96
Huquqshunoslik
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2009-yil 26-
iyunda «O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati
qo‘llanishi taqiqlanadigan
noqulay mehnat sharoitlari
ish lari ro‘yxatini tasdiqlash haqida» Qaror qabul qildi.
Bu qarorda o‘n sakkiz yoshgacha ishlayotganlarning
mehnati qo‘llanishi taqiqlangan noqulay ishlar ro‘yxati
berilgan
1
.
18 yoshga to‘lmagan barcha shaxslar avval tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyingina ishga qabul qilina-
dilar va keyinchalik ular 18 yoshga to‘lgunlariga qadar
har yili tibbiy ko‘rikdan majburiy tarzda o‘tkazib turi-
ladilar. Ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga,
shuningdek dam olish kunlari ishlashga jalb qilish ta-
qiqlanadi.
18 yoshgacha bo‘lgan ishchi va xizmatchilarga har
yilgi ta’til yoz paytida yoki
ularning xohishiga qarab
yilning istalgan vaqtida beriladi va u bir kalendar oyga
teng bo‘ladi. Ular uchun ishlab chiqarish normalari kat-
ta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishlab chiqarish
normalariga asoslanib belgilanadi, lekin bu norma 18
yoshga to‘lmagan shaxslar uchun belgilangan qisqartiril -
gan ish vaqtiga mutanosib ravishda kamaytirilgan bo‘
-
ladi.
Umumiy ta’lim maktablarini, o‘rta
maxsus kasb-hu-
nar ta’limini bitirib chiqqan yoshlarni, shuningdek 15
yoshdan 18 yoshga qadar bo‘lgan boshqa shaxslarni ish-
ga va ishlab chiqarishda kasb-hunar ta’limi olishga qabul
qilish broni korxonalar va tashkilotlar uchun belgilab
qo‘yilishi mumkin.
18 yoshga qadar bo‘lgan xodimlarni ma’muriyat ta
-
shabbusi bilan ishdan bo‘shatishda, ishdan bo‘shatish-
ning umumiy qoidalariga rioya qilishdan tashqari,
voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komis-
1
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 26-son, 2009-
yil, 3-avgust, 115—184-betlar.
97
siyaning roziligi bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Bunda korxo-
naning tugatilishi, shtatining qisqartirilishi, egallab tur-
gan lavozimiga noloyiqligi, ishni ilgari bajarib kelgan
shaxs shu ishga qayta tiklanishi sababli ishdan bo‘sha-
tishga alohida hollardagina yo‘l qo‘yiladi va mazkur xo-
dim albatta boshqa ishga joylashtiriladi.
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan
ishchi va xizmat
-
chilar uchun kuniga 6 soatdan, 15 yoshdan 16 yoshgac-
ha bo‘lgan ishchi va xizmatchilar uchun kuniga 4 so-
atdan ortiq bo‘lmagan ish vaqti muddati belgilangan.
15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchi-
lari kuniga ikki soatdan ortiq, 16 yoshdan 18 yoshgacha
bo‘lgan maktab o‘quvchilari esa kuniga 3 soatdan ortiq
ishlashlari mumkin emas.
Basharti maktab o‘quvchisi ta’til paytida ishlasa, bu
holda uning uchun ham kuniga to‘rt soatdan ortiq
bo‘lmagan ish vaqti belgilanadi.
O‘smirlarga ularning iltimosiga ko‘ra to‘liqsiz ish
haftasi sharoitida moslashuvchan jadval bo‘yicha
ishlash-
ga, shuningdek uyda ishlashga ijozat berilishi mumkin,
bunda o‘quv mashg‘ulotlari tig‘iz kunlarda ishdan xoli
tanaffuslar ham berilishiga yo‘l qo‘yiladi. (Ishni ta’lim
bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslar uchun im-
tiyozlar mehnat qonunchiligida qayta ko‘rib chiqilishi
kerak.)
O‘qib turib ishlayotgan o‘quvchilarga ta’til paytida
ishlangan har oy uchun ikki ish kuni hisobidan beriladi
va ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.
Ish vaqti qisqartirilgan hollarda 18 yoshga to‘lma-
gan xodimlarga ish haqi kunlik ish vaqti to‘liq
bo‘lgan tegishli toifadagi
xodimlarga beriladigan miq-
dorda to‘lanadi. O‘quv yili davomida ham o‘qib, ham
ishlayotgan o‘smirga esa ishlagan vaqtiga mutanosib
ravishda yoki bajargan ishiga qarab ish haqi beriladi.
Ammo bunda korxona, muassasa, tashkilot unga qo‘
-
shimcha haq belgilashga yoki boshqa xil imtiyozlar va
afzalliklar berishga haqlidir.
V b o b. Mehnat huquqi asoslari
4—Huquqshunoslik
98
Huquqshunoslik
O‘qib turib ishlayotgan o‘smir ishdan bo‘shashi haqi-
da uch kun avval ma’muriyatni yozma ravishda ogoh-
lantirgandan keyin ishdan bo‘shashi mumkin. Ma’mu
-
riyat esa ota-onalaridan birining yoki ularning o‘rnini
bosuvchi shaxsning yozma
ravishdagi arizasiga binoan;
basharti ishni davom ettirish ularning sog‘lig‘i uchun
xavfli bo‘lsa, mehnat muhofazasi ustidan nazorat olib
boruvchi organlarning va voyaga yetmaganlar ishlari bi-
lan shug‘ullanuvchi komissiyaning yozma ravishdagi
ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirdagina o‘quvchini ishdan
bo‘shata oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: