tabiiy ko‘llar, kanallar va zovurlardir. Yuqorida nomlari aytilgan tabiiy
suvliklardan sun’iy ravishda baliqchilikni tashkil qilish mumkin. Dun-
yo miqyosida dengizlarda va ularning qulay joylarida sadoqlar o'rnatib
baliq yetishtirilmoqda. Sadoqlarda baliqchalarni 35—50
gacha yetkazib
so‘ngra dengizga qo'yib yuborib dengiz baliq mahsulotini boyitmoqdalar.
O'zbekiston xuddi butun Orol dengizi singari mo'tadil hududningjanu-
bida joylashgan. Bu yerda iqlimning mavsumiyligi, nihoyatda issiq yoz
(o'rtacha havoning oylik harorati +27°C, kunduzgi +35°C dan oshadi) va
yetarli darajada sovuq qish (havoning o'rtacha liarorati yanvarda -2°C,
tekislik hududidagi ko‘pchilik suvliklar muzlashda davom etadi, muzlash
muddati 1,0-1,5 oy). Havzaning sharqiy qismi yuqori cho'qqili tog'lar,
muzliklar,
qor zaxiralari, ko‘p sonli daryolar, buloqlar, ko'llar va qurilgan
suv omborlari mavjud. Tekislikda bor-yo‘g‘i 4 ta katta daryo oqadi (bu-
lardan 2 tasi quriydi). Bu daryolarning yaxshi o‘zanlar sistemasi, ko'llar
hamda yaxshi rivojlangan irrigatsion kanallar, drenaj va omborlari bor.
Hududning Janubi-G‘arbiy Qizilqum cho‘llarida ko'p sonli ko'llar
joylashgan. Bu ko'llarda 1980—1990-yillarda ekstensiv va to‘la bo‘lmagan
intensiv baliqchilik xo'jaliklari tashkil qilinib,
baliq ovlanib kelinayot-
gan edi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-
avgustdagi 350-qaroriga asosan bu tabiiy suvliklar davlat tasarrufidan
chiqarib, MCHJ baliqchilik xo'jaliklari tashkil qilindi. Planli iqtisoddan
bozor iqtisodi munosabatiga o‘tishi bilan akvakultura va baliqchilikni
rivojlantirish uchun foydalanib kelinmoqda. Tabiiy suvliklarda baliqchi
likni tashkil qilish uchun alternativ sifatida sadoqlar,
asosiy obyekt hi-
soblanadi. Respublikaning Janubiy va Sharqiy qismlarida tog‘ va tog'oldi
hududlar mavjud bo'lib, forel boqish uchun imkoniyatlar bor. Bu yerlarda
pelyad boqilsa ham bo'ladi. Forel yetishtirish uchun suvlikning o'rtacha
oylik harorati (eng yaxshisi o'rtacha o'n kunlik ) +20°C dan oshmasli-
gidir, ba’zan qisqa muddatli 23°C gacha bo'lishi mumkin. Sovuq suvli
baliqchilikni tashkil qilish uchun imkoniyat ko'p, hamda respublikaning
seraholi qismida sharoitlar qulay. O'zbekiston
sharoitida Andijon, Na
mangan, Farg'ona, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
tog'li hududlari va tog' oldi hududlaridagi irrigatsion kanallar va daryo
qo'mitalarida forel boqish uchun sharoitlar bor. Samarqand,
Jizzax va
hattoki Navoiy viloyatining tog'li va tog'oldi hududlarida ham forel bo
qilsa bo'ladi.
Respublikaning shimoliy-g'arbida katta maydondagi tekisliklarda
tashlandiq suvlardan hosil bo'lgan ko'llar mavjud. Bunday tabiiy ko'llar
faqat Buxoro viloyatida 101—112 ming/ ga maydonni tashkil qiladi, suv
2 0 4
zaxirasi esa 5—6 milliard m 3, suvning sho‘r!ik darajasi 4—5
%
dan to
20—25 % gacha. Tabiiy suvliklardan boshqa yana 50—100 gektarlik ba-
liqchilik hovuzlari tashkil qilingan, umumiy maydoni 135—1500,
Bunday tabiiy va sun’iy suvliklarda sadoqlar qurib issiqsevarbaliqlar-
ni boqsa bo‘ladi.
Ayniqsa karp, buffalo, kanal laqqasi, sudak ilon baliq
va boshqa baliqlar tez o'sadi. Sadoqlarda ham asosan baliq segoletkalari
boqiladi, birinchi yozda baliq chavoqlari segoletka stadiyasigacha may-
da
basseynlarda boqiladi, so‘ngra qishlash hovuzlariga oLtkaziladi. Ik-
kinchi yozda segoletkalar tayyorlangan sadoqlarga ko'chiriladi. Og‘irligi
35—40 g keladigan segoletkalar 5—6 oy to tovar razmeriga kelguncha
sadoqlarda boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: