Axborot tizimiga kirishga ruxsat etilgan operatorlar va administratorlar
Fotoradar komleksi
Avtotransport vositalarining harakatlanish tezligini qayd etuvchi qurilma
Hududiy administrator
Viloyat IIB Administratori
IIV
Ichki ishlar vazirligi
Markaz
Vaziyatlar markazining dasturiy-texnik, server tizimlari bilan ta’minlangan Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi
TT
Texnik topshiriq
Vaziyatlar markazi
YHXKBT ma’muriy binosida joylashgan nazorat-tahlil monitoringi
YHXKBT (KSUBDD)
Yo’l harakati xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi
Umumiy ma’lumotlar
Tizimning to’liq nomi va uning shartli belgilanishi
ATning to’liq nomi: O’zbekiston Respublikasida yo’l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyinchalik matnda – Axborot tizimi, AT, Tizim)
Tizimning qisqa nomi: YHQFVQEAT
Tizim buyurtmachisi va ishlab chiquvchi tashkilotlarining nomi
Buyurtmachi: O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.
Manzil: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko’chasi-71.
Telefon: (99871) 267-63-15 E-mail: yhxbb@iiv.uz;
Ishlab chiquvchi: «ABL-Soft&SS» MChJ
AT yaratishga asos bo’ladigan hujjatlar ro’yxati
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2020 yil 7 dekabrdagi PQ–4913-son qarori.
Ishlarni boshlash va tugatishning reja bo’yicha muddatlari
Tizimni yaratish ishlarini boshlash va tugatishning reja bo’yicha muddatlari:
Boshlash – Kelishuv bitimlari va shartnomalarga asosan belgilanadi.
Tugatish – Kelishuv bitimlari va shartnomalarga asosan belgilanadi.
* Tizimni yaratish bo’yicha ishlarning tarkibi, mazmuni va muddatlari mazkur texnik topshiriqning 5-bo’limida keltirilgan.
Ishlar natijalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi
Axborot tizimini ishlab chiqish va foydalanishga topshirish ishlari mazkur texnik topshiriqning oltinchi va yettinchi bo’limlarida keltirilgan talablar asosida buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinadi.
Buyurtmachining xoxishiga ko’ra, buyurtmachining o’z mutaxassislari hamda (yoki) buyurtmachi tomonidan jalb etilgan boshqa mutaxassislar ishtirokida axborot tizimini qabul qilib olish uchun maxsus ishchi guruhi tuzilishi mumkin.
Buyurtmachi bajaruvchidan axborot tizimini maxsus ishchi guruhi oldida himoya qilish va tizimning ishlash tartibini to’liq tushuntirib berishni talab qilishga haqli.
Buyurtmachi tomonidan shartnomaga asosan bajarilgan ishlarni topshirish-qabul qilib olish to’g’risidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab, axborot tizimi buyurtmachi tomonidan foydalanish uchun to’liq qabul qilib olingan hisoblanadi.
Ish natijalarini taqdim etish quyidagilardan tashkil topadi:
- to’liq ishlab chiqilgan va buyurtmachining mutaxassislari tomonidan to’liq sinovdan o’tkazilgan axborot tizimi;
Moliyalashtirish manbai
Tadbirkorlik subyekti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi
Tizim vazifasi va yaratish maqsadlari
Tizim vazifasi
Mazkur tizim Ichki ishlar organlari va tadbirkorlik subyektlari hamkorligida yo’l harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etish va qoidabuzarga nisbatan chora ko’rish uchun mo’ljallangan.
Tizimni yaratish maqsadi va vazifasi