O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/219
Sana28.05.2022
Hajmi11,17 Mb.
#612706
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

Reparativ regeneratsiya -
shikastlovchi omil ta’siridan keyin, tuzilma 
shikastlanishlarining yo‘qotilish (likvidatsiya) jarayoni. U to‘liq (restitutsiya) -
o‘lgan to'qimaning xuddi o‘ziga o'xshash to‘qima bilan tiklanishi va to‘liq 
bo‘Imagan (substitutsiya) - shikastlanish hududida chandiq hosil bo‘lishi bilan 
namoyon bo‘ladi.
7. Kraxmalga sifatli reaksiya yod bilan reaksiya hisoblanadi: ko‘k rangga 
bo‘yalish kuzatiladi. Oqsilga sifatli reaksiya - sulfosalitsil (yoki azot) kislota 
bilan reaksiya hisoblanib, bunda eritma loyqalanadi.
8. Fenolftalein indikatori nordon va neytral muhitda rangsiz, ishqoriy muhitda 
to‘q qizil (malina) rangni beradi.
11-mashg‘uIot
1. 
Izotermiya
tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan tana 
haroratining doimiyligidir. Odam va oliy hayvonlar izotermiya xususiyatiga ega. 
Ular hayotida harorat gom eostazining roli nihoyatda yuqori. Chunki 
fermentlaming - biologik katalizatorlaming me’yorda ishlashi uchun optimal 
harorat (36 - 37° C) zarur.
2. Tana haroratiga bog‘liq holda ikki xil: gomoyoterm - issiq qonli va 
poykiloterm - sovuq qonli hayvonlar ajratiladi. Tana harorati 
gomoyoterm
hayvonlarda doimiy, poykilotermlarda o ‘zgarib turuvchi va tashqi muhit 
haroratidan kam farq qiladi. Gomoyoterm hayvonlarga qushlar, sut emuvchilar, 
odam kiradi. Poykilotermlarga oddiy hayvonlar (baliqlar, suvda va quruqlikda 
yashovchilar, sudraluvchilar va b.) kiradi.


3. Termoregulatsiya markazi gipotalamusda joylashgan. U issiqlik hosil 
bo‘lishi va tashqariga berilishini boshqaradi va tana haroratining doimiyligini 
saqlaydi.
4. Haroratning doitniyligi kimyoviy va fizik tennoregulatsiya orqali amalga 
oshiriladi. Kimyoviy termoregulatsiya - issiqlik hosil bo'lishi, fizik - issiqlikning 
tashqariga berilishining boshqarilishidir. Issiqlik hosil bo'lishi organizm 
hujayralarida modda almashinuvi natijasida kechadi; issiqlikning tashqariga 
berilishi fizik jarayonlar (bug‘lanish, nurlanish, o‘tkazilish yoki konveksiya) 
orqali amalga oshiriladi.
5. Sog‘lom odamning tana harorati (qo‘ltiq ostida) 36,5-36,9° C, to‘g ‘ri 
ichakda 37,2-37,5° C. Kun davomida tana harorati 0,5-0,7° С atrofida o*zgarib 
turadi. Tinch holat va uyqu haroratni kamaytiradi, mushak faoliyati esa uni oshiradi.
6. 
Gipotermiya
(organizmni sovitish) issiqlik balansining buzilishi bo‘lib, 
tana haroratining kamayishiga olib keladi.
7. 
Gipertermiya
(organizmning ortiqcha qizishi) tana haroratining vaqtincha 
ko‘tarilishi bo‘lib, termoregulatsiya mexanizmining buzilishi, issiqlikning 
tashqariga berilishi, issiqlik hosil bo'lishining bir-biriga mos kelmasligi natijasida 
kelib chiqadi.
12-mashg‘ulot
1. 
Immunitet
(lotincha «immunitas» - «nimadandir ozod bo‘lish») - har qanday 
genetik yot agentlami, kasal chaqiruvchi mikroblar va ulaming toksinlarini, qabul 
qilmaslik, yuqtirmaslik. Immunitetning biologik roli infeksiyaga qarshi kurash, 
o‘sma o'sishining oldini olish, qarilikka qarshi kurash, organizmning individual 
antigen xususiyati (antigen gomeostazi)ni saqlashdan iborat.
2. Immunitet to‘g‘risidagi fan 
immunologiya
deyiladi. Eduard Djenner (1796) 
chechakka qarshi emlash usulini kashf qildi. Ilmiy immunologiya asoschisi Lui 
Paster (XIX asr ikkinchi yarmi) infeksion kasalliklar (tovuq vabosi, sibir yarasi, 
quturish) qo'zg'atuvchilarini kuchsizlantirish usulini ishlab chiqdi, infeksiyaga 
qarshi spetsifik immunizatsiya mumkin ekanligini isbotladi. I. I. Mechnikov 
hujayra immuniteti (fagotsitoz) rolini isbotladi; P. Erlix kasal qabul qilmaslikda 
gumoral omillar (antitanalar) rolini tasdiqladi.
3. Nasliy (tur) va orttirilgan immunitet farq qilinadi. Nasliy immunitet nasldan- 
naslga beriladi va tur rezistentligi (chidamliligi) bilan bog'liq. U mutloq va nisbiy 
bo'lishi mumkin. Mutloq tur immunitetiga misol: odamda it va shoxli hayvonlar 
tounini (chuma) yuqtirmaslik xususiyati bor. Hayvonlar vabo va bo'g'ma kasalligi 
bilan kasallanmaydi. Nisbiy tur immunitetiga misol: noqulay sharoit (sovqotish, 
ortiqcha qizish, avitaminozlar va h.k.) yaratish orqali kasallik yuqtirmaslikni 
o'zgartirish mumkin. Masalan, sovqotishda tovuqlarga sibir yarasini yuqtirish 
mumkin. Odatda esa ular bu kasallik bilan kasallanmaydi. Odamda orttirilgan 
immunitet uning hayoti davomida shakllanadi va nasldan-naslga berilmaydi.
4. Orttirilgan immunitet tabiiy va sun’iy xillarga bo'linadi. Ulaming har 
biri o ‘z navbatida faol va passiv bo'lishi mumkin. Orttirilgan tabiiy faol


immunitet yuqumli kasalliklami o‘tkazgandan keyin hosil bo‘ladi. Passivga 
chaqaloqlar immuniteti (onadan homilaga yo‘ldosh yoki ona suti orqali o'tadi) 
kiradi. Sun’iy faol immunitet vaksina, passiv immun zardob, y a’ni tayyor 
antitanalar yuborish orqali chaqiriladi.
5. 
Antigenlar
organizm uchun genetik yot m oddalar (oqsillar, 
nukleoproteidlar, polisaxaridlar va b.) bo‘lib, ulaming yuborilishiga organizm 
spetsifik immun reaksiyalaming rivojlanishi bilan javob beradi. Antigenlar ikkita 
xususiyatga ega: antitana va immun (sensibilizatsiyalangan) limfotsitlar hosil 
bo‘lishini chaqiradi, antitanalar va immun limfotsitlar bilan o‘zaro ta’sirga kiradi.
6. 
Gaptenlar -
antigen xususiyatga ega bo‘lmagan moddalar. Ularga ko‘pgina 
makromolekular birikmalar, masalan, dorivor preparatlar, oddiy kimyoviy 
moddalar (brom, yod, xrom, nikel va b.), shuningdek oqsil tabiatiga ega bo‘lmagan 
murakkabroq mahsulotlar (ayrim mikrob mahsulotlari, polisaxaridlar va b.) kiradi. 
Gaptenlar organizmga kirganda immun mexanizmlar ishga tushmaydi, ular 
organizm to'qimasi oqsili bilan birikkandan keyingina antigen (allergen) bo‘lib 
qoladi. Bunda konugatsiyalangan yoki kompleks deb nomlanuvchi antigenlar 
hosil bo‘ladi va organizmni sensibilizatsiyalaydi. Bu gaptenlar (allergenlar) 
organizmga takroran tushganda, ko‘pincba hosil boigan antitanalar va (yoki) 
sensibilizatsiyalangan limfotsitlar bilan mustaqil ravishda, oldindan oqsil bilan 
birikmasdan bog‘lanadi.
7. 
Antitanalar -
antigen yuborilishiga javoban hosil bo'luvchi va u bilan 
spetsifik reaksiya berishga qodir, qonning spetsifik oqsillari 
immunoglobulinlardir. Immunoglobulinlaming besh sinfi: IgG, IgM, IgA, IgE, 
IgD farq qilinadi. IgG hamma globulinlaming 80 
%
ni tashkil qiladi, yo‘ldosh 
orqali yengil o‘tadi. Juda faol ravishda bakteriya, ekzotoksin, virus antigenlarini 
o'ziga bog‘laydi. Antigen stimulatsiyasidan keyin birinchi bo‘lib IgM paydo 
bo‘ladi, qonga kiruvchi grammanfiy bakteriyalarga ta ’sir k o ‘rsatadi, 
fagotsitozni faollaydi, IgG ga nisbatan bir necha marta faolroq IgA nafas va 
oshqozon-ichak trakti shilliq pardalarini mikroorganizmlardan himoya qiladi. 
IgE yoki reaginlar, allergik reaksiyalar rivojlanishida rol o‘ynaydi. IgD yaxshi 
o ‘rgamlmagan. Ulaming aufoallergik jarayonlar, jumladan, qalqonsimon bez 
shikastlanishida ishtirok qilishi taxmin qilinadi.
8. Organizmda immun javobni limfoid tizim amalga oshiradi. Unda antitanalar 
ishlab chiqariladi yoki sensibilizatsiyalangan lim fotsitlar to ‘planadi. 
Immunitetning markaziy a’zolari: ayrisimon bez (timus), ko‘mik, Fabritsius 
to‘rvasi (qushlarda), odamda uning mumkin bo‘lgan analoglari - ichak peyer 
toshmalari, ko‘mik, embrional jigar. Immunitetning periferik a’zolari: taloq, 
limfatik tugunlar, solitar (yirik) follikulalar (pufakchalar), qon va b. dir.
9. Qon va limfada immunokompetent hujayralar - limfotsitlar mavjud. T, В 
va no‘l limfotsitlar farq qilinadi. T - limfotsitlar hujayra immunitetga, В -
limfotsitlar esa gumoral immunitetga (antitanalar ishlab chiqarilishi) jabov beradi. 
«No‘l» hujayralar membranasida T va В - limfotsitlaming tipik markeri bo‘lmaydi. 
Ular komplement ishtirokini talab qilmaydigan hujayra-nishonining antitanaga


tobe bo‘lgan lizisini amalga oshiradi. T va B-Iimfotsitlar ko'm ik ustun 
hujayralaridan hosil bo‘ladi. Ammo T-limfotsitlar timusda yetiladi (ulami 
tumusga tobe degani shundan kelib chiqadi), B-Iimfotsitlar esa bursa fabriciusda 
(yoki ularning analoglari) yetiladi, bursaga bogiiq hujayralar deyiladi.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish