Ilmiy ma'lumotlarni o'rganish va ishchi faraz.
Har qanday ilmiy tadqiqot o’tkazish o’zidan oldingining ishini o’rganishi va tahlil qilish hamda uning yondosh sohasining ma'lumotlarini o’rganishdan boshlanadi. Ko’pincha tadqiqotchi xabarsizligidan ochiq eshikka bostirib kirib qoladi, “shaytonarava” yaratib qo’yadi, shoshilinch kam asoslangan noto’g’ri xulosalar qiladi, o’zining ishida ancha ilgari qilinganlarni takrorlaydi.
Bosib chiqayotgan ishlarning juda kattaligi materiallarini o’rganishni murakkab masala qiladi. Materiallarni o’rganishning ikki etapi bor.
Birinchi etap – ma'lumot manba uni axtarish. O’rganishni nazarda tutilayotgan yo’nalish bo’yicha monografiyadan boshlash zarur. Bu bilan ikki maqsadga erishiladi. Birinchidan tadqiqot qilinadigan muammoga zamonaviy nuqtai nazar bilan unga yondashish va tadqiqot usuli bilan tanishishi, ikkinchidan asosiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki odatda monografiya to’lik bibliografik ko’rsatgichga ega bo’ladi.
Adabiy ma'lumotlarning keyingilarini tanlash taxminan quyidagicha bo’lishi kerak.
-biografiyada ko’rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish (ular kitob, broshyuralar, jurnallardagi maqolalar, dissertatsiyalar va shu kabilar);
-fan – texnikaning mos bo’limi bo’yicha referativ jurnallarni va informatsion varaqalarni o’rganish.
-sohaga oid jurnallarini o’rganish va uzluksiz kuzatib borish;
-institutlar ilmiy ishlari bo’yicha maqolalari to’plamlarini, ilmiy anjumanlari ma'ruzalarini, materiallarini, dissertatsiya avtoreferatlarini o’rganish.
Ma'lumot manbalarini hamma joydan izlash kerak. Kutubxonalardan respublika va zonal axborot markazlaridan, ilmiy tadqiqot va o’quv institutlaridan izlash kerak. Bunda shuni yodda saqlash kerakki, ilmiy faoliyatining 30-35% i axborot izlanish bo’lib u biron kunga ham to’xtatilmasligi kerak.
Hamma topilgan ilmiy axborot bugungi kunda hammaga ravshan bo’lgan maxsus kartochkaga kiritilib shaxsiy kartoteka qilinishi kerak.
Kerak materialdan foydalanishni faqatgina kartochka yengillashtiradi va bajarilgan tadqiqot haqidagi tuziladigan hisobotda adabiyot ma'lumotlarini keltirishda alfavit bo’yicha ro’yxat tuzishni bajarish imkonini beradi.
Ikkinchi etap – materiallari bilan tanishishning ikki chegaraviy holati mavjud: kitoblar, jurnallar mundarijalarini ko’rilsa, unga yakin hech narsa yuk deb hisoblab kitobni chetga surib qo’yilsa bunda biron yondash savolidagi o’ta noyob axborot materialini yo’qotadi, yoki hammasini o’qiydi, bu yana ham yomon, materialni bir boshidan qoldirmasdan konspektlaydi, bundan keyin tushunaman deyiladi.
Axborotni o’rganish etapi – tanishish va o’qish etapidan tuzilgan, tanishish quyidagi sxema bo’yicha olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |