O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

3 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
33


faoliyat yuritadi.  Boshqacha aytganda,  bunday holda iqtisodiy subyekt- 
lar  o'rtasida  naqd  pullik  va  naqd  pulsiz  shaklda  ayirboshlash  vositasi 
sifatida  am al  qiladigan  pul  mablag'lari  ko‘rib  chiqiladi.
Shuni  hisobga olish  kerakki,  iqtisodiyotda  pul  m uom alasi  um umiy 
pul  aylanishida  kam  qismni  egallashi  kerak,  lekin  u  katta  ahamiyat 
kasb  etadi,  chunki  aholi  darom adlarining  katta  qismining  olinishi  va 
sarflanishiga  xizmat  ko'rsatadi.  Lekin  shunga  qaram asdan,  ishlarning 
bund ay   ahvoli  faqat  Rossiya  iqtisodiyoti  kabi  o ‘tish  yoki  yetarli 
rivojlanm agan  iqtisodiyotlarda  kuzatiladi.  Bu  shu  bilan  bog‘liqki, 
rivojlangan  iqtisodiyotlarda  elektron  pullar  tobora  k o ‘proq  om m a- 
lashgan  bo'ladi.
Bunday  pul  vositalari  mijozlarning  bank  muassasalaridagi  hisob- 
varaqlari  b o ‘yicha faqat texnik uskunalar yordamida  ishlatish  mumkin 
b o ‘lgan  elektron  uzatmalardagi  yozuvlardir.  Bunda  ushbu  yozuvlar 
tabiiy  ravishda  mijozlarning  hisobvaraqlaridagi  naqd  pulsiz  mablag‘lar 
hisoblanadi.  Plastik  karta  va  axborotni  o ‘qish  h am d a  bank  bo'limi 
bilan  aloqa  tizimi  texnik  vositalar  hisoblanadi.  Am alda  tovarlar  va 
xizm atlar  u c h u n   haq  to'lash  vositasi  sifatida  plastik  kartochkalarni 
qabul  qilish va  hisobga olish vositalarining  ham m a joyda ommalashuvi 
iqtisodiyotdagi  naqd  pul  mablagMari  hajmining  kaniayishiga  va  naqd 
pulsiz  aylanish  rolining  yalpi  oshishiga  olib  kelmoqda.
S hunday  qilib,  bank  xizmatlari  bozori  ravnaq  topgan  sharoitda 
bunday holat buziladi va  naqd pullarning aylanishi  asosiy omil  b o im a y  
qoladi.
N a q d   pulsiz  pul  aylanishi  —  banklarda  pul  m ablag‘larini  to ‘lov- 
chilar  va  oluvchilarning  hisobvaraqlari  bo‘yicha  yozuvlar  yordam ida 
yoki  o ‘zaro  talablarni  hisobga  olish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladigan 
pul  aylanishidir.  Shunday  qilib,  naqd  pulsiz  pul  aylanishi  bevosita  pul 
belgisining  b o ‘lmasligini  nazarda  tutadi  va  naqd  pulsiz  hisob-kitob- 
larni  am alga  oshirishga,  mos  ravishda,  naqd  pulsiz  aylanishni  shakl- 
lantirishga  imkon  beradigan  rivojlangan  bank tizimi  amal  qilmay turib 
bunga erishib b o im a y d i.  N a q d  pulsiz hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 
imkoniyati  iqtisodiyotda  naqd  pulsiz  pul  aylanishi  amal  qilishining 
zaruriy  sharti  hisoblanadi.
N a q d   pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  tamoyillari:
1)  u l a r   m ijo zlarg a  m a b la g ‘la rn i  saqlash  va  o ‘tk a z ish   u c h u n  
ochiladigan  bank  hisobvaraqlari  bo'yicha  amalga  oshiriladi;
2)  hisobvaraqlardan  to 'lo v la r  banklar  to m o n id a n   hisobvaraqlar 
egalarining farmoyishi bo'yicha t o ‘lovlarning ular belgilagan  navbatliligi
/


tartibida  va  hisobvaraqdagi  mablagMarning  qoldigM  doirasida  am alga 
oshirilishi  lozim;
3)  banklar  m ijozlarning  s h a rtn o m a li  m un o sab atlarig a  a ra la sh - 
m aydi;
4)  toMovning  shartnom alarda,  M oliya  vazirligi  y o 'riq n o m alarid a 
nazarda  tutilgan  m uddatlar  asosidagi  muddatliligi;
5)  toMovning  t a ’minlanganligi,  t o ‘lovchida  (yoki  uning  kafilida) 
pullarni  oluvchi  oididagi  m ajburiyatlarni  uzish  u c h u n   qoMlanilishi 
m u m k in   likvidli  mablagMarning  mavjudligi.
Shunday  qilib,  naqd  pulsiz  aylanish  toMovning  ushbu  tam oyillari 
va  shartlarining  bajarilishini  n a z a r d a   tu ta d i.  Iste ’m o lc h ila r  b ila n  
s o tu v c h ila r  o ‘rtasida  naqd  pulsiz  h iso b -k ito b n in g   am al  q ilishiga 
ehtiyojning oshib borayotganligini qayd qilish  kerak.  Bu tovar aylanishi 
jaray o n id a  tobora  ko'proq  q o ila n ila y o tg an   naqd  pulsiz  hisob-kitob 
shakllarining  qulayligitii  nisbatan  xavfsizligi  bilan  b o g ‘liqdir.  Y ana 
shunga ham  e ’tiborni  qaratish  kerakki,  naqd pulsiz aylanishning o 'z id a  
h a m   ayrim  o'zgarishlar  yuz  berdi  va  hozirgi  vaqtda  u  nafaqat  bank 
mijozlarining  hisobvaraqlari  b o 'y ic h a   yozuvlardan,  shu  bilan  birga 
bankning  kompyuterdagi  m a ’lum otlar  bazasida  u  yoki  boshqa  hisob- 
varaqdagi  holatga  tegishli  yozuvlardan  ham   iborat.  Bunday  evolutsiya 
naqd  pulsiz  aylanish  shakli  sifatidagi  elektron  pul  vositalarining  keng 
qoMlanilishi  bilan  bogMiq.  B unday  holda  pullar  aynan  maMumotlar 
bazasidan  iborat  boMib,  unga  faqat  texnik  vositalar  yordam ida  kirib 
olisli  mumkin.  N aqd  pulsiz aylanish  hozirgi vaqtda  nafaqat  korxonalar, 
shu bilan birga uy xo'jaliklari va davlatlarni ham  qam rab olgan.  Shunday 
qilib,  avtish  mumkinki,  naqd  pulsiz aylanish  iqtisodiy m unosabatlarning 
h a r qanday subyektining  pul  aylanishiga  nisbatan  yetakchi  pozitsiyani 
egallaydi.
N a q d   pulsiz  aylanishning  toMaroq  faoliyat  yuritishi  va  rivojlanishi 
u c h u n   quyidagi  shartlarga  rioya  etish  zarur:
1)  ushbu operatsiyaning legitimliligi xususidagi q onuniy kafolatlar- 
ning  mavjudligi;
2)  pul  mablagMarini tez va xavfsiz o ‘tkazishga  zaruriyatning boMishi 
(ya’ni,  tovar  m unosabatlarning  yetarli  rivojlanganligi);
3)  rivojlangan bank tizim ining  m avjud  boMishi  (b an k la r filiallari, 
boM im lari  va  u lar  o 'r ta s id a g i  vak illik   m u n o s a b a t la r in i n g   m a v ­
ju d lig i);
4)  xo'jalik subyektlarining o ‘z  qarorlarini  erkin  qabul  qilishi  im ko- 
niyati.


Shunday  qüib,  naqd  pulsiz  pul  aylanishi  iqtisodiyotning  m uayyan 
rivojlanish  darajasiga  erishganligidan  dalolat  beradi  va yanada  ravnaq 
topish  uchun  q o ‘shim cha  imkoniyatlarni  taqdim   etadi.
Davlatning  pul  aylanishiga  k o ‘plab  omillar  ta ’sir  ko ‘rsatadi.  Pul 
aylanishi  tuzilmasi  turli  belgilar  b o ‘yicha  belgilanadi:
1)  unda  pullarning  faoliyat  yuritishi  shakliga  qarab.  Ushbu  belgiga 
qarab  naqd  pulsiz  va  naqd  pullik  pul  aylanishini  ajratish  m um kin, 
chunki  barcha  pul  belgilari  u  yoki  boshqa  shaklga  ega  bo'ladi;
2)  ushbu  pul  aylanishi  xizmat  k o ‘rsatadigan  m unosabatlar  tusiga 
qarab.  Bu  yerda  pul-hisob-kitob  aylanishi,  pul-kredit  aylanishi,  pul- 
moliya  aylanishi  ajratib  k o‘rsatiladi;
3)  pul  m ablag'larining  harakati  yuz  beradigan  subyektlarga  qarab. 
U shbu  tasnif  bo'yicha  quyidagilar  ajratib  ko'rsatiladi:  pul  m ablag1- 
larining  yuridik  shaxslar  o ‘rtasida  banklararo,  banklarda  aylanishi, 
yuridik  va  jism o n iy   shaxslar  o'rtasidagi  aylanish  va,  nih o y at,  pul 
mablag‘larining  faqat jism oniy  shaxslar  o ‘rtasidagi  aylanishi.
Shunga  mos  ravishda,  iqtisodiyotda  q o ‘llaniladigan  pul  aylanishi 
hajmiga  t a ’sir  qiladigan  om illarning  muayyan  guruhini  ham   ajratish 
mumkin.  Barcha omillarni siyosiy,  iqtisodiy va texnik omillarga ajratish 
mumkin.  Tabiiyki,  pul aylanishi  tuzilmasini shakllantirishning  iqtisodiy 
om illari  asosiy  aham iyatga  va  bevosita  t a ’sir  kuchiga  ega  bo'ladi. 
Bunday  o m illarga  iq tiso d iy o td a  ishlatiladigan  pullar  tu rla ri,  pul 
m uom alasi  tezligi,  tovar  aylanishi  m iqdori  va  shu  kabilar  kiradi. 
B ino barin,  m avjud  pul  aylanishi  m iqdorlarini  vujudga  keladigan 
ehtiyojlarga  muvofiq  o ‘zgartirishga  yoki  pul  aylanishining  mavjud 
hajmlarini  tovar  aylanishining  real  ehtiyojlariga  muvofiqlashtirishga 
faqat  iqtisodiy  uslublar  vositasida  pul  aylanishi  hajmiga  t a ’sir  k o ‘rsa- 
tadigan  ushbu  om illar  orqali  t a ’sir  qilish  mumkin.
Iqtisodiyotda  faoliyat  yuritadigan,  faqat  hukum atning  ehtiyojlari 
bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  va  iqtisodiyotning  ehtiyojlaridan  mustaqil  pul 
m ablag‘lari  m iqdoridagi  o ‘zgarishlar  siyosiy  omillar  hisoblanadi.
Texnik  om illar  pul  aylanishi  tuzilishi  va  hajmiga  faqat  bilvosita 
t a ’sir k o ‘rsatadi,  lekin  shunga  qaram asdan,  ularni hisobga  olish zarur. 
Bunday  omillarga  u  yoki  boshqa  hisob-kitobni  o'tkazish  u ch u n   talab 
etiladigan  vaqtni  kam ay tirish  yoki  h isob-kitobning  o ‘zini  amalga 
oshirishga im kon beradigan  hisob-kitoblarning texnik vositalari kiradi. 
M asalan,  bank  plastik  kartalariga  xizmat  k o ‘rsatuvchi  texnik  vosita- 
larning  keng  om m alashganligi  aholi  o ‘rtasida  ushbu  to ‘lov  vosita- 
sining  om m alashuviga  va,  binobarin,  naqd  pulsiz  pul  m ablag‘larining


q o ‘llanilishining  oshishiga  olib  keladi.  N a q d   pulsiz  pul  m ablag'lari 
q o ‘llanilishi  chastotasining  ko ‘payishi  pul  m uom alasining  u m u m iy  
tarkibida  naqd  pullam ing  kamayishiga  va  davlatning  pul  aylanishini 
tartibga  solish  asosiy  uslublarining  o'zgarishiga  olib  keladi.
Pul  m uom alasining  tezligi  pul  aylanishining  m uhim   tavsifnom asi 
hisoblanadi.  Bu shu bilan bog'liqki,  muayyan vaqt davomida  (m asalan, 
yil  davomida)  h ar  bir  pul  birligi  aylanishining  soni  q anchalik  k o ‘p 
b o ‘lsa,  iqtisodiyotning  normal  faoliyat  yuritishi  u c h u n   zaru r  b o ‘lgan 
pul mablag‘larining miqdori shunchalik kam bo ‘ladi. Amalda pul  massasi 
muomalasining  tezligi  darom ad  m uom alasining  tezligini  k o 'rsatad i.
Tijorat  banki  o ‘z  mijozlariga  turli  xildagi  xizmatlarni  ko'rsatadi. 
Lekin  baribir,  agar  har  qanday  tijorat  banki  o ‘z  mijoziga  o c h m o q c h i 
b o ‘lgan  aniq hisobvaraqlar haqida gapiriladigan  b o ‘lsa, u n d a  v ariantlar 
ro ‘yxati  keskin  kam ayadi.  Barcha  bank  hisobvaraqlari  b e sh   tipga: 
m uddatli  yoki  depozitlar,  talab  qilib  o lin ad ig an   h iso b v a ra q la r  va 
yuridik shaxslarning  maxsus  tijorat  hisobvaraqlariga b o ‘linadi.  Yuridik 
shaxslarning  m axsus  tijorat  hisobvaraqlari  talab  qilib  o lin a d ig a n  
hisobvaraqlar shaklida va ushbu hisobvaraq b o ‘yicha hisob-kitoblarning 
maxsus shartlariga ega hisobvaraq shaklida ham  b o ‘lishi  m um kin.  Lekin 
baribir,  hisobvaraqlarning  asosiy  ko ‘pchiligi  depozitlar yoki  talab  qilib 
olinadigan  hisobvaraqlardan  iborat.
Mazkur bankda  aniq  m u d d at  davomida,  m uayyan  foiz  bitan  tutib 
tu rila d ig a n   va  u sh b u   h iso bv araqd ag i  m a b la g ‘la rd a n   f o y d a la n is h  
yuzasidan  c h e k la n ish la r  am al  q iladigan  hiso b v a ra q la r  d e p o z itla r  
deyiladi.  Odatda,  ushbu  hisobvaraqning  bankda  saqlanishi  yuzasidan 
taxm in  qilinayotgan  m uddatga  qarab  bu  o m o n a t  turi  b o ‘y ich a  foizli 
stavka  miqdori  belgilanadi.  Biroq  a m a ld a   h am ish a  h a m   s h u n d a y  
b o ‘lavermaydi.  K o ‘pincha banklar m uddatga  m utanosib  ravishda oshib 
boradigan  foizlarni  belgilashadi.  Shu n d ay   qilib,  o m o n a tla r   turlari 
orasidagi  tafovut  y o ‘qoladi,  chunki  mijoz  ayni  b ir  xildagi  m u d d a t 
uchun  foiz  sifatida  bir  xil  miqdordagi  darom adni  oladi.  T alab   qilib 
olinadigan  hisobvaraqlar  bilan  depozitlar  orasidagi  farqning  m a ’nosi 
ushbu  hisobvaraqda  q o ‘yilgan  pul  m ablag‘laridan  foydalanish  im k o - 
niyatidan  iboratdir.
Talab  qilib  olinadigan  hisobvaraqlar  am ald a  hech  qan d ay   foyda 
keltirmaydi,  lekin bankdan  har qanday vaqtda u shbu pul  mablagMarini 
talab  qilib  olish  imkoniyatini  beradi.  O datda,  barcha  plastik  k arto ch - 
kalar pul  m ablag'larini  talab  qilib  olinadigan  hisobvaraqlarga joylash- 
tirishning  elektron  variantidir,  chunki  b an k d an   har  qan d ay   v aq td a


ushbu  pul  m ablag‘lari  talab  qilib  olinishi  m u m k in .  S h u n g a  m os 
ravishda,  bank  joylashtirilgan  m ablag‘lam ing  birdaniga  y o ‘qotilishi 
mumkinligini  kom pensatsiya  qilishga  urinadi  va  juda  past  narxlarni 
nazarda tutadi.  Bu obyektiv zaruriyat bilan bog‘liq.  Bankning hisobva- 
rag‘i  bo ‘yicha  foiz  bankning  o ‘zi  unda joylashtirilgan  pul  m ablag‘lari 
joylashgan  m uddat  davom ida und an  q ancha  darom ad olishi  m um kin- 
ligiga  b og ‘liq  b o 'la d i.  B un day   ho ld a  m ijoz  pullarni  jo y lash tirish  
m uddatining  ko‘p b o ‘lmasligini,  binobarin,  bankning o ‘zi  orttiradigan 
va  o ‘z  m ijozlariga  t o ‘laydigan  p oten sial  foizlarning  ham   yuqori 
b o ‘lmasligini  oldindan  biladi.  M ablag‘larning  depozit  om onatlariga 
joylashtirilish  holatida  esa  mijozning  pul  m ablag‘larini  qaytarib  olish 
m uddati  om onatga  doir  shartnom ada  oldindan  aytib  o ‘tilgan  b o ‘ladi, 
shuning  uchun  bank  bu  pul  mablag‘larini  t o ‘la  ishonch  bilan  tasarruf 
qilishi  m um kin  va  b u n da  mijoz  darom adining  miqdori  faqat  m azkur 
bankning  mijozning  pul  m ablag‘laridan  foydalanish  evaziga  d arom ad 
olishiga  doir  imkoniyatlariga  bog‘liq  b o ‘ladi.
Bank  bilan  pul  m a b la g ‘larini  jo y la sh tirish   u c h u n   s h a rtn o m a  
tuzilishida  bank  va  o m onatchining  huquqlari  ham da  majburiyatlarini 
tasdiqlaydigan bir qator hujjatlar rasmiylashtiriladi.  Bank hisobvarag‘iga 
doir  bunday  shartn om ada  kontragentlarning  to'liq  nomlari  va  ushbu 
bitimning barcha shartlari  yozib qo'yiladi.  Bunday shartlarga:  om onatni 
saqlash  muddatlari,  foizlarni  hisoblash va foydalanish shartlari,  m azkur 
shartnom aning  am al  qilish  m uddatlarini  o ‘zgartirish  yoki  uzaytirish 
mumkinligi  kiradi.
H is o b -k ito b la rn in g   n aqd   pulsiz  shakli  iqtisodiy  k o n tra g e n tla r 
o'rtasidagi bitim larning amalga oshirilishidagi eng ko‘p q o llan ilad ig an  
shakldir.  Bu  n a q d   pulsiz  hisob-kitoblarning  hisob-kitobni  am alga 
oshirishdagi  xavfsizligi  va  pul  m ablag'larini  tashish  achun  transaksion 
xarajatlarning  qisqarishi  (chunki  bun d a  ushbu  m ablag'larning  o ‘zi 
b o ‘lmaydi)  kabi jihatlari  bilan  bog‘liqdir.  N a q d   pulsiz  hisob-kitoblar 
bank  tashkilotlari  vositachiligida  amalga  oshiriiadi,  ular  bir  iqtisodiy 
subyektdan  boshqa  subyektga  pul  mablag'larirn  yetkazishning  ushbu 
shakli  b o ‘yicha  barcha operatsiyalarni  bajaradilar.  Bunday operatsiya- 
larni  faqat  turli  b a n k   tuzilm alari  o ‘rtasida  vakillik  m unosabatlari 
o ‘rnatilgan  sh a ro itd a   am alga  oshirish  m um kin.  B undan  tashqari, 
banklar  m ijozning  amalga  oshirilgan  bitim  u ch u n   hisob-kitob  qilishi 
kerak bo ‘lgan amaliy sherigiga yaqin joyda o 'z  fiiiallari yoki bo'liinlariga 
e g a b o ‘lsa,  hisob-kitoblarni bunday su r’atlarda baiarishi  mumkin.  N aq d  
pulsiz  hisob-kitoblar  bir  davlatning  iqtisodiy  subyektlari  o ‘rtasida  va


turli m am lakatlar korxonalari  o ‘rtasida h am  amalga oshirilishi mumkin. 
Boshqacha  aytganda,  hisob-kitoblarning  naqd  pulsiz  shakli  xalqaro 
amaliyotda  faol  qo'llanilmoqda.  N aq d   pulsiz  hisob-kitoblar  shakllari 
deganda  ushbu  toMovni  amalga  oshirishning  mavjud  usullari  va  uni 
amalga oshirishda q o ‘llaniladigan vositalar turkum i tushuniladi.  Iqtisodiy 
kontragentlar  o ‘rtasidagi  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish­
ning  asosiy  shakllari  quyidagilardan  iborat:
1)  inkasso  operatsiyalari  vositasidagi  hisob-kitoblar;
2)  akkreditivlar  yordamidagi  hisob-kitoblar;
3)  b o 'n ak   toMovlari  shaklidagi  hisob-kitoblar;
4) ochilgan hisobvaraq bo ‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblar;
5) veksellar va cheklar shaklida amalga oshiriladigan  hisob-kitoblar.
Chek,  veksel,  bank trattasi va pul o ‘tkazmasi naqd  pulsiz t o ‘lovlarni
amalga  oshirishning  asosiy  vositalaridir.
Shunday  qilib,  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarning  iqtisodiy  k o n tra ­
gentlar  o ‘rtasida  h ar  bir  muayyan  vaqt  o ralig 'id a  h iso b -kitoblarni 
amalga  oshirishning  eng  qulay  uslubini  tanlashga  im kon  beradigan 
turli-tum an  shakllari  mavjud.  N aqd  pulsiz  hisob-kitoblar  tizim ining 
eng  qulay  uslubini  belgilash  mavjud  shart-sharoitlarni  baholash  yo'li 
bilan  amalga  oshiriladi.  Masalan,  tovar  turining  o'zini  hisobga  olish 
zam r,  chunki bu  tovarga haq t o ‘lash  uslublarining qaysi biri sotuvchiga 
va  qaysinisi  xaridorga  ko ‘proq  foydali  bo'lishi  shunga  b o g ‘liq  bo'ladi 
Bundan  tashqari..  ayrim   tovarlar  haq  t o ‘lashning  faqat  b ir  usulim  
amalga  oshirish  bo'yicha  obyektiv  imkoniyatni  nazarda  tutadi,  chunki 
bo sh q a ch a   b o ‘lsa,  b u n d a y   tov arn i  ishlab  c h iq a ris h   yoki  tash ish  
jarayonini  bajarish  m umkin  b o ‘lmaydi.  Bitim  obyektini  hisobga  olish 
naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  uslubini  tanlashga  ta'si- 
qiladigan  yana  bir  zarur  omil  b o ‘lib,  u  h iso b -k ito b n in g   potensiai 
ehtim ol  tutilgan  shakllari  ro'yxatiga  va  ushbu  operatsiyani  am alga 
oshirish  m uddatlariga  t a ’sir  qiladi.  B undan  tashqari,  b o zo rd a  ushbu 
tovarga  mavjud  b o ‘lgan  talab va  taklif darajasi  h a m   naqd  pulsiz  hisob- 
kitoblarni  amalga  oshirish  uslubini  tanlashga  t a ’sir  qiladigan  yana  bir 
m uhim   omildir.  Bunday  omil  bitim  q atn ashchilaridan  qaysi  biri  — 
yetkazib  beruvchi  yoki  xaridorning  bitim ni  tuzishda  o ‘z  shartlarini 
o ‘tkazishi  m umkinligini  belgilaydi.  Shunga  m os  ravishda,  naqd  pulsiz 
hisob-kitoblarning  bitimning  u  yoki  b o shqa  qatnashchisiga  k o ‘proq 
foydali  bo'ladigan  shakli  tanlanadi.
Hozirgi  vaqtda  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar shakllari  to b o ra  k o ‘proq 
ahamiyat  kasb  e tm oq d a.  Iqtisodiyotning  b o sh q a   subyektlari  bilan


savdo -sotiq  yoki  resurslarni  xarid  qilish  borasida  m unosabatlarga 
kirishadigan  korxonalar  u c h u n   nafaqat  qulay va  ishonchli  bo'ladigan, 
shu  bilan  birga  pul  oqimlarini  nazorat  qilish,  shuningdek,  pul  mab- 
lag'larini  o ‘tkazish bilan bog'liq q o ‘shim cha xarajatlarni kamaytirishga 
im kon beradigan hisob-kitob vositasini topish ayniqsa m uhimdir.  Naqd 
pulsiz hisob-kitoblarni o'tkazish variantlaridan  biri —  to ‘lov topshiriq- 
nom alari  orqali  hisob-kitob  qilish  hisoblanadi.
T o ‘lov topshiriqnomalari orqali  hisob-kitoblar —  naqd pulsiz hisob- 
k ito b lar  shakli  b o ‘lib,  b u n d a   t o ‘lovchi  unga  xizm at  k o ‘rsatadigan 
bank  muassasasiga 
0
‘zining  hisobvarag'idan  mablagMarni  oluvchining 
hisobvarag'iga  m uayyan  sum m ani  o ‘tkazish  haqidagi  topshiriqni  o ‘z 
ichiga  oladigan  hisob-kitob  hujjatini  taqdim   qiladi.  Shunday  qilib, 
h is o b -k ito b n in g   b u n d a y   sh ak lin i  am alga  osh irish   u c h u n   banklar 
o ‘rtasida  vakillik  aloqalari  yoki  ham korlik  qilish  u ch u n   potensial 
im koniyat  mavjud  b o ‘lishi  kerak  va  korxona,  odatda,  doimiy  tarzda 
am al  qiladigan  o ‘z  hisobvarag‘iga  ega  b o ‘lishi  lozim.
S h u n i  qayd  q ilish   k e ra k k i,  b u n d a y   u slu b   k o rx o n a la rg a   pul 
mablagMarini  o ‘tkazish  shartlari  va  ularning  m uddatlari  xususida 
banklarni bu ishga  aralashtirm asdan  o'zaro  kelishib  olish imkoniyatini 
beradi.  M asalan, bitim  qatnashchilari tovarni yetkazib berishdan  keyin 
h a q   t o ‘lash  yoki  to v arnin g   xaridorga  bevosita  yetib  kelishigacha, 
s h u n in g d e k ,  b itim   im z o la n is h i  h a m o n   h a q   t o ‘lash  t o ‘g ‘risida 
kelishishlari m umkin.
Bu  shu  bilan  bog‘liqki,  bank  sheriklarning  harakatlarini  nazorat 
q ilm a y d i,  balki  o ‘z  m ijo z in in g   pul  m ab la g 'la rin i  u ning  bevosita 
topshirig‘iga  binoan  ko'rsatilgan  hisobvaraqqa  o ‘tkazadi.
Lekin shunga qaram asdan,  to'lovning ushbu turini amalga oshirish- 
ga  nisbatan  m uayyan   ta la b la r  ham   am al  qiladiki,  ular  bankning 
harakatlarini  va  ushbu  hisob-kitob  uslubi  yordam ida  to ‘lovni  amalga 
oshiruvchi  biznesdagi  sheriklarning  xohish-istaklarini  tartibga  soladi. 
T o ‘lov topshiriqnom alari orqali  hisob-kitoblar haqidagi asosiy qoidalar 
quyidagichadir:
1) 
to'lov topshiriqnom alari orqali hisob-kitoblarda bank to ‘lovchi- 
ning topshiriqnom asi b o ‘yicha hisobvaraqda turgan  mablag‘lar hisobiga 
t o io v c h i   ko‘rsatgan  shaxsning  ushbu  yoki  boshqa  bankdagi  hisob- 
varag'iga  q o n u n d a   k o ‘rsatilgan  m u d d atd a   yoki  m abodo  bank  hi- 
so b v a ra g 'ig a   d o ir   s h a rtn o m a g a   b in o a n   yoxud  b a n k   am aliy o tid a 
q o 'lla n ila d ig an   am aliy  aylanish  odatlariga  k o ‘ra  b irm u n c h a   qisqa 
m ud dat nazarda tutilm agan bo'lsa,  qonunga k o ‘ra belgilangan m uddat-


larda  m uayyan  pul  summasini  o ‘tkazish  majburiyatini  o ‘z  zimmasiga 
oladi;
2)  ushbu paragraf qoidalari,  m abodo  qonunga  ko ‘ra yoki  qonunga 
binoan belgilangan bank qoidalariga muvofiq b oshqacha qoida nazarda 
tutilm agan  bo‘lsa  yoki  m uno sab atlar  m ohiyatidan  b o shqacha  qoida 
kelib  chiqm asa,  pul  m ablag‘larini  ushbu  b a nk d a  hisobvaraqqa  ega 
b o ‘lmagan  shaxsning  bu  bank  orqali  o'tkazishi  bilan  bog'liq  m unosa- 
batlarga  nisbatan  qoMlaniladi;
3)  t o ‘lov topshiriqnom alari  orqali  hisob-kitoblarni  amalga oshirish 
tartibi  q o n u n  bilan  yoki  q o n u ng a binoan  belgilangan  bank  qoidalariga 
va  bank  amaliyotida  qo ‘llaniladigan  amaliy  aylanish  odatlariga  k o ‘ra 
tartibga  solinadi.
Bu  o ‘rinda  shuni  qayd  qilish  kerakki,  bu  to'lo v n i  amalga  oshirish 
m uddatlarini belgilaydigan  m e ’yorlar turli  m am lakatlarda q aro rto p g an  
a n ’analarga  muvofiq  turlicha  b o ‘lishi  m um kinki,  bu   xorijlik  kontra- 
gentga  t o ‘lovni  amalga  oshirishda  alohida  aham iyat  kasb  etadi.

Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish