IX bo‘lim. TIRIK BALIQ TASHISH
Ko‘pchilik baliqchilik xo'jaliklarining o'z ehtiyojlarini qondirish
uchuninkubatsionsexlaribo‘lmaganligisababliularboshqaxo‘jaliklardan
mayda (chavoq, malki, molod, segoletkalar) baliqchalarni sotib olib o'z
xo'jaliklariga olib kelishlari kerak. Masalan, To'liq sistemali baliqchi
lik xo‘jaliklari Toshkent, Xorazm kabi viloyatlarda yaxshi tashkil qi-
lingan. Navoiy viloyati To'dako'l hududidagi «Shams» xo'jaligi
hozirgi
zamon talabiga javob beradigan sexlarga ega. «Buxoro baliq» hissadorlik
jamiyatiga tegishli inkubatsion sexlari bor. Ammo olingan baliqlarni
o'z joylariga yetkazish ancha muammo tug'diradi. Har bir baliqchilik
xo'jaligi rahbari baliq tashish texnologiyasi bilan tanishishi lozim va
unga amal qilishi kerak.
Keyingi yillarda baliq yetishtirishni o'z oldilariga maqsad qilib
qo'ygan xo'jaliklar o'z hududlarida iloji
boricha miniinkubatsion sex
tashkil qilishlari zarur. Agarda xo'jalikning inkubatsion sexi boim asa,
boshqa xo'jaliklardan baliq chavoqlari yoki segoletkalarini olib kelishga
majbur bo'ladi. Iloji boricha baliqlashtirish uchun olinadigan baliqlar
baliq tutgichlar (рыбоуловитель) dan baliqlarni tutish maqsadga mu-
vofiq. Balchiqlashgan suvliklardan baliqchalarni olmaslik kerak.
Chunki
balchiq yoki loyqa suv baliqchalarning, ayniqsa do'ngpeshana jabrasini
ishdan chiqaradi.
Baliq yetishtirishda xo'jalikning ichki
hovuzlarida baliq tashishga
to'g'ri keladi. Masalan, sexdan chiqqan chavoqlarni qishlash hovuzlari-
dan o'stirish hovuzlariga tashishga, o'stirish hovuzlaridan qishlash ho-
vuzlariga yoki tabiiy suv hovuzlariga tashiladi. Ayniqsa, qishloq xo'jaligi
baliqchiligida segoletkalarni baliq pitomniklaridan yoki to'liq sistemali
baliq xo'jaliklaridan tashish, nagul hovuzlarga tashish rcmont paytida
yosh baliqlarni tashish yoki bir xo'jalikdan boshqa xo'jalikka baliq ta
shishga to'g'ri keladi. Umuman xo'jalikda baliq tashish asosiy o'rin egal-
laydi va tovar baliqni tirik holda iste’molchiga yetkazish lozim bo'ladi.
Tirik baliqni tashishda eng asosan veterinariya-sanitariya qoidalariga
rioya qilish talab qilinadi. Bunday talablar yosh
baliqlar orasida kasal-
liklar tarqamasligi va baliqlarni nobud qilmasdan manzilga tirik holda
tashishdan iborat. Baliqlarni baliq yetishtiruvchi xo'jaliklardan kasal
baliqlarni tashish (krasnuxa, branxiomikoz va boshqalar) xo'jalikdan
boshqa xo'jalikka tirik baliqni transportirovka qilishda albatta veterinar
mutaxassisning ma’lumotnomasi bo'lishi shart. Xo'jalikning o'z hududi
uchun veterinariya mutaxassislarining bunday sanksiyasi kerak emas.
252
Lekin tirik baliqlarni ko‘chirishda ularga profilaktik ishlov berish niho-
yatda zarur. 62-rasmda hovuzdan baliq tutish moslamalari ko‘rsatilgan.
62-rasm. Turli xil yoshdagi baliqtutgichlar:
a — baliq chavoqlari uchun; b — bir yozgi
baliqlar uchun; d — bir yashar
baliqlar uchun.
Tashilayotgan baliq sogiom, harakatchan boiishi kerak. Talab
darajasida bo‘lmagan baliqlar (kasal, kam harakat, oriq) ajratib olinadi
va transportirovka qilinmaydi. Balchiqdan bredenlar bilan olib trans-
portirovka qiladigan baliqlarni ham ko‘chirish mumkin emas. Chunki
bu baliqlarning jabrasi balchiqqa to‘lgan bo‘lib, tezda nobud boiadi.
Ayniqsa, oq va chipor do‘ngpeshana. Asosan hovuzning baliq ovlagich
joyi bo‘lib oqar suvga yaxshilab yuvib so‘ngra veterinar mutaxassis
ishonchnoma bergandan so‘ng, baliqlar transportirovka qilinishi kerak.
Tashiladigan tirik baliqlarga albatta 5 % tuz eritmasi bilan ishlov beri-
lishi kerak. Bu ishlarni asosan bosh baliqshunos amalga oshiradi. Tirik
baliq tashish nihoyatda mas’uliyatli ish, agarda baliq tashish qoidalari-
ga rioya qilinmasa o‘zboshimchalikga yo‘l qo‘yilsa
veterinar ishonch-
nomasisiz, ish bajarilsa baliqlarning ko‘pi nobud boiadi. Ko‘pchilik
o‘stirish hovuzlarida maxsus baliq ovlash moslamalari yo‘q. Hovuz suvi
chiqarilib, suv balchiqqa aylangan va loyqa yoki balchiqdan breden bi
lan segoletkalar olinib ko‘chiriladi. Balchiqdan olingan segoletkalarning
yashab ketishi nihoyatda qiyin. Tirik baliq tashiydigan transport talabga
javob bermaydi. Aeratsiya mexanizmlari yo‘q. Inkubatsion sexlardan
tabiiy suvliklar orasidagi masofa 120—200 km uzoqlikda joylashgan.
Shuning uchun ham tashiladigan baliqlar nihoyatda toza bo‘lgan suv-
likdan ovlanishi ma’qul. Bredenlar yordamida baliq ovlanganda ular-
ning tanasi, suzgich qanotlari, tana qoplami jarohatlanishi mumkin.
Bunday baliq segoletkalarini tabiiy hovuzlarga
yetkazib baliqlashtirish-
253
ning samaradorligi past bo'ladi. Masalan, «Buxorobaliq» hissadorlik
jamiyatiga tegishli bo'lgan «Zarafshon» hovuz baliqchilik xo‘jaligidagi
hovuzlarda bunday maxsus baliqtutgichlar qurilmagan. Shuning uchun
ham har bir MCHJ baliqchilik xo‘jaliklarida inkubatsion sex bo‘lishi
zarur (Dengizkohda, Og‘itinada, Devxona, Sho‘rko‘1 suv omborida).
Shundagina tabiiy ko‘llarning baliq mahsuldorligini oshirish imkoniyati
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tabiiy suvliklar har yili baliq segoletkalari
bilan baliqlashtirilmasa baliq mahsuldorligini oshirish mumkin emas.
Qoidaga binoan qancha baliq ovlansa,
shuncha miqdorda koilarni
baliqlashtirish shart. 1840-yilda yashab o‘tgan nemis olimi Libixning
«Qaytarish qonuni»ga rioya qilish ham ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: