O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova


-15 minutlik ma’ruzaning tayyorlanishi



Download 292,31 Kb.
bet71/79
Sana06.04.2022
Hajmi292,31 Kb.
#532005
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова (1)

10-15 minutlik ma’ruzaning tayyorlanishi.


Magistrant ilmiy rahbar va tashqi opponentning taqrizlarini, shuningdek, kafedra mudirining magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun ruxsatini olganidan so’ng 10-15 minutlik ma’ruzani tayyorlashga kirishadi.

Magistrlik dissertatsiyasiga taqriz va baholarga talablar


Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarning taqrizi va opponentning tashqi taqrizi beriladi.Ilmiy rahbar va opponentning taqrizlarida bir qator masalalarning majburiy tartibda yoritilishi nazarda tutiladi.

Ilmiy rahbar taqrizining mazmuni:


Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi, magistrlik dissertatsiyasi mavzuining magistrantning asosiy ishi bilan bog’liqligi darajasi
Muallifning magistrlik dissertatsiyasi maqsadlari va vazifalarini yoritishi darajasi
Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi O’tkazilgan tadqiqot natijalarining asoslanganligi
Tadqiqotchining ilmiy tahlil qilish qobiliyatining qisqacha tavsifnomasi Magistrant xulosalari va tavsiyalarining sifati
Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan talablarga muvofiqligi

Opponent taqrizi quyidagilarni aks ettirishi kerak:


  1. Dissertatsiya mavzuining dolzarbligi.

  2. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi.

  3. Tayyorlangan dissertatsiyaning amaliyot uchun ahamiyati.

  4. Magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va tugallanganligining bahosi.

  5. Materialni bayon qilish uslubi va tili.

  6. O’tkazilgan tadqiqotning ilmiy va amaliy qimmati.

  7. Dissertatsiyaning magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan talablarga muvofiqligi.

Taqrizlarda ishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda undagi xatolar va kamchiliklar ham qayd qilinadi.

Magistrlik dissertatsiyasining ommaviy himoyasini o‘tkazish rusum- qoidalari


Magistrlik dissertatsiyasining himoyasi ommaviy shaklda o’tadi, ilmiy munozara tusida bo’ladi va yuksak talabchanlik, prinsipiallik va ilmiy etikaga rioya qilish vaziyatida o’tadi. Dissertatsiyaning himoyasi paytida Davlat attestatsiya Komissiyasi raisi dissertatsiyaning nomini e’lon qiladi, uning muallifining familiyasi, ismi-sharifini ma’lum qiladi, shuningdek ishda zarur hujjatlarning mavjudligini bildiradi, magistrantning «ta’limiy va ilmiy tarjimai holini», uning o‘zlachtirishi, mabodo mavjud bo’lsa, e’lon qilgan maqolalarini qisqacha tavsiflaydi.
So‘z magistrantning ilmiy rahbariga beriladi. Ilmiy rahbar o’z nutqida magistrantning dissertatsiya ustida olib borgan ishga munosabatini ochib beradi, shuningdek attestatsiya komissiyasi, ilmiy rahbarning bergan savollari xususida o‘z fikrini bildiradi, raislik qiluvchi ilmiy rahbarning dissertatsiya ishi haqidagi yozma xulosasini davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga o‘qib beradi.
So‘ngra magistrantning o‘ziga so‘z beriladi. Magistrant nutqini oldindan tayyorlagan ma’ruzasi asosida quradi (imkoni boricha uni yoddan aytib bergani ma’qul). Tadqiqot natijalarini ma’lum qilish uchun unga 15 minutgacha vaqt beriladi.
Ma’ruza tadqiqotning metodologik bazasini, qo’yilgan vazifalar yechimi natijalari va dissertatsiya mavzui bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga oladi. Magistrant asosiy diqqat-e’tiborini o’tkazilgan tadqiqotning asosiy yakunlari, o’zi shaxsan ishlab chiqqan yangi nazariy va amaliy qoidalarga qaratadi. Zarur bo‘lganida tayyorlangan slaydlar, jadvallar va grafiklar namoyish qilinishi mumkin.
Nafaqat magistrant nutqi matnining mazmuni, hhu bilan birga nutqning o’zi ham himoya muvaffaqiyatini oldindan belgilab beradi. Magistrant nutqi aniq, imloviy jihatdan to’g’ri, tuchunarli va ifodali bo’lichi kerak. U hamma savollarga ishonch bilan, ilmiy dalillar asosida javob berishi, erkin nutq qoidalariga amal qilishi kerak.
Magistrantning nutqidan keyin raislik qiluvchi bajarilgan dissertatsiyaga rasmiy opponentning taqrizini o’qib beradi va opponet bildirgan fikrlarga o’z javobini aytishi va opponentning xulosalari hamda tavsiyalari yuzasidan fikr- mulohazalarini bayon qilishi uchun magistrantga so’z beradi. Shundan so’ng muhokama va ilmiy munozara jarayoni bochlanadi. Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari dissertatsiyada ko’tarilgan muammolar, tadqiqot uslublari bo’yicha har qanday savollarni berishi, tadqiq etish tartib-qoidalarini va tajriba ishi natijalarini aniqlashtirishi mumkin.
Bunday savollarga javob berishda faqat ish mohiyatiga daxl qilinishi lozim. Magistrant o’zining ilmiy natijalarini baholashda kamtarinlik va Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga nisbatan ehtiromli munosabat namoyon qilishi zarur.
Javob berishdan oldin savolni diqqat bilan tinglach va zarur bo’lganida savolni yozib olishi kerak. Har bir berilayotgan savolga imkoni boricha izchillik bilan javob qaytarish lozim, savollarning hammasini eshitib bo‘lib, faqat shundan keyin birdaniga javob berish yaramaydi.Munozara tugaganidan so’ng magistrantga yakunlovchi so’z berilishi ham mumkin.
Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolarining yopiq majlisida himoyaga yakun yasaladi. Bunday qaror komissiya a’zolari ovozlarining oddiy ko’pchiligi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lib qolganida raisning ovozi hal qiluvchi bo’lib hisoblanadi. So’ngra rais majlisda ishtirok etuvchilarga dissertatsiyasini himoya qilgan tadqiqotchilarga magistrlik akademik darajasining berilishini bildiradi va komissiya majlisini yopiq, deb e’lon qiladi.

Download 292,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish