlarining son jihatdan haddan 
tashqari ko‘paytirilganligi, qayiqlar sonini ko‘paytirish orqali ba­
liq ovlashni tashkil etish amaliy jihatdan ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Ayniqsa, 2004—2007-yillarda baliqlarni ko‘paytirish chora-tadbirlari
3 2 8


(baliqlashtirish, baliqchilik melioratsiyasi, baliq chavoqlarini himoya 
qilish) kerakli darajada amalga oshirilmadi. O'tgan asrning 70—90- 
yillarida respublika suvliklari 10—15 min dona (karp, oq amur, oq va 
chipor do‘ngpeshana) chavoq va segoletkalari bilan baliqlashtirilgan. 
2004—2006-yillarda To‘dako‘l suv omborida 4 min, Buxoro viloyati 
suvliklari 100,000 dona baliq segoletkalari bilan baliqlashtirilgan, xolos. 
Boshqa viloyatlarda esa bu ishlar umuman amalga oshirilmagan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-av- 
gustdagi 350-sonli «Baliqchilik tarmog'ida monopoliyadan chiqarish va 
xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qabul 
qilgan qaroriga asosan barcha baliqchilikka ixtisoslashgan suvliklar 
har yili baliqlashtirish, mavjud baliq turlarini himoyalash, ko‘paytirish 
chora-tadbirlari qayd etilgan bo‘lishiga qaramay, ijarachilar o‘z ish- 
lariga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan qarashmoqda. Tabiiy suvliklar- 
dan yilning barcha fasllarida ayniqsa, bahorda katta miqdorda baliq 
ovlash bilan band boiib, baliqlarning reproduktivlik holatini hisobga 
olmaganlar. Natijada baliq ovlash reproduktivlikdan yuqori bo'lganligi 
baliq resurslarining kamayishiga sabab bo‘ldi. Ovlangan baliqlar, ular- 
ning turlari, ixtiomassasi, maxsus ov jurnallariga qayd qilinmadi.
Baliq resurslarini saqlashning asosiy omillari va ularni ko‘paytirish 
hamda ishonarli himoyasi bu baliqlarning aynan nerest davri hisoblana- 
di. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, baliq himoyasi va ko‘paytirish 
talab darajasida emas. Ayniqsa, baliq ovi taqiqlangan paytda jinoyatlar 
ko‘p kuzatiladi.
Baliqchilikka ixtisoslashgan tabiiy suvliklarning biologik resursla­
rini nazorat qilish va foydalanish uchun hamda mavjud kamchiliklarni 
aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf qilishda monitoring xizmati nihoyatda 
zarurdir. Baliqchilikka ixtisoslashgan suvliklar monitoringi quyidagi- 
larni o‘z ichiga oladi. Har bir tabiiy suvlikni doimiy ravishda kuzatish, 
bioresurslar haqida ma’lumot yig'ish, kamchiliklarni aniqlash, ogohlan- 
tirish va zararli bo'lgan jarayonlarni yuqotish.
Barcha tabiiy va sun’iy baliqchilik hovuzlari monitoring obyekti hi- 
soblanadi. Baliqchilikka asoslangan barcha suvliklar uchun qilinadigan 
monitoring xizmatlari quyidagilardan iborat:
1. Suv havzasining gidrologik, gidrobiologik va gidrokimyoviy re- 
jimi monitoringi.
2. Ovlanadigan baliq turlari va ularning populyatsiyasining moni­
toringi.
3. Baliqlar ozuqa bazasining monitoringi.
329


4. Tabiiy suvliklarni baliqlashtirish va hovuz baliqchilik melioratsi- 
yasi monitoringi.
5. Suvliklardan baliqlarning turiga qarab ovlashni tashkil qilish 
monitoringi.
6. Ov anjomlari (to’rlar soni, o‘lchamlari, to'kish materiali) soni va 
baliq ovini taqiqlash monitoringi.
7. Respublika hududida muvofiq keladigan baliq ovlash muddatini 
belgilash, kvotaga asoslangan baliq ovini yo’lga qo’yish monitoringi.
Monitoringning asosiy vazifasi baliqchilikka asoslangan suvliklar- 
ning holatini o‘z vaqtida tekshirishni tashkil qilish, gidrobiologik va 
ixtiologik o‘zgarishlarni o'z vaqtida aniqlash prognoz va oldini olishda 
tegishli chora-tadbirlar ko'rish va kamchiliklarni oldini olish uchun 
tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Tabiiy suvliklarda mavjud baliq 
mahsuldorligidan oqilona foydalanish uchun ovlanadigan baliq tur- 
lari populyatsiyasini doimiy ravishda nazorat qilish, ayniqsa, kvotasiz 
ovlashni joriy q‘olgan bo'lsa baliq zaxirasi buzilishiga yo‘l qo‘yntaslik 
shular jumlasidandir. Suv havzasining tabiiy baliq mahsuldorligini va 
bioresurslarni nazorat qilishda monitoring xizmatidan foydalaniladi. 
Barcha tabiiy suvliklarni baliqlashtirishda kerakli bo‘lgan baliq turini 
tanlashda tabiiy suvliklarning ozuqa bazasini tanlashda va boyitish- 
da, yangi ozuqa obyektlarini iqlimlashtirishda baliqchilikda selleksiya 
urug'chilik, ya’ni baliq zotlarini yaxshilashda belgilangan suv limitidini 
nazorat qilishda monitoring xizmatidan foydalaniladi.
Monitoring xizmatini moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi qaroriga asoslangan 
holda amalga oshiriladi. Har bir viloyatning baliqchilikka asoslangan 
suvliklarida monitoring baliqchilik stansiyasini tashkil qilish lozim. 
Stansiya ovlanadigan baliqlarning biologik ko‘rsatkichi, ularning ozuqa 
bazasi, gidrokimyosi, gidrologik holati to‘g‘risida ma’lumotlar yig'adi. 
Ovlanadigan baliq turlarining miqdori, baliqlashtirish ishlari, baliqchi­
lik melioratsiyasi haqida ma’lumotlar yig‘adi.
Monitoring biologik stansiyasiqayiqlar, ov anjomlari - t o ‘ro ‘lchantlari 
(20,26,36,50....100—120), breden, nevod, hamda batometr, jeddi to‘ri, 
seki diski, petrson yoka ekman dnocherpateli bilan ta’minlangan bo‘lishi 
kerak. Yilning barcha fasllari uchun boshlang’ich material yig’ish suv- 
likning turli zonalaridagi baliq zaxirasini aniqlash uchun nazorat ovi 
o‘tkazish, shu bilan birga gidrobiologik materiallar yig'ishdan iborat. 
Monitoring biologik stansiyasida ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari
oliy o‘quv yurtlarining talabalari, magistrlari, aspirantlari, tadqiqotchi-
330


lari o‘z sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazishlari uchun 
barcha qulayliklarga ega bo‘lishi kerak. 0 ‘zbekistonda bunday tayanch 
monitoring biologik stansiyalari To‘dako‘l, Aydar-Arnasoy, Dengizko‘1, 
Og‘itma, Devxona kabi tabiiy suvliklar hududida tashkil qilish maqsad- 
ga muvofiq.
M onitoring biologik stansiyasida yig‘ilgan barcha materiallar 
0 ‘zbekiston baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markaziga, 
0 ‘zFA Zoologiya institutiga yuboriladi. M ateriallar analiz qilinib
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi. Baliqchilikka asos- 
langan barcha suv havzalarining holatini, ayniqsa, ularning biologik 
resurslari to'g‘risida m a’lumotlar olish uchun monitoring xizmatini 
tashkil qilish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Tabiiy suv­
liklar hayotida boiadigan o‘zgarishlar ham da salbiy imkoniyatlar 
aniqlanadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Natijada tabiiy suv- 
liklarning biologik resurslaridan baliqchilikni rivojlantirish uchun 
ratsional foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
331



Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish