O. Ch. Saidov 2022 y. Texnik topshiriq



Download 0,57 Mb.
bet3/12
Sana21.12.2022
Hajmi0,57 Mb.
#892666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Texnik topshiriq2

Yaratilish maqsadi:

  • yo’l harakati qoidabuzarliklari uchun jazo muqarrarligini ta’minlash orqali, yo’l harakati qatnashchilari tomonidan sodir etilayotgan yo’l harakati qoidabuzarliklari sonini kamaytirish;

  • Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va yo’l harakati qantnashchilari o’rtasidagi bevosita muloqotda kelib chiqadigan “inson omili”ni minimal darajaga kamaytirish;

  • jamoat tartibi buzilishi (jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar), favqulodda vaziyatlar (yo’l transport hodisalari, yo’l infratuzilmasining buzilishi) ni o’z vaqtida aniqlash;

  • foto va video axborotlarni to’plash va qayta ishlashda ish hajmini kamaytirish, shuningdek tizimning ilg’or innovasion video tahlil funksiyalaridan foydalanish orqali kerakli ma’lumotlarni olish uchun zarur bo’lgan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish.

  • surishtiruv harakatlarini o’tkazishda AT yordamida olingan materiallardan foydalanish;

  • tezkor-navbatchilik qismlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur kuch vositalar, tahliliy va vizual ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • yo’l harakati qatnashchilarining yo’llarda harakatlanish madaniyatini oshirish hisobiga yo’l-transport hodisalarini sonini va oqibatlarini kamaytirish;

  • qidiruvdagi avtotransport vositalarini aniqlash jarayonini avtomatlashtirish;

  • avtotransport vositalarini qidirish va aniqlash;

Tizimning vazifalari:

  • avtotransport vositalarini O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining mavjud ma’lumotlar bazalaridan avtomatik tekshirish;

  • yo’l harakati qoidabuzarliklarini avtomatik qayd etish va qoidabuzarlik to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga uzatish;

  • transport vositalari harakatini kuzatish, vaziyatlar sodir bo’lishidan oldingi holatlarni va boshqa hodisalarni tiklash;

  • transport vositalarining davlat raqam belgilarini avtomatik ravishda tanib olish va aniqlash hamda uning harakatlanish yo’nalishini kuzatish;

  • chorrahalarda videokuzatuv tizimlarini joriy etish;

  • yo’l harakati qoidabuzarliklari, videokontent va aniqlangan davlat raqam belgilarini ma’lumotlar bazalarida saqlash.



  1. Avtomatlashtirish obyekti xarakteristikasi

    1. Avtomatlashtirish obyektlari haqida ma’lumotlar

Tizimda Respublika yo’l infratuzilmasidagi obyektlarini avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar bilan ta’minlash ko’zda tutilgan.
Quyidagilar avtomatlashtirish obyektlari hisoblanadi:

  • Shahar-tuman ichki yo’llari, shaharlararo va xalqaro avtomagistral yo’llar;

  • Xalqa yo’llar, chorrahalar.

Tizimni yaratishda quyidagi maydonlarni tashkil qilish rejalashtirilgan:

  • Obyektlar –foto-video qayd etish tizimlari o’rnatilgan maydonlar;

  • Vaziyatlar markazi maydonchasi (VM) – Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi YHXKBT ma’muriy binosida muxandislik, tarmoq va boshqa mavjud infrastrukturalardan foydalangan holda joylashtiriladi;

  • Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi maydonchasi (Markaz) – Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi YHXKBTda tashkil qilingan ma’lumotlar bazasini saqlash va boshqarish uskunalari bilan jihozlangan maydoncha;

Hozirda davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati faoliyatida fotovideo qayd etish tizimlaridan foydalanib kelinmoqda. Biroq respublikamiz hududidan o’tgan yo’llar avtomatlashtirish foto-video qayd etish tizimlari bilan to’liq jihozlanmagan. avtotransport vositalarining yo’llarda harakatlanishini tartibga solish, yo’l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga asosan foto-video qayd etish tizimlarini o’rnatish va ekspluatasiya qilish huquqini xususiy sektorga berish tartibi ishlab chiqilmoqda. Avtomobil yo’llarini foto-video qayd etish kurilmalari bilan jihozlash xususiy sektor tomonidan kiritiladigan investisiya xisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Joriy vaqtda Respublikamizning viloyat, shahar-tuman markazlarida, atomagistrallarda yo’l harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi tizimlar, shu bilan birga tezlik oqibatida yo’l transport hodisalari nisbatan ko’p uchraydigan yo’l uchastkalarida mahalliy byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqib yoki investision loyihalar doirasida zaruriy dasturiy-texnik ta’minotlar olinib, tegishli obyektlar jihozlangan. Mazkur tizim orqali xususiy sektorni loyihaga jalb qilgan holda, zaruriy obyektlarga dasturiy-texnik ta’minotlarni joriy qilish, qoidabuzarliklarga o’z vaqtida tezkor chorqa ko’rish, yo’l transport hodisalarini qisqartirish.
Xususiy sektor tomonidan o’rnatiladigan foto-video qayd etish tizimi tomonidan taqdim etiladigan qoidabuzarliklar to’g’risidagi ma’lumotlar (transport vositasining DRB, tezligi, qoidabuzarlik turi, vaqt, sana, manzili, geolokasiyasi va qoidabuzarlik to’g’risidagi 3 dona foto v.h.k.) Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi YHXKBTning serveriga yuborilishi, holat aks etgan 6 sekunddan iborat video lavha hududiy YHXBlarga o’rnatiladigan serverlarda saqlanishi rejalashtirilgan.

    1. Axborotlashtirish obyektini ekspluatasiya qilish shartlari va atrof-muhitning xarakteristikalari to’g’risidagi ma’lumotlar

Axborotlashtirish obyektlari O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan.
Iqlimi keskin kontinental.
O’rtacha minimal harorat (yanvar) 1.5 °С.
Mutlaq minimal harorat -29.5 °С.
O’rtacha maksimal harorat +36 °C (iyul) hisoblanadi. Mutlaq maksimal harorat +44.6 °С.
O’rtacha yillik yog’ingarchilik 440 mm.
Dengiz sathidan balandligi 105 m atrofida.
Mavjud dasturiy-apparat majmualari IIV YHXBB ma’muriy binosi ichida o’rnatilgan.
Uskunalarning binolarda ishlash sharoiti:

  • atrof-muhit harorati +18 dan + 28°C gacha (kondisionerlash tizimi ishlaganda), namlik 0 dan 70% gacha, atrof-muhit agressivligi jihatidan normaldir.

  • Avtomatlashtirish obyektlari mexanik rezonans, sinusoidal tebranish, mexanik silkinishlar, past atmosfera bosimi, mog’or zamburug’lari, ishchi eritmalar, tajovuzkor muhit kabi ta’sirlardan holi bo’lishi zarur.




  1. Tizimga qo’yilgan talablar

    1. Tizimga qo’yiladigan umumiy talablar

Tizimning nazorat apparat-dasturiy majmuasi, yo’l harakati qoidabuzarliklari foto va videoyozuvlarining periferiya majmualari, ma’lumotlar yig’ish, saqlash va uzatish modullaridan iborat bo’lishi kerak.
Tizimning barcha tugunlari va tarkibiy qismlari dasturiy-texnik qurilmalarni joylashtirishni hisobga olgan holda qoidabuzarliklarning haqiqiy oqimi uchun mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Tizim 24/7/365 rejimida ish yuritishga mo’ljallangan bo’lishi shart.
Tizim muntazam (normativ hujjatlar talablariga muvofiq) va erkin (parametrlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar bilan belgilangan chegaralardan tashqarida) rejimlarda ishlashi lozim:
Tizimning bir yoki bir necha vazifani bajara olmasligi yoki faoliyat parametrlarining me’yoriy chegaralardan tashqariga chiqishi normal ish rejimidan erkin rejimga o’tishning asosiy shartlari bo’lishi mumkin.
Tizimning tayyorlik koeffisenti haqidagi axborotning yo’qligi yoki yolg’on axborot taqdim etish, shuningdek tayyorlik koeffisenti qiymatining normativ belgilangan chegaradan tashqariga chiqishi tizim faoliyatini qoniqarsiz deb tan olinishiga olib keladi hamda sabablarini aniqlash va bartaraf etishni talab qiladi.
Tizim obyektlarining ishdan chiqishi, boshqa har qanday uzilish va nosozliklar kabi xolatlar qayd etilishi va mazkur dasturga xizmat ko’rsatuvchi mas’ulga yuborilishi kerak.
Tizimning ishlash prinsipi quyidagicha bo’lishi kerak:
Tizim yo’l harakati qoidabuzarliklarini aniqlash, yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni rasmiylashtirish va ijro etish masalalarini avtomatlashtirishi lozim.
Tizimi doirasida quyidagi obyektlar ishtirok etadi: VM, «DATA CENTR», Markaz va Obyekt (chorraxalar, to’ri yo’l uchastkalari o’rnatilgan dasturiy-texnik ta’minot).
VM, «DATA CENTR», Markaz va Obyekt o’rtasida ma’lumotlar almashinuvini tashkillashtiruvchi ma’lumotlar uzatish tarmog’i tashkil etiladi.
Dasturiy-texnik ta’minotga kirishni tashkillashtiruvchi, foydalanuvchilarning huquqlarini ularning roliga muvofiq boshqariladi;
Qayd etilgan yo’l harakati qoidabuzarliklari har bir obyektning o’zida saralanib ma’lumotlar uzatish tarmog’i orqali YHXKBTga yuboriladi.
Qayd etilgan foto-video ma’lumotlar obyektlarda lokal holda eng kamida 7 kun moboynida saqlanaishi ta’minlanishi shart.
YHXKBTga yuborilgan foto-video ma’lumotlar saqlanishi va saqlash muddatiga YHXKBT javobgar bo’ladi.
Yo’l harakati qoidabuzarliklarini Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati ma’sul xodimlari tmonidan ko’rib chiqilib, jarima solish to’g’risidagi qaror shaklida chop etiladi va manzilga yetkazib berish uchun “O’zbekiston pochtasi” AJga yuboriladi.



      1. Tizimning tuzilishi va ishlashiga qo’yiladigan talablar

  • DRBni aniqlovchi intellektual videokuzatuv quyi tizimi;

  • Yo’l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi intellektual videokuzatuv quyi tizimi;

  • Terminal server quyi tizimi;

  • Svetofor signal detektori;

  • Svetodiodli infra qizil nurli projektor;

  • Tezlikni me’yordan oshirganklikni foto-video qayd etish intellektual quyi tizimi;

  • Tarmoq infratuzilmasi;


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish