2.5.Ilmiy tadqiqotning usullari.
Ilmiy tadqiqot tartibsiz bajarilmaydi; u aniq sistemaga ega bo’lib, oldindan tuzilgan rejaga bo’ysinishi kerak. Agar tadqiqotchi taxminan harakat qilsa, undan qimmatli natija kutib bo’lmaydi. Uning qo’lida to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi kompas bo’lish kerak. Shunday kompos tadqiqot usulidir.
Eng avval tadqiqotchi bilishning umumiy usulini bilish kerak, bu unga nafaqat berilgan konkret hodisani o’rganishdagina yordamlashadi, balki bu hodisaning o’rab turgan dunyo bilan aloqalarining ochishga ham yordamlashadi. Shunday umumiy usul, bu dialektik materializm usulidir. U material borliqni o’rganishning umumiy prinsiplari bilan tadqiqotchini qurollantiradi.
Har qaysi fan ungagina taalluqli bo’lgan butun bir kompleks konkret yoki maxsus tadqiqot usullaridan foydalaniladi, ular har xil darajada unirversalligiga ega bo’ladi. Konkret ilmiy usullarining bazi birlari har xil fanlarda qo’llanilishlari mumkin, masalan matematik usullar . Boshqalari esa shu fan chegarasidagina, masalan, texnik fanlaridan, tenzametrlash usuli. Konkret ilmiy usul konkret ob'yektining u yo bu xossa va xususiyatlarini aniqlash maqsadida uning ma’nosini bilishga jo’natiladi, u aniq amaliy yoki ilmiy muammoni yechishga yo’naltiriladi.
Ko’p darajada universal bo’lib texnika fanlarida ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llaniladigan asosiy usulni qisqacha ko’ramiz.
Tahlil – quyidagilardan iborat ilmiy o’rganish uslubi: tadqiqot ob'yekti fikran tarkibiy qismlarga ajratiladi yoki unga xos belgilari va ularni alohida o’rganish uchun xususiyatlari. Tahlil ob'yektining ayrim elementlari mohiyatiga qirib borishni ta'minlaydi, ularda bosh bo’lganini va ahamiyatlilarini aniqlashda, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarini topishni beradi.
Sintez – ob'yektni yoki bir guruh ob'yektlarni bir butundek ularning hamma tarkibiy qismlarining yoki ularga xos belgilarining o’zaro aloqali holatida ilmiy tadqiqot qiladigan usuldir. Sintez usuli ularning hamma tarkibiy qismining
tahlilidan keyin murakkab sistemani tadqiq qilish bilan xarakterlidir. Shunday qilib tahlil va sintez bog’liq va bir birini to’ldiradi.
Induktiv usul shundan iboratki, xususiyni, yolg’izni kuzatishdan umumiy xulosa qilinadi, ayrim faktorlardan – umumiyga. Induktiv usul tabiiy va amaliy fanlarda eng keng tarqalgan usul va uning negizida xususiyat va sababiy xossalarining ma'lum fakt va ob'yektidan noma'lumga, hali tadqiqlanmaganga o’tkazish.
Deduktiv usul induktivga teskari umumiy asosga ko’ra xususiy holatini chiqazish. Deduktiv usul ko’pincha aniq fanlarda qo’llaniladi, masalan, matematikada, nazariy mexanika, ularda xususiy aloqalari umumiy qonun yoki aksiomadan keltirib chiqaziladi. Induksiya va deduksiya o’zaro xuddi sintez va tahlildek bog’langan.
Ilmiy abstraktsiya qilish. Bu usul ko’rilayotgan hodisaning, ba'zan jiddiy bo’lmagan tomonini xususiydan uzoqlashishda, ya'ni e'tiborni umumiyga jalb qilishda qo’llaniladi. Ilmiy abstraktsiya qilish muhimini, umumiyini ajratib ob'yektv reallikni bilishni chuqurlashtiradi.
Nazariy ilmiy tadqiqot jarayonida tadqiqotchi fikran bo’laklanadigan (ajratib olingan) ayrim xossalari, xususiyatlari, aloqalari va o’zaro aloqalariga tayanib oxirida ilmiy abstraktsiya bo’lgan ilmiy tushuncha, qonuniyat va boshqa umumiy qonuniy holatlarini oladi. Ular har qaysi fanning fundamentidir, unda odatda fanning shu sohasi hamma bilim sistemasi konsenrlashadi.
Formallash, bunda hodisa, joriy matematik atamada formulalarda ifodalanadi, bunda maxsus simvolika qo’llaniladi, keyin ular bilan ma'lum qoida bo’yicha ishlar bajariladi. Formallashtirish matematik abstraktsiyalashning negizi hisoblanadi. U matematik apparatni undan uzoqlashgan fanda ham qo’llash imkoniyatini beradi, masalan, meditsinada, til bilishda, biologiyada va sh.k. Pedagogik fanlarda nazariy tadqiqot va umuman matematik usullar keng qo’llaniladi.
O’xshashlik. Yaxlitlikda alohida ob'yektning ba'zibir belgisi bo’yicha o’xshashligi. O’xshashlik usuli shundan iboratki, o’rganilayotgan ob'yektning ba'zibir belgilarining yoki xossalarining o’xshashligidan o’rganilmagannining boshqa belgi va xossalari o’xshashliklari haqida ham xulosa qiladi. O’xshashlik usuli modellash jarayonida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |