68-jadval
Samolyotda brezentli chanalarda baliq tashish normasi
(F.M. Suxoverxova, 1980)
Masofa (km)
Uchish vaqti (C)
Suv va baliq
nisbati
Yuk normasi (kg)
og‘ir!igi bo‘yicha
SUV
baliq
to 100
to 1 soat
1:1,0
90
90
100 dan 200 gacha
1 dan 2 gacha
1:1,5
110
70
200 dan 300 gacha
2 dan 3 gacha
1:2,0
120
60
Uvildiriqlarni va tirik baliqlarni suvsiz transportirovka qilish
Otalangan uvildiriqlarni (ikra) izotermik penoplast plitalarda ta
shish usullari ham mavjud. Penoplastning yaxshi issiqlik izolatsiyasiga
ega bo‘lishi, haroratni bir xilda saqlash xususiyati baliq va uvildiriqlar
ni konteynerlarda tashish imkoniyatini beradi. Konteyner razmerlari
58x51x46 sm bo‘ladi. Tirik otalangan uvildiriqlarni konteynerlarda
famkada 1,5—2 qavat qilib joylashtiriladi.
Ramkalar dasta qilib, joylashtiriladi va ip bilan bogianadi. Bu das-
talar zinapoya shaklida bo'ladi. Zinapoya ustiga muz qo‘yib,
usti max-
sus qopqoq bilan yopiladi. Biinday konteynerlarda karp, forel, buffalo,
sudak, osetyor va sich kabi baliqlarning otalangan ikralari (uvildiriqlar)
tashiladi. Shu usul orqali, MDH mamlakatlaridan turli xil muvofiq
keladigan baliqlarni olib keladilar.
AQSH va Kanada kabi mamlakatlarda losossimonlar uvildiriqlarini
tashishda polistiro plastinkadan tayyorlangan kyuvetkalardan (vannoch-
ka) foydalaniladi. Kyuvetkalarda h o i doka (marli) dan eki salfetkalar
— 6—8
qavatli qilinib, 10 000 gacha uvildiriq joylashtiriladi. Kyuvetkalar
(8 donadan) maxsus karton yoki fanerlardan tayyorlangan yashiklarga
joylashtiriladi. Shu usul bilan VNIPRX dan (Moskva obi.) uvildiriq
yoki tirik chavoqlarni keltirish mumkin.
Baliqning otalangan uvildiriqlari mexanik ta’sirotlarga hamda havo
harorati o'zgarishiga nisbatan ham sezuvchan boiadi. Shuning uchun
ham harorat bir xil boiishi yoki o‘zgarmaydigan boiishi kerak.
Shu payt-
da tashish tavsiya etiladi. Bahor faslida nerestlovchi baliqlar uvildiriqlari-
ning sezuvchanlik darajasini pasayishi harakatchan embrionlik davrida
kuzatiladi. Losossimonlar, siglarning otalangan uvildiriqlarini inku-
batsiyaning boshida yoki inkubatsiya davrining oxirida tashish ma’qul.
Siglarning otalangan uvildiriqlarini tashish muddati otalangan kundan
boshlab yetti kun ichida o'tkazilgani maqsadga muvofiq bo'ladi. Losos-
simonlarning otalangan uvildiriqlarini 2—3 sutka davomida tashiladi.
260
Bu baliqlarning sezuvchanligini oshish
davri ikkinchi marotaba
harakatchan embrionlik davrida kuzatiladi. Bu davr kuz pigmentatsi-
yasi davriga to‘g‘ri keladi. Otalangan ikralarni samolyot, poyezd va av-
totransport vositalarida tashish mumkin.
Tirik baliqni suvsiz holatda transportirovka qilishda atmosfera havosi-
ning namligi yuqori bo'lganda, dyuralumindan tayyorlangan yashiklarda
tashiladi. Yashiklar razmeri 75x10 sm bo‘lib, 400—600
dona bir yoshli
karpsimonlar joylashtiriladi. Bunda baliqlar yaxshilab sug‘oriladi, so‘ngra
ho‘llangan doka bilan usti yopiladi. Yashiklar qavat-qavat qilib joylashti
riladi. Har bir qavat orasiga muz qo‘yiladi. Samolyotlar yordamida aso-
san suvsiz usulda baliq tashiladi. Baliqlarni samolyotga yuklashdan oldin
tirik baliqlarni 5—6 soat toza va kislorodga boy boigan suvda saqlanadi,
maqsad baliq tanasi toza bo‘lishi va jabradagi qoldiqlar suv oqimi bilan
chiqib ketishi, hamda ichaklarning ovqat qoldig‘idan toza bo'lishidir.
Tirik baliqlarni samolyotdan tushirishdan oldin yaxshilab yuviladi,
so'ngra brezentli chanalarga o'tkaziladi yoki
boshqa idishlarga solinadi
va belgilangan xo‘jaliklarga yetkaziladi.
Tirik baliqlarni suvsiz tashishda eng avval baliq yoshi aniqlanadi.
Shu bilan birga uning fiziologik holati, yil fasli va harorat ham hisobga
olinadi. Eng asosiy sharoitlardan biri bu taradagi havo namligi darajasi
hisoblanadi. Suvsiz tashishda, masofa davomiyligini hisobga olish qoi-
dalari quyidagi 69-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: