A va V aksiyalarining qiymati 3000 so’mga ko’paygan, S kompaniyasiniki
4000 so’mga kamaygan. 200x yilning oxirida qo’llash lozim bo’lgan
yozuvlar:
200x yil 31 dekabr kuni:
D-t 9620-«Кurslarning farqidan ko’rilgan zarar»...... 4000 so’m
К-t 5810-«Qimamatli qog’ozlar (aksiyalar)».............. 1000 so’m
К-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»...3000 so’m
Agar «Ikrom» kompaniyasi ilgari sotib
olingan hamma aksiyalarni
keyingi yilning 1 yanvarda sotsa, u holda 19000 so’m oladi (agarda
aksiyalarning bozor qiymati 20__ yil 31 dekabrda o’zgarmasa).
Faraz qilaylik, keyingi yilda «Ikrom» kompaniyasi V kompaniyasining
qayta baholangan aksiyalarini 600000 so’mga, ya’ni sotib olish narxiga
nisbatan 200000 so’m yuqori narxga sotdi. Bu muomala quyidagi yozuv
bilan aks ettiriladi:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»............................600000 so’m
К-t 5810-« Qimamatli qog’ozlar (aksiyalar)»......... 600000 so’m
D-t 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»....200000
so’m
К-t 9560-«Qimamatli qog’ozlarni
qayta baholashdan olingan
daromad»..200 000 so’m
Investisiyalarning chiqib ketishi hisobi quyidagicha yuritiladi.
Qimmatli qog’ozlarni sotishdan sub’ekt odatda foyda oladi yoki zarar
ko’radi. Demak:
daromad va balans qiymati orasidagi farq daromad yoki xarajat
sifatida tan olinadi;
aktivni qayta baholashdan kelgan har qanday daromad moliyaviy
natijalar bo’yicha olingan foydaga qo’shilishi mumkin (bunda tanlangan
usuldan oxirigacha foydalanish kerak).
Agar investisiya portfeli asosida sotib olish va bozor qiymatidan eng
kam qiymat bo’yicha hisoblanadigan joriy aktiv bo’lgan bo’lsa, sotuvdan
kelgan foyda yoki zarar sotib olish qiymatiga asoslangan holda hisoblab
chiqilgan bo’lishi kerak.
Agar investisiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati bo’yicha
qayta baholangan hamda ko’payish summasi
qayta baholashdan kelgan
daromadga (xususiy kapital)ga o’tkazilgan bo’lsa quyidagi ikkita usulni
qo’llash mumkin:
a) qayta baholashdan kelgan daromad summasining moliyaviy natijalar
to’g’risidagi hisobotda aks ettirilishi natijasida sotuvdan kelgan daromad
summasiga tegishli schyotning kreditlanishi bilan;
74
b) yoki qayta baholashdan kelgan daromad summasining
taqsimlanmagan foydaga o’tkazilishi bilan.
Aksiyalar sotilganda sotish va sotib olish
qiymatlari orasidagi farq
hisobda va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Bunday investisiyalar bo’yicha olingan dividendlarning summasi «Pul
mablag’lari» (5000, 5100, 5200, 5500) schyotlarining debetida va 9520 -
«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotining krediti bo’yicha aks
ettiriladi.
Aytaylik, «Xamza» ST kompaniyasi 5000 dona aksiyasini «Xamidjon
va O» korporasiyasiga sotadi. Bu aksiyalarning har biri 35 so’mga sotib
olindi, jumladan, xizmat uchun brokerga komission to’lovlari bilan birga.
Bu aksiyalarning har birining 25 so’mga sotilishi (brokerlik xizmati va
komission to’lovlaridan tashqari) quyidagicha aks ettiriladi:
5 dekabrda:
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».......................... 125000 so’m
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarflar» (Investisiyalarni
sotishdan ko’rilgan zarar)...........50000 so’m
К-t 5810-«qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar)»......175000 so’m
Bunday investisiyalarni baholash uchun ikkita usul qo’llaniladi, bular:
amortizasiyalanadigan mulkni baholashdagi va
uzoq muddatli investisiyalarni baholashda qo’llaniladigan usullardir.
Moliyaviy hisobotlarda investisiyalar to’g’risidagi quyidagi
ma’lumotlar ochib beriladi:
1.
Tasdiqlangan hisob siyosatida:
investisiyalarning balans qiymati;
aktivlarning balans qiymatining o’zgarishi;
qayta baholash natijasida olingan daromadni yoki ko’rilgan zararni
hisobga olish usulini aniqlash uchun.
1.
quyidagi muomalalar bo’yicha daromad
moddalariga kiritiladigan
summalar:
foizlar, dividendlar, ijara va lisenziya to’lovlari bo’yicha;
investisiyalarni sotishdan olingan foyda yoki zararlar bo’yicha;
investisiyalarni baholashdagi o’zgarishlar bo’yicha.
2.
Investisiyani-aktivlarni qayta baholash bo’yicha ma’lumotlar,
jumladan:
investisiyalarni qayta baholashning davriyligi to’g’risida;
qayta baholash usuli va mustaqil ixtisoslashgan (professional)
baholovchining jalb qilinishi to’g’risida.
75
3.
Investisiyalarni sotishda
sodir bo’ladigan muomalalarning
summalarini va farqlarini schyotlarda qayd qilish tartiblari (cheklanishlar):
investisiya
uning qiymatiga kiritilgan, hisoblangan foiz daromadi
bilan sotib olinganda, hisoblangan foiz ko’rinishidagi
daromadining
summasini debitorlik qarzlariga kiritish kerak;
brokerlarga komission to’lovlar kabi sotib olish bo’yicha boshqa
xarajatlar investisiyaning qiymatiga kiritilishi lozim;
foizlar investisiyaning muddati davomida hisoblanadi;
investisiyaning sotib olish qiymati nominal qiymatidan past bo’lsa,
chegirma mavjud bo’ladi. Investisiya tannarx bo’yicha aks ettiriladi,
chegirmaning hisobdan chiqarilishi esa investisiyaning muddati davomida
investisiya qiymatining ko’payishi sifatida foizlar bo’yicha
daromadga
kiritilishi yo’li bilan hisobga olinadi. Natijada to’lash sanasida balans
qiymati nominal qiymatga teng bo’ladi. Ushbu summaga 9530-"Foizlar
ko’rinishidagi daromadlar" schyoti kreditlanadi va investisiyalar schyoti
debetlanadi;
investisiyaning sotib olish qiymati nominal qiymatidan ortiq bo’lsa,
ustama mavjud bo’ladi. Investisiya tannarx bo’yicha aks ettiriladi,
ustamaning hisobdan chiqarilishi esa investisiya muddati davomida foizlar
ko’rinishidagi daromadning kamayishiga olib
borilishi bilan investisiya
qiymatining kamayishi deb hisobga olinadi. Natijada to’lash sanasida
balans qiymati nominal qiymatga teng bo’ladi. Ushbu summaga
9620-"Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar"
schyoti debetlanadi va
investisiyalar schyoti kreditlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: