Sadoqdagi baliqlarni oziqlantirish miqdori (dozasi)
Ozuqa miqdorini baliq og‘irligiga qarab sutka davomida foiz hisobi-
da hisoblanadi. Ozuqa miqdoriga o'zgarishlar kiritishda suv haroratiga
qarab va baliq katta-kichikligiga e’tibor beriladi. Segoletka stadiyasi-
gacha bo‘lgan baliqlarni tana biomassasining 5—10 foizi hisobida beri
ladi. Agarda baliqcha og'irligi 15 g bo‘lsa uning sutkalik normasi 1,5 g
ni tashkil qiladi. Segoletkalar o‘sib 300—400 g bo'Iganda, ozuqa miq
dori 3 foizgacha kamaytiriladi. Bunday paytda 400 g keladigan baliq
ning sutkalik normasi 12 g ni tashkil qiladi. Qoidaga muvofiq sutkalik
ozuqa normasi nazorat ovidan (10 kundan keyin) keyin belgilanadi.
2 2 0
52-jadval
Sadoqlarda boqiladigan baliqlarning sutkalik normasi (karp misolida)
Baliqning o‘rtacha indi
vidual massasi, g
Tana massasiga nisbatan
foiz hisobida
Ozuqa normasi
15
10
1,5
20
8,0
1,6
30
6,0
1,8
110
4,0
4,4
250
3,0
7,5
350
3,0
10,5
450
3,0
13,5
500-600
2,0
12,0
Sadoq baliqlarini ovlash. Marketing xizmati
Nazorat ovi vaqtida, sadoq yordamida baliq ovlanadi, sababi kon-
sentratsiya yuqori bo‘ladi. Eng yaxshisi baliq oziqlantirilgandan so‘ng
baliqlarni sadoq bilan ovlash tavsiya etiladi. Ko‘pincha sadoqlarda
baliqlarning bir qismini ovlashga to‘g‘ri keladi (baliqlarni o'tkazish
uchun, yoki to‘liq ovlashda). Sadoqlarni to'liq suvdan oladilar va ba-
liqlar butun turi bilan olinadi. Kichik sadoqlar bo‘shatiladi. Sadoqda
baliq boqish yoki baliqchilik bilan shug‘ullanishdan asosiy maqsad
daromad qilish. Baliqchilikning bosh omili marketing hisoblanadi.
Har bir fermer eng avvalo o‘z bozorini, baliq savdosini o'rganib,
so‘ngra baliqlashtiradi. Marketing strategiyasi yetishtirilgan baliq miq-
doriga va uni sotish bilan bog‘liq. Iste’molchilarga tirik yoki muzlatil-
gan holatda tolg‘ridan to'g'ri realizatsiya qilinadi.
Baliq iste’molchiga quyidagi shaklda sotiladi:
a) tashkilotlarga (bog‘cha, maktab) tirik baliq sotish;
b) hovuzlarni baliqlashtirish uchun bir yozli segoletkalarni sotish;
d) toza baliqlarni mahalliy tashkilotlarga sotish;
e) toza baliqlarni yoki tirik baliqni oshxona, restoranlarga sotish.
Sadoq baliqchiligida quyidagi tovarlar narxini bilish:
a) sadoq narxi yoki tayyorlash uchun material narxi;
b) sadoqqa o‘tkaziladigan baliqchalar tannarxi;
d) ozuqa (yem ) narxi;
e) sadoqlarni jihozlash (aerator, baliqchilik inventor turlari);
f) medikamentlar va ximikatlar narxi;
g) yer, suv, elektr va gaz uchun sarflar.
221
Sadoqda baliq boqish sarf-xarajatlarini bilish va qancha baliq
yetishtirish bo'yicha rejalar asosida baliq boqish bo'yicha biznes-reja
tuziladi.
Baliqchilikka oid tuzilgan reja tavakkalchilikka asoslangan bo‘ladi.
Chunki baliqchilikning o‘zi tavakkalchilikka asoslangan: ob-havo, suv
tanqisligi, baliq kasalligi, bozorda kasodga uchrab qolish kabi kutil-
magan holatlar ham bolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |