O’rganilgan tizim va o’tkazilgan tahlil asosida qo’yilgan tadqiqot maqsadiga muvofiq, tegishlicha sxema bo’yicha ifodalash bilan tadqiqot ob’ektini rivojlantirishning eng oqilona, samarali yo’llarini taklif etish va iqtisodiy jihatdan asoslab berish, iqtisodiy samarani belgilash kerak bo’ladi.
Ushbu bobda o’tkazilgan tahlil asosida takliflarni pedagogik jihatdan asoslash lozim.
Asosiyqismqo’yilganvazifalargamuvofiqbo’lishikerak. Hatto asosiy qismni qo’yilgan vazifalar soniga teng paragraflar (kichik bo‘limlar) soniga bo‘lich ham mumkin Xulosalar qo‘yilgan vazifalarga bevosita mos kelishi kerak. Agar bunday muvofiqlikbo’lmasa,unda ana shundaymuvofiqlikka erishishuchun kirishga yana qaytish va vazifalarni qaytadan ifodalash lozim. Ba’zan ish nomini o’zgartirishga ham to’g’ri keladi, lekin bunday holda uni (yangi nomni) rahbar bilan kelishib olish zarur.
XULOSA
Dissertatsiya ishi o’tkazilgan tadqiqot natijasi aks ettiriladigan xulosa bilan yakunlanadi. Magistrlik dissertatsiyasining bu bo’limi odatda umumiy ish hajmining 10-15% ni tashkil etadi.
Dissertatsiya ishida uning ayrim boblari ham xulosalar va takliflar bilan yakunlanishi mumkin, lekin ularning eng muhimlari butun ishning oxirida,
«Xulosa» bo’limida aks ettirilishi kerak. Olingan natija bu xulosalar sifatida ifodalanadigan vazifalar yechimidir.
Xulosa o’tkazilgan tadqiqot mantiqi bilan bog’liq bo’lgan xotima rolini bajarib, u asosiy qismda to’plangan ilmiy axborotlar sintezi shaklida bo‘ladi. Bunday sintez olingan yakunlarning izchil, mantiqiy tekis bayoni va ularning kirishda qo’yilgan va ifodalangan umumiy maqsad va aniq vazifalar bilan o’zaro nisbatidir.
Demak, dissertatsiyaning yakunlovchi qismi o’tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalarning oddiy bir ro’yxati emas, balki ularning yakuniy sintezidir, ya’ni ish muallifining muammoni o’rganish va hal etishga kiritgan yangilikning ifodasidir.
FOYDALANILGANADABIYOTLARRO’YXATI
Ushbu ro’yxat dissertatsiyaning amaldagi qismlaridan birini tashkil etadi va dissertantning mustaqil ijodiy ishini aks ettiradi.
Bunday ro’yxatga kiritilgan har bir adabiy manba dissertatsiya qo’lyozmasida aks ettirilishi kerak. Agar ish muallifi o’zlashtirilgan qandaydir faktlarni qayd qilsa yoki boshqa mualliflar asarlaridan parcha keltirsa, unda u albatta keltirilgan materiallarning qayerdan olinganligini satr ostida ko’rsatib o’tishi kerak.
Dissertatsiya matnida qayd qilinmagan va amalda ishlatilmagan ishlarni bibliografik ro’yxatga kiritmaslik kerak. Bu ro‘yxatga ensiklopediyalar, bildirgichlar, ilmiy-ommaviy kitoblar va gazetalarni kiritish ham tavsiya qilinmaydi. Bunday nashrlardan foydalanishga zarurat bo’lsa, unda ularni dissertatsiya ishining matnida satrlar ostidagi ko’chirmalarda ko’rsatish kerak.
ILOVALAR
Dissertatsiya asosiy qismi matnini shishirib yuboradigan yordamchi yoki qo’shimcha materiallarni o’z ichiga oladi.