O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Sadoqlarga g‘amxo‘rlik
Agarda sadoqlarni bir butunligi buzilsa, sadoq teshilsa, qopqog'i 
ochilgan holda qolsa, unda baliqlarni yo‘qotish mumkin.
Shuning uchun ham hamma vaqt sadoqning butunligi tekshiriladi. 
Iloji boricha tez-tez eng avval sadoq to‘ri yirtilmasligi kerak, agar buzil- 
ish yuz bersa, darhol teshilgan joy ta’mirlanadi. Suv sifatli bo'lishi uc­
hun sadoq to‘ridagi barcha suvo‘tlaridan tozalanadi. Cho‘tka yordamida 
to‘rlar turli xil qoldiqlardan tozalanadi.
Sadoqdagi baliqlarni boqish
Baliqlarni sadoqlarda boqish jarayoni — ularni o‘sish jarayonida 
oziq moddaga boigan talabini ta ’minlashdan iborat. Oziq moddasi 
baiiq uchun 2 ta fiziologik funksiyani bajaradi. Bulardan biri plastik 
funksiya bo‘lsa, ikkinchisi energetik funksiyadir. Sadoqqa segoletka- 
lar tig‘iz o'tkazilsa, mahsuldorlik 100 kg/m3 dan yuqori bo‘lsa, unda 
baliqlar faqat sun’iy omuxta yem bilan boqiladi. Bunday holatda tabiiy 
ozuqaning ahamiyati unchalik yuqori bo'lmaydi. Balanslashgan ozuqa 
beriladi, ya’ni yuqori sifatli protein 47% ni tashkil qilishi kerak. Bar­
cha vitaminlarga boy, yog‘, uglevod va mikroelementlarga boy bo‘lishi 
kerak. Shunda sadoqni o‘g‘itlashga ham hojat qolmaydi.
Issiqsevar baliqlar (kanal laqqasi, karp, buffalo, do‘ngpeshana) sa­
doq sharoitida boqilsa proteinga boy 32% dan kam bo‘lmagan omuxta 
yem beriladi. Boshqa laqqa oddiy laqqaga 36% li omuxta yem beri­
ladi.
217


51-rasm. Xo'jalikning o'zida omuxta yem tayyorlash usullari
Sovuqsevarbaliqlar uchun (forel, osyotr) 40—42% dan kamboMmagan 
proteinli omuxta yem beriladi. Chavoqlar, segoletkalar uchun 50% li 
proteinli omuxta yem beriladi.
Baliqlarni oziqlantirganda granulalarning razmeriga e’tibor beriladi. 
Granula razmeri baliqning katta-kichikligiga qarab beriladi. Sadoqda 
jadal usulda baliq boqishda ozuqa sarfi, baliq boqish texnologiyasi yuqori 
darajali bo‘lib, baliq tannarxining 50—70% ni tashkil qilishi kerak.
Baliq berilgan ozuqani iloji boricha 100% iste’mol qilishiga erishish 
kerak. Qimmatbaho omuxta yem nobud bo'lmasligi lozim. Ortiqcha 
ovqat berish baliq tannarxini oshiradi. Yeyilmagan ozuqa qoldig'i suv 
sifatini buzadi, suv ifloslanadi. Ayniqsa, suv ammonit va nitrit ion- 
lari bilan to'yinadi. Agarda beriladigan ozuqa yetarli bo'lmasa, baliqlar 
o'sishdan qoladi. Eng avvalo sanoat tarzida tayyorlanadigan omuxta 
yem sifatini bilish va undan qanday foydalanishni bilish kerak. Yem 
yetishtirishning qaysi turi boMmasin u albatta to‘la qimmatli ratsion 
bo'lishi kerak. Sanoat tarzida tayyorlanadigan yemlar ancha qimmat, 
ammo baliqlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Chunki tarkibi ba- 
lanslashgan bo'ladi. Yem bar bir baliq turiga qarab hamda baliqning 
turli xil katta-kichikligiga qarab tayyorlanadi. Sanoat tarzida tayyorlan- 
gan yemlar (yaxshi tayyorlangan bo‘lsa)ning ozuqa koeffitsienti ancha
218


past bo‘ladi (1,0—1,5 ga teng). Aynan 1970-yillarda respublikada bunday 
yemlarni ishlab chiqarish jadal texnologiyada baliq yetishtirish uchun 
sharoit yaratildi, shu jumladan sadoqda baliq yetishtirish ham.
Baliqshunos shuni ham esdan chiqarmasligi kerak: omuxta yemlar- 
ning muddati 3 oy, so’ngra u o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va oksidla- 
nadi. Zamburug1 ko’payishi xavfi bor, bunday yemni baliq ishtaha bilan 
yemaydi. Yem saqlaydigan joy gigiyena-sanitariya qoidalariga to‘g‘ri 
kelishi kerak. Agarda baliqshunos ozuqani o‘zi tayyorlamagan bo‘lsa, 
uning uchun quyidagi jihozlar zarur: donni maydalash, turli xil ke- 
rakli (mol qoldiqlari, vitamin, mineral tuzlar) mahsulotlar qo’shiladi, 
so‘ngra xamir qilib myasorubkalardan moslashtirib o'tkaziladi, keyin 
quritiladi. Yem tayyorlash texnologiyasi 51-rasmda ko’rsatilgan. Asosan 
yem tarkibining sifatiga e’tibor berish lozim. Omuxta yem asosan don 
hisoblanadi (bug‘doy, makka, arpa, tariq, mosh, loviya, soya). Bunday 
tarkibga ega bo'lgan yemning ozuqa koeffitsienti 5 ga teng boladi. Ya’ni 
1 kg baliq mahsuloti yetishtirish uchun 5 kg yem sarflanadi.
Hamma vaqt beriladigan yem miqdori va suv haroratini qayd qilib 
borish kerak. Bu esa ozuqa koeffitsientini aniqlash uchun zarur. Ozuqa 
koeffitsienti 1 kg baliq mahsuloti olish uchun sarflangan yem miqdori, 
qanchalik ozuqa koeffitsienti kichik bo‘lsa, shu kichik ozuqa yaxshi va 
baliq yetishtirish madaniyati ham yuqori ekanligidan dalolat beradi.
К = Q (kg)/DW kg,
bu yerdci:
К — ozuqa koeffitsienti; Q — vegetatsiya (210 kun) davomida 
berilgan ozuqa miqdori; DW — vegetatsiya davomida baliq massasining 
ortganligi, masalan, segoletka og'irligi 35 g edi, oktabr oyida uning 
og’irligi 1000 g bo’ladi. Baliq mahsuldorligi quyidagicha bo‘ladi:
1000 g - 35 g = 965 g.
Sadoqda baliqlarni oziqlantirish usuliga katta e’tibor berish lozim. 
Sadoqdagi baliqlarni oziqlantirishning optimal varianti bu suv harorati- 
ga, hamda sadoqdagi baliq massasiga ham bog‘liq, shuning uchun har 
10 kunda 1 marotaba nazorat ovi o’tkaziladi va shunga qarab sutkalik 
ozuqa ratsioni tuziladi. Bir kunlik ozuqa normasi o'lchab olinadi. Baliq 
suv harorati 26—28°C, suvdagi erigan kislorod 60—80 % bo’lganda yax­
shi ovqatlanadi. Suvda kislorod soat 11—12()0 dan to 1800 gacha yaxshi 
bo‘ladi. Issiqsevar baliqlar (karp) sutkaning issiq vaqtida yaxshi oziqla- 
nadi, bahorda kunning o‘rtasida, yozda esa ertalab soat 10—11 larda, 
baliqlarni oziqlantirish vaqti hamma vaqt bir xil muddatda bo’lsa, ular- 
da shu vaqtga nisbatan shartli refleks hosil bo‘ladi.
219


Sutkalik normani ma’lum vaqt orasida bo‘lib berish boqishning 
mineral ko'rsatkichini aniqlab, har 6 soat oralig'ida ovqatlantirish ke- 
rak, suv yuzida suzib turuvchi ozuqaning effekti yaxshi. Cho‘kadigan 
ozuqani baliq olishga ulgurmaydi, uning bir qismi 30—50 % cho‘kmaga 
tushadi. Bular sadoq to'ri orqali suv tubiga tushadi. Natijada nobud- 
garchilikka yo‘l qo‘yiladi. Ozuqani baliq yeyishiga qarab kam-kam har 
30 minutda bersa ham bo‘ladi. Agar baliq yemasa unda oziqlantirish 
to’xtatiladi.
Sadoqlarda boqiladigan baliqlar berilgan ozuqani 15—30 minutda 
yeb qo‘yadi. Ayniqsa, ipak qurti g‘umbagini tezda yeb qo‘yadi. Sadoqda 
baliqning faol oziqlanishi sog‘lom hayot tarzidan dalolat beradi. Ko'z 
bilan kuzatish zarur. Sadoqda ham ozuqa uchun maxsus moslama osh- 
xona tayyorlash ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki yem nobud 
bo'lmaydi. Buning uchun quyidagilar zarur:
1. Baliqlar sadoqdagi ovqatlanadigan (oshxona) joyiga odatlanishi 
kerak.
2. Ovqatlanadigan joy (oshxona) hamma vaqt yem bilan to‘la bo‘lishi 
kerak.
3. Baliqlarni ovqatlanishi jarayoniga e’tibor berib kuzatib borish 
kerak.
4. Baliq ovqatlanadigan moslamani (oshxonani) baliqshunosning 
o‘zi to‘ldirib turishi kerak.
5. Sadoqdagi baliqlarni eng kamida haftada 6 marotaba boqish ke­
rak.
6. Baliqlarning o‘sishiga qarab beriladigan ozuqa normasi ko‘paytirib 
boriladi.
7. Sadoqda suv harorati 8—10°C bo'lganda hamma suv harorati 35°C 
dan oshganda baliqlarni oziqlantirish to‘xtatiladi.

Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish