O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


  Pul  muomalasi  va  pullarning  aylanishi



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

1.5.  Pul  muomalasi  va  pullarning  aylanishi
Pul  m uom alasi  —  bu  pullarning  m am la k a tn in g   ichki  iqtisodiy 
aylanishi,  tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi,  tovarlar va xizmatlarning 
sotilishiga,  shuningdek,  uy  x o ‘jaligidagi  tovarsiz  to io v la r g a   xizmat 
ko‘rsatadigan naqd pullik va naqd pulsiz shakllardagi harakatidir.  Tovar 
ishlab  chiqarish  pul  m uom alasining  obyektiv  negizi  b o i i b ,   undagi


tovar  olam i  tovarlarning  ikki  turiga:  tovarlarning  o'ziga  va  tovar- 
pullarga  b o iin a d i.  N aqd  pullik  va  naqd  pulsiz  shakllardagi  pullar 
yordam ida tovarlar,  shuningdek,  ssuda va fiktiv kapitallarning m uom a- 
lasi jarayoni  amalga  oshiriladi.
S hunday qilib,  pul muomalasi jarayonlaridan pul  aylanishi tushun- 
chasini  ajratib  olish  mumkin.
Pul  aylanishi  —  naqd  pullik  va  naqd  pulsiz  shakllardagi  pul  belgi- 
larining  uzluksiz  harakat  jarayonidir.  Qiymatning  o 'z id a n   ajralganlik 
hozirgi  pul aylanishining o ‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.  Boshqacha 
aytganda,  hozirgi  pul  aylanishi  metall  pullar  muomalasi  sharoitidagi 
kabi  qiymatli  emas,  chunki  pul  belgisining  qiymati  nom inaldan  ancha 
kam  va  uning  ahamiyati  bo im asligi  mumkin.
Pul  aylanishi  pul  m ab la g ia ri  harakatining  m uayyan  y oilarid an 
tarkib  topadi:
1)  m ab la g ia rn in g   markaziy  bank  bilan  tijorat  banklari  o ‘rtasidagi 
harakati.  Bunday  harakat  pul  m ablagiari  emissiyasi  jarayonlari  va 
tijorat  banklari  m ablag iarin ing   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
bankining majburiy zaxiralash fondiga ko'chirilishi bilan bogiiq . Tijorat 
banklarining kreditlash jarayonlari  munosabati bilan pul mablagiarining 
ko'chirilishini  ham   shunga  kiritish  mumkin;
2)  pul  m ab la g ia rin in g   tijorat  banklari  o ‘rtasidagi  harakati.  Bu 
holda  ushbu  banklarning  mijozlariga  Xizmat  ko'rsatish  bilan  bog iiq 
pul ko'chirishlar yoki tijorat banklarining o ‘zaro kreditlashlari nazarda 
tutiladi;
3)  fïrmalar va  tashkilotlar  o ‘rtasidagi  harakat.  Pul  m ablagiarining 
ushbu  iqtisodiy  subyektlar  o'rtasidagi  harakati  tovarlar  aylanishi  va 
bu nday  tovarlar  aylanishidagi,  shuningdek,  o ‘zaro  talablarni  hisobga 
olishdagi  haq  t o ia s h   jarayonlari  bilan  bogiiq;
4)  banklar,  fïrm alar va  tashkilotlar o ‘rtasidagi  harakat.  Pul  m ab­
l a g ia rin in g   ushbu  subyektlar  o'rtasidagi  harakati  asosan  kreditlash 
va  q arz  m ajburiyatlarini  hisobga  olish  operatsiyalari,  shuningdek, 
pul  m a b la g ia r in i  saqlash  va  ko ‘chirishga  doir  operatsiyalar  bilan 
b o g i i q ;
5) banklar va aholi o ‘rtasidagi  harakat.  Pul  m ablagiari  iste’molchilik 
kreditini berish va pul m ab lagiarin ing  aholining daromadlarini saqlash 
h am da  ko ‘paytirish  maqsadlaridagi harakatiga doir faol jarayon sababli 
k o ‘chiriladi;
6)  fïrmalar,  tashkilotlar va aholi o ‘rtasidagi  harakat.  Pullar haraka­
tining  bu  y o i i   m a b la g ia rn in g   tovar  aylanishi  operatsiyalariga  haq


t o ‘la s h   va  uy   x o ‘jalik la rin in g   x o d im la r   m e h n a t ig a   h a q   toMashi 
m uno sabati  bilan  ko‘chib  yurishidan  iborat  bo'ladi;
7)  banklar  va  moliya  institutlari  o ‘rtasidagi  harakat.  Pul  mablag‘- 
larining  ushbu  iqtisodiy  m unosabatlar  subyektlari  o ‘rtasidagi  harakati 
o ‘zaro kreditlash operatsiyalari  va iqtisodiy foyda olishga yoki  uchinchi 
subyektlarning  muayyan  operatsiyalarini  rasmiylashtirishga  yordam  
beruvchi  boshqa  moliyaviy  harakatlar  doirasida  am alga  oshiriladi;
8)  moliya  institutlari  va  aholi  o'rtasidagi  harakat.  Pul  mablag‘- 
larining  bu  holdagi  harakati  aholining,  o d atda,  o ‘z  darom adlarini 
ko‘paytirish  maqsadida muayyan  moliya operatsiyalarini bajarishi bilan 
bogMiq;
9) jismoniy shaxslar o ‘rtasidagi  harakat.  Pul  mablagMari harakatining 
bu  y o ‘Ii  eng  sezilmaydigan,  lekin  pul  m ablag‘larining  qayta  taqsim - 
lanishi  tizimidagi  eng  m uhim   y o ‘llardan  biri  hisoblanadi,  chunki  u 
mablagMarning  aholi  o ‘rtasida  k o 'c h ib   yurishidan  iborat.  O d atda, 
b und ay  ko‘chib  yurishning  maqsadi  maishiy  masalalarni  hal  etish  va 
o ‘z  oilasi  a ’zolari  farovonligining  muayyan  darajasini  tutib  turishdir.
Pul  mablagMari  harakatining  har  biri  b o ‘yicha  muqobil  harakat 
ham  am alga  oshiriladi.  Boshqacha aytganda,  pullarning aylanishi  ko ‘p 
yo'nalishli  boMadi  va  xo‘jalik  faoliyati  subyektlarini  qam rab  oladi.
T o ‘lov  a y la n ish i  u s h b u   m a m la k a t d a   a m a l  q ila d ig a n   t o ‘lov 
vositalarining  uzluksiz  harakat  qilish jarayonidir.  Boshqacha  aytganda, 
pul  aylanishi deganda toMov vositalarining shaklidan q a t’i  nazar bunday 
barcha  vositalaming  majmui  tushuniladi.  Bevosita  pul  mablag‘larining 
harakati va cheklar, depozit sertifikatlari va veksellaming ko‘chib yurishi 
shunga  kiradi.  Pul  aylanishi  t o ‘lov  aylanishining  bir  qismidir.
Pul  aylanishi  naqd  pullik  va  naqd  pulsiz  shakllardagi  pul  belgila- 
rining  uzluksiz  harakat  qilish jarayonidir.
0 ‘z  navbatida  pul  aylanishi  t o ‘lov  vositalari  m uom alasining  ikki 
shakliga:  pul  muomalasi  (yoki  naqd  pullar  aylanishi)  va  p u l-to ‘lov 
aylanishiga  boMinadi.
Pul  muomalasi  pul  aylanishining  naqd pul  mablagMari  m uom alasi, 
pul belgilarining biryuridik yoki jism oniy shaxslardan boshqa shaxslarga 
doimiy tarzda o ‘tib yurishi bilan bogMiq qismidir.  B oshqacha aytganda, 
bu  iqtisodiy subyektlar o'rtasidagi  m u o m alada  qatnashadigan  bevosita 
naqd  pul  massasidir.  Shu tufayli  pul  m uom alasini  b a ’zan  naqd  pullar­
ning  aylanishi  deb  ham   atashadi.
P u l- to ‘lov aylanishi pul  aylanishining bir qismi  b o ‘lib,  u n d a  pullar 
qanday  shaklda  taqdim   etilganidan  q a t’i  nazar  t o ‘lov  vositasi  sifatida

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish