O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Baliqlarning yuqumli kasalliklari



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Baliqlarning yuqumli kasalliklari
Virusli, bakteriyali, mikozli (zamburug1) va algologik (mikroskopik 
suvo'tlari) qo‘zg‘atuvchilarning tabiati orqali turli xil yuqumli kasal- 
liklar paydo bo‘ladi.
Bakteriya-virusli kasalliklar. 
Karp krasnuxasi (tanani qizilcha bo- 
sish) eng ko'p tarqalgan yuqumli kasallik bo‘lib, baliqchilik xo'jaligi 
iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Bu kasallikning tarqatuvchisi yoki 
qo‘zg‘atuvchisi aniqlanmagan, ammo hovuz baliqchiligi xo'jaligida 
keng tarqalgan. Xususan sadoq usulida boqilganda, karp orasida ko‘p 
uchraydi (Nurek suv ombori, 1980, muallif guvox bo‘lgan). Asosiy sa­
bab sadoqqa tig‘iz o‘tkazishdir.
Krasnuxa yoki qizilchaga beriluvchan baliqlar bu karp va zagoradir. 
Nisbatan kamroq yo‘liqadigan baliqlar karas, oq amur hisoblanadi. 
Barcha yosh baliqlar qizilchaga beriluvchandir. Lekin eng ko‘p yo‘liqish 
yoshi bu ikki va uch yoshdagi zotlardir. Qizilchaning inkubatsion davri 
bizning sharoitda 3 -8 kun. Kasallik o‘tkir va surunkali tus olishi mum­
kin. Belgilari: baliqning butun tanasini qip-qizil yarachalar bosadi. 
Baliqlar kam harakat bo'lib, suzmaydi, ularni bemalol qo‘lga olasiz, 
qochmaydi. Q oiga olgandan keyin qo‘l bilan qorin tomoni bosilganda 
anal teshigidan shilimshiq modda chiqadi.
O 'tkir kasallik formasi, ko'pincha bahor (aprel) va yoz boshlanishi- 
da baliqning (iyun) tana va suzgich qanotlari qizaradi. Tanada shishlar
264


paydo boiadi va tangachalar tushadi, ko‘z puchaklashadi. Baliq ichi 
suyuqlik bilan to‘lgandan keyin baliq ichida suvli astsit-istisko rivojla- 
nadi. Kasallik qizgin va tez tarqaladi (taxminan 2 hafta). Bu muddat 
ichida 80—95 % baliq nobud bo‘ladi.
Qizilchaning xronik (surunkali) yallig'lanishi ko'pincha yozning 
o‘rtalarida kuzatiladi. Kasai boigan baliq tanasida qoramtir-qizg'ish ay- 
lanma pufaklar paydo boiib, to 2 % gacha bitmaydigan yaraga aylanadi. 
Agarda yaralar bitib ketsa ularning o‘rnida chandiq qoladi. Chandiqli 
qizilchada baliqlarning 10—20 % nobud bo‘ladi.
0 ‘tkir surunkali qizilchada vodyanka (istisqo)da baliqda tangacha- 
larning to'kilishi kuzatiladi. Ko'z puchaklashishi va yara bosish kabilar 
bir vaqtning o'zida namoyon boiadi. Bu davrda baliqlarning o iim i 
keskin o'sadi. Kasallik paytida jigar shishadi, taloq, o't pufagi kenga- 
yadi. Jigar rangi yashil boiib, ichakka qo‘yilayotgan o‘t moddasi qorin 
b o 'sh lii a’zolariga quyiladi. Natijada, to'qimalarning rangi sarg‘ayadi- 
sariq-yashil tusda boiadi va ichak trakti yalligianadi. Ichak bo'shlig'ida 
shilimshiq modda va yiring to‘planadi. Tabobat ta’sirida sog'aygan 
karplarda immunitet paydo boiadi. Ikkinchi marotaba kasal boiganda, 
bu karplar kasallikni yengil oikazadi. Epizootiya davrida kasallikka 
yoiiqmaydi. Qizilchaga ancha chidamli boiadi. Bunday immunitet 
hosil qilgan baliqlardan qizilchaga chidamli nasi olishda nasldor zot 
sifatida seleksiyada foydalaniladi.
Agarda baliqlarda qizilchaga xos belgilar aniqlansa darhol o'sha 
baliq izolatsiya qilinadi va qoni analiz qilinadi. Analiz virusologiya, 
bakteriologiya va boshqa belgilarga asoslangan boiadi.
Profilaktika maqsadida kasalliklarni xo'jaliklarda kirib kelmasligi 
uchun ixotaga olinadi. Yangi baliqchilik kompleksini shakllantirish 
uchun boshqa xo'jaliklardan sogiom baliqlar olib kelinadi va sogiom 
baliqlar vaqtinchalik karantinda saqlanadi. Karantin hovuzlarida ba­
liqlar 20—30 kun saqlanadi. Xo‘jaliklarda eng asosan kasal boiib 
sog‘aygan baliqlardan nasldor ota-onalar saqlanadi. Kuchli immunlash- 
gan to'da tayyorlanadi. Xo‘jalik hovuzlarini va baliqlarini profilaktika 
uchun metil ko‘ki (зелёнка) va antibiotiklar bilan ishlov beriladi (van- 
nalarda yoki ozuqa bilan). Bunday ishlov berishlar zelyonka orqali ham 
amalga oshiriladi, 0,5 % zelyonka eritmasida baliqlar yuviladi.
Kasallik paydo boiishi bilan umumiy sanitariya-gigiyena chora- 
tadbirlari (karantin, hovuzlar dezinfeksiyasi-so‘ndirilmagan ohak bilan 
yoki ohakli xlor) amalga oshiriladi. Suv muhiti (pH) to 8,5 gacha yet- 
kaziladi. Hovuzlarni insolyatsiyalash usulidan foydalaniladi (letovanie).
265


Bu usul har 4—5 yilda bir marta amalga oshiriladi. Ov anjomlarni 
(to'rlar, qayiqlar) dezinfeksiyalash kabi chora-tadbirlar amalga oshirila­
di. Bu maqsad uchun (xuddi profilaktika singari) antibiotik va antisep- 
tik (biomitsin va sintomitsin va boshqa antibiotiklar)dan foydalaniladi. 
Bu antibiotiklar yordamida baliqlarga maxsus vannalarda ishlov beri- 
ladi yoki antibiotiklar qorin bo'shlig'iga yuboriladi. Yana bir boshqa- 
cha usul, preparatlarni baliq ozuqasiga qo'shib berish usuli qo‘llaniladi. 
Baliqlarni levomitsinli vannada 5 soat saqlanadi. Bunday profilak- 
tik ishlarni bailor paytida, baliqlarni boshqa hovuzlarga o'tkazishda 
qo'Ilaniladi. Agarda uzoq masofada baliq tashiladigan bo'lsa (150—200 
km) yo‘lda bu eritmaning konsentratsiyasi to 150 mg/1 gacha kamayadi. 
Shutting uchun ham antibiotiklarni vannaga nisbatan baliqni qorniga 
yuborish yaxshi natija beradi. Bulling uchun nasldor va remont uchun 
ajratilgan baliqlarni har bir kg og'irligiga qarib ikki marotaba 20—30 mg 
levomitsin qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi.
Qizilchaga qarshi profilaktik va davolash chorasi sifatida metil kuki 
ishlatiladi. Metil kuki vannaga solinadi va eritma tayyorlanib baliq qo'yib 
yuboriladi (2-4 soatli ishlov berilganda 200 mg\l , 12-16 soatli ish­
lov berilganda — 50 mg\l eritma tayyorlanadi). Bu islilar baliqni trans- 
portirovka qilish paytida amalga oshiriladi. Agarda metil ko'ki kom- 
bikormga qo'shib bermoqchi bo'lsa, segoletkalar uchun norma 1—2 mg/ 
sutka, ikki yashar baliqlar uchun 3,5 mg / sutka hisoblanadi. Agarda 
kombikormga sintomitsin qo'shib beriladigan bo'lsa, segoletkalar uchun 
1—2 mg/sutka, ikki yasharlilar uchun 2—3 mg/sutka norma sifatida beri- 
ladi. Bunday profilaktik choralar 8—10 kun davomida bajariladi.
Baliqlarning mikozli (zamburug'li) kasalliklari
Saprolegnioz bir necha xil zamburug' turlari ta’sirida paydo bo'ladi. 
Zamburug'larning ingichka, shoxlangan griflarining to'planishidan ibo- 
rat. Zamburug'lar o'lgan organizmlarning organik qoldiqlarida (o'lgan 
baliq, baqa, molluskalar, hasharotlar) yasliab rivojlanadi. Zamburug'lar 
o'lgan baliqlarning tana yuzasida oppoq to'rsimon dog'lar hosil qiladi 
va teriga kirib oladi, teri osli klechatkasi va ichki organlarga ham kira- 
di. Saprolegiya asosan kuchsiz, kam harakat, jarohatlangan baliqlarni 
kasailantiradi. Saprolegiya eng avval baliqlarning shikastlangan joyida 
rivojlanadi, otalanmagan va shikastlangan uvildiriqlarda keng tarqala- 
di. Zamburug'lar nafas to'qimalarni islidan chiqaradi, ulardan o'zining 
rivojlanishi uchun kislorodni oladi. So'ngra o'lgan to'qimalar bilan 
oziqlanadi. Ayniqsa, uvildiriqlarda yaxshiroq ko'zga tashlanadi, avvaliga
266


o'lgan uvildiriqlarda griflar rivojlanadi, keyinchalik yonidagi sog'lom 
uvildiriqqa o‘tadi va bular ham kasallikka yo'liqadi. Zamburug'lar o'z 
griflari bilan mayda baliqni o‘rab oladilar. Bu griflar darhol sog'lom, 
yosli baliqqa o'tadi.
Zamburug‘ga qarshi kurashish uchun antiparazitar vannalardan foy- 
dalanish maslahat beriladi. Buning uchun vannada malaxit yashilidan 
liar kuni yoki kun oralab, suvda 2 g preparat 4,5 I suvga 1:200 000 
konsentratsiya tayyorlanib, bu eritmada zamburug1 bilan kasal bo'lgan 
baliq 1 soat davomida saqlanadi. Metil kukida konsentratsiyasi 50 mg\l 
critma tayyorlanib, baliq 12—10 soat saqlanadi. Formalindan ham foy- 
dalaniladi, buning uchun 1:500, 1:1000 va 1:4000 nisbatda eritma tay­
yorlanib baliqlar bu eritmada 15 minut saqlanadi. Vanna usulini ho- 
vuzning o‘zida o‘tkazsa ham bo‘ladi. Preparat eritmasi asta-sekinlik 
bilan normaga yetkaziladi, kerakli konsentratsiya tayyorlanadi. Shu 
vaqtdan boshlab vanna ta’siri kuzatiladi.
Eng yaxshi effekt beradigan profilaktik choralardan baliqlarni yaxshi 
muhit sharoitida boqishdir. Hovuz suvi tozalanib, oigan uvildiriqlarni 
darhol yig'ib olish va baliqlarning jarohatlanishiga yo‘l qo'ymaslik ka- 
sallikni oldini olish uchun xizmat qiladi. Agarda hovuzda kasal baliqlar 
uchrasa, uni olgandan keyin hovuzni so‘ndirilmagan ohak (25 s/ga) yoki 
xlorli ohak (5 s/ga) bilan dezinfeksiya qilish yaxshi chora hisoblanadi.
Branxiomikoz (jabra chirishi). Karplarning barcha yoshida ta’sir 
etib kasallantiradi. Ayniqsa, katta baliqlar (ikki—uch yashar) shu jum- 
ladan, remont va tovar baliqlar kasallanadi. Boshqa tur baliqlar ham 
(kras, peskar, forel) bu kasallikka tez yo'liqadi. Kasalliklarning keng 
tarqalishi suv harorati 22—26°C gacha kutarilganda avj oladi. Demak, 
asosan yozda baliqlar ko'proq bu kasallikka yoMiqadi. Epizootiya davr- 
ida baliqlarning 40 % gacha nobud bo'ladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi 
zamburug' saprofitlar bo'lib, bular suv havzasining tubida yashaydi. 
Sporalar bilan ko'payadi. Spora suv bilan baliq og'ziga o'tadi. So'ngra 
suv jabradan o'tayotganda, undagi spora jabraga yopishib oladi va shu 
yerda qoladi. U jabra parraklarida ko'payadi. Natijada sporalar jabra 
qon tomirlarini ishdan chiqaradi, qon harakatiga to'sqinlik qiladi.
Jabra parraklariga yoki techinkalariga qon kelmaganligi sababli, 
jabralar oqaradi va nobud bo'ladi. Jabralarning nobud bo'lgan joylari mo- 
zaykasimon tus oladi, ola-bula bo'lib qoladi. Kasallikning paydo bo'lishi 
bilan baliqlar ozayadi. Buning asosiy sababi hovuzlar sanitariya hola- 
tining yomonlashuvi hisoblanadi. Sanitariya holatining yomonlashuviga 
sabab, suv qushlarining axlatlari, o'lgan mikroskopik suvo'tlari, yuksak
2 6 7


suv o‘simliklarining qurigan qismlari, ortib qolgan yem va boshqalardir. 
Bunday hovuzlar profilaktikasi asosan hovuzlarning zoogigiyenik 
sharoitini yaxshilashdan iborat. Zoogigiyena holati yaxshi bo‘lgan suv- 
liklarda baliqlar kasai bo'lmaydi. Urnuman hovuzlarni yil bo'yi suv bilan 
qoldirmaslik kerak. Baliqlar olgandan keyin to'liq quritiladi.
Jabra kasalliklardan yana biri branxionekroz hisoblanadi. Bu kasal- 
likka qarshi kurash choralari yozda har 2 haftada suvga so‘ndirilmagan 
ohak solish (150—200 kg/ga) bilan amalga oshiriladi. Epizootiya kucha- 
yib ketsa har kuni so‘ndirilmagan ohak yuqorida belgilangan normada 
suvga solinadi.

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish