4. Tana yuzasi qoidasiga binoan issiqqonli hayvonlarda energiya sarf boiishi
tana yuzasi kattaligiga proporsionaldir. Tana og‘irligi birligiga (solishtirma yuza)
qancha ko‘p yuza to‘g‘ri kelsa, asosiy almashinuv shuncha yuqori bo'ladi.
5. Asosiy almashinuvga tiroksin, uchyodtironin, adrenalin, jinsiy gormonlar
kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
6.1 kg tana og‘irligiga hisoblangan asosiy almashinuv intensivligi, bolalarda
kattalarga nisbatan ancha yuqori. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda u 50-58 kkal/
(kg.kun) atrofida o‘zgarib turadi. Yosh oshishi bilan asosiy almashinuv doimo
pasayib boradi va kattalarda 40 kkal/m;, keksa odamlarda 34 kkal/m2
tashkil
qiladi.
7. Organimzda 1 g uglevodlar yonganda 4,1 kkal (17,17 kDj), 1 g yog‘
yonganda9,3 kkal (38,94 kDj), 1 g oqsil yonganda4,1 kkal (17,17 kDj) energiya
ajralib chiqadi.
8. Ovqatning spetsifik - dinamik ta’siri - ovqat qabul qilgandan keyin
moddalar almashinuvi va energitik sarflanishning kuchayishidir (bir soatdan keyin
boshlanadi, 3 soatdan keyin maksimumga yetadi
va bir necha soat davomida
saqlanadi).
9. Odamning ovqatlanish me’yori yoshga, mehnat intensivligiga va boshqa
omillarga bog‘liq. Ovqat ratsionida bir kunda 80-100 g oqsil, 70-100 g yog‘,
400-450 g karbonsuvlar boiishi kerak.
10. A, D, E, К vitaminlari yog‘da enivchi vitaminlarga kiradi. Vitamin A
(retinol,
antikser-oftalm ik vitamin, o ‘sish vitamini) m e’yorida o ‘sishni
ta’minlaydi, ko‘zni qorong‘ilikka adaptatsiyasini ta’minlovchi ko‘rish pigmentlari
hosil bo‘lishida ishtirok qiladi va b.
Vitamin D (kalsiferollar, antiraxitik vitamin) kalsiy va fosfor almashinuvini
boshqaradi (ingichka ichakda kalsiy va fosfor shimiiishi, buyrak kanalchalarida
fosfor reabsorbsiyasi va qondan suyakka kalsiy transportlanishini ta’minlaydi).
Vitamin E (tokoferollar, antisteril vitamin) antioksidlantiruvchi rol o‘ynaydi,
organizm uchun toksik hisoblanuvcbi erkin radikallar va lipidiar peroksidlarining
hosil boMish jarayoniga to ‘sqinlik qiladi. Mushak to ‘qimasida
modda
almashinuvini me’yorlashtiradi, jigarda vitamin A to‘planishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Vitamin К ning (filloxinonlar, antigemorragik vitamin) biologik roli
uni qon ivishida ishtirok qilishi bilan bogiiq. U
jigarda
protrombin va boshqa
qon ivish omillarining sintezlanishi uchun zarur.
11. Suvda eruvchi vitaminlarga vitamin В,, В,, B6, B12, Pp, С va b. kiradi.
Vitamin B, (tiamin) asab-mushak to‘qimasida
karbonsuvlar va energetik
almashinuvda muhim rol o ‘ynovchi qator omillarkofermentlari tuzilishida ishtirok
qiladi. Vitamin B, (riboflavin, antiseboriy vitamini)
oksidlanish-tiklanish
jarayonlari regulatsiyasi, ko‘zning o‘rtacha ko‘rish funksiyasi saqlanishida
ishtirok qiladi. B6 (piridoksin) aminokislotalar va lipidiar almashinuvida ishtirok
qiladi. Vitamin B,, (sianokobalamin) o ‘sisb omili va
Do'stlaringiz bilan baham: