O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/219
Sana29.04.2022
Hajmi11,17 Mb.
#593222
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y.

a
-
adrenoretseptorlari qo‘zg‘alishini chaqiradi va yurak qisqarishi-ning tezlashishiga 
olib keladi. Noadrenalin tomirlar 
(3 ~
adrenoretseptorlariga 
ta’sir
qiladi, mayda 
arteriolalar torayishini chaqiradi. Buyrak usti bezi mag‘iz qatlami funksiyasi MAT 
bilan chambarchas bog‘langan va SAT orqali regulatsiya qilinadi.
AB saqlanishida buyrak usti bezi po‘stlog‘i tashqi qatlami gormoni - aldosteron 
juda katta ahamiyatga ega.Uning ta’siri suv elektrolit (mineral) almashinuviga ta’sir 
qilishi bilan bog'Iiq, shuning uchun ham u mineralkortekoidiarga kiradi. Aldosteron 
AB ning oshishiga ikki yo‘l bilan olib keladi. Birinchidan, buyrak kanalchalariga 
ta’sir qiladi, Na va suvning siydik bilan ajralishini kamaytiradi va organizmda 
ushlanib qolishini kuchaytiradi. Bu mexanizm orqali sirkulatsiyadagi kamaygan 
qon hajmi (TSKH) tiklanadi, tomir o‘zani to‘ldiriladi va AB ko‘tariladi, Ikkinchidan, 
hujayralar, tomir silliq mushaklari hujayralari ichida Na miqdori ko‘payadi. Bu 
vaqtda tomir devorida suv ham saqlanadi; mayda tomirlar devori qalinlashadi, 
ularning teshigi torayadi, qon oqimiga umumiy periferik qarshilik oshadi va bu AB 
oshishiga muhim omil bo‘ladi.
Ko'p sonli klinik kuzatishlar, so*ng hayvonlarda tajribalar o‘tkazish natijasida 
AB oshishi va buyrak shikastlanishi orasida chambarchas bog'Iiqfik aniqiangan. 
Buyrak tomonidan AB regulatsiya qilinishi uchta asosiy mexanizm orqali amalga 
oshiriladi.
1. Na va suvning organizmda kuchli chiqarilishi, ushlab qolinishi.
2. Buyrakning qon bilan ta’minlanishi kamaygan hollarda (masalan, ularning 
tomiri spazmga uchragan, toraygan, qon yo'qotganda AB pasayishi) maxsus 
hujayralar alohida modda - renin ajratadi. U qonda angiotenzinga aylanadi va 
tomirlami juda kuchli toraytiruvchi va AB ko‘tarilishiga olib keluvchi modda 
hisoblanadi.
3. Buyrak tomirlami kengaytiruvchi va AB ni kamaytiruvchi modda ishlab 
chiqaradi. Hatto buyrakni oziqlantiruvchi bitta arteriyaning torayishi AB ning 
o‘rtacha ko‘tarilishiga olib keladi. Agar bunda ikkinchi (shikastlanmagan) buyrak 
ham olib tashlansa, AB jiddiy ko‘tariladi. AB ning ikkita buyrak olib tashlanishida 
ko'tarilishi (renopriv gipertoniya) ularning mag'iz qatlamining ham olib 
tashlanishi va bu qatlam ishlab chiqaradigan moddaning yc'qligi bilan 
tushuntiriladi. Bu moddaning prostoglandinlar (PG) qatoriga kirishi aniqiangan. 
PG tomirlami kengaytiradi va AB ni kamaytiradi, tomir toraytiruvchi ta’sirga 
(masalan, angiotenzin va noradrenalin) qarshilik ko‘rsatadi. Antiagregatsion 
faollikga ega, ya’ni trombotsitlaming bir-biriga yopishishi va trom hosil 
bo‘lishiga moyillikni kamaytiradi, ateroskeleroz rivojlanishining oldini oladi: 
bundan tashqari ular buyrak tomirlarini kengaytiradi, tomirlar tomonidan suv va 
Na ajralishini oshiradi. Shunday qilib PG ta’siri renin - angiotenzin - aldosteron 
tizimi ta’siriga qarama-qarshidir.


Biologik faol moddalar - kininlar to‘qimalarda, shu jumladan, buyrakda hosil 
bo‘ladi. Bu moddalaming eng kichik miqdormi qonga yuborganda tomirlar 
kengayadi va AB pasayadi. Bu moddalar nofaol oqsil moddalardan (kininogenlar) 
maxsus kininogeninaza fermenti ta’sirida hosil bo‘ladi. Kinin o‘tmishdoshlari 
jigar, buyrak, o‘pka va boshqa a’zolarda hosil bo‘ladi.
ABni balandligining aniqlanishida suv-elektrolit buzilishlari katta 
ahamiyatga ega. AB yuqoriligining saqlanishida Na tuzlari muhim rol o‘ynaydi. 
Na+ hujayra tashqarisidagi asosiy ion u osmotik bosim balandligini, qon va hujayra 
tashqarisidagi suyuqlik hajmini aniqlaydi. Tomirlar spazmida ionlar nasoslarining 
oziqalanishi va faoiligi buziladi, silliq mushaklar hujayralarida Na miqdori oshadi, 
bu suv saqlanishiga va tomir devorining qalinlashishiga olib keladi. Bu nafaqat 
ularning teshigini kichraytiradi, balki sust tomir toraytiruvchi ta’sirlarga 
sezgirlikni ham oshiradi.
Gipertoniya shakllanishida Na+ dan tashqari hujayra ichi Ca** miqdorining 
oshishi ham muhim ahamiyatga ega. Uning hujayralardan chiqarilishi ham hujayra 
membranasi (tashqi po‘stloq) ion nasoslari yordamida amalga oshiriladi. 
Gipertoniyada ularning funksiyasi buziladi va hujayralarda ortiqcha Ca++ 
to ‘planadi. Bu tomir silliq mushaklari tonusini kuchaytiradi va ularning 
torayishiga olib keladi. Tomirlar torayishi yana shu bilan chuqurlashadiki, Ca^ 
miqdorining ko‘payishi simpatik asab oxirlarida tomir toraytiruvchi gormon 
noradrenalinning ko‘p ajralishini chaqiradi.
7. AB ning stabilligi qanday murakkab tizimlar bilan ta’minlanishi yuqorida 
aytilganlardan ko‘rinib turibdi.
AB doimiyligi yurak qisqarish kuchi va chap qorinchadan sistola vaqtida 
(sistolik hajm) aortaga otiladigan qon miqdoriga hamda mayda arteriya va 
kapillarlar devori tonusi o‘zgarishiga, yirik tomirlar elastiklik holatiga va b. 
bog‘liq.
AB ning nisbiy doimiyligiga yuqorida ko‘rib chiqilgan hamma omillar: neyro- 
endokrin regulatsiya, elektrolit almashinuvi va b. ta’sir ko*rsatadi. Shu bilan 
birga insonning butun hayoti davomida o‘z-o‘zini nozik regulatsiya qilinishi 
ta’minlanadi. Va faqat qo‘pol, kuchli qitiqlovchilar bu gomeostazni buzish 
imkoniyatiga ega. Ular qatoriga ko‘pgina zararli omillar - chekish, alkogolni 
ko‘p iste’mol qilish, atrof-muhitning ifloslanishi va b. kiradi.
8. Hayotiy muhim a’zolar - yurak, o‘pka, miya o‘ziga xos qon aylanishiga 
ega.
0 ‘pka qon bilan ikkita qon aylanish doirasidan ham ta’minlanadi: kichik 
doira o ‘pka arteriyasi orqali o‘pka alveolasi kapillalariga o‘pkadan gazlar 
almashinuvi uchun venoz qon yetkazadi. Katta doira - bronxial arterialar orqali 
o‘pka to‘qimalarining oziqalanishi uchun arterial qon yetkazadi. Ammo qon hajmi 
bu yerda katta bo‘lmaydi (QDH 1 - 2%). Kichik qon aylanishi kapillarlari to‘ri 
140 m2 yuzaga ega. Qon oqimiga qarshilik bu yerda katta doiralarga nisbatan 10 
baravar kam. SAT va adrenalin tomirlami toraytiradi; atsetilxolin kengaytiradi. 
Reflektor ta’sir katta doiradan kichigiga va aksincha boiishi mumkin. Bunday


qonning qayta taqsimlanishi AB baravarlashishiga olib keladi, o‘pkani ortiqcha 
qonga toMishiga (ya’ni, shish hosil bo'lishiga) qarshilik qiladi.
Miyada qon oqimi tezligi o‘rtacha 750 ml daqiqaga teng. Bu ko‘rsatkich 
yurakdan otiladigan umumiy qonning 10-13% ni tashkil qiladi. Neyronlarga 
boy kulrang moddaning qon bilan ta’minlanishi oq moddaga nisbatan yuqori. 
Bosh miya osyronlarining haddan tashqari intensiv qo'zg'alishida miyada qon 
oqimi 50% ga ko'payishi mumkin. Bosh miya faolligining kuchayishida uning 
ayrim sohalarida qon oqimining oshishi ham mumkin.
25-mashg‘ulot
1. Nafas organizmga kerakli miqdorda kislorod yetkazib berish va karbonat 
angidrid gazining chiqarilishini ta’minlovchi jarayonlar majmuidir. Nafas 
oksidlanish-qaytalanish metabolizmini: tashqaridan 0 :kirishi, uning hujayralarda 
utilizatsiya qilinishi, C 0 2 hosil boMishi va uning organizmdan chiqarib 
tashlanishini ta’minlaydi.
2. Tashqi nafas tashqi atmosfera havosi va 
0
‘pka, o‘pka va qon orasida gazlar 
alma-shinuvidir. Tashqi nafas uchta jarayonni o‘z ichiga oladi: a) ventilatsiya -
tashqi muhit va alveolar orasida gaz almashinuvi; b) diffuziya - alveolalar va 
qon orasida alveolo-kapillar membrana orqali gaz almashinuvi; c) perfuziya -
o'pkadan qon oqishi.
3. Ichki nafas - qon va to‘qimalar orasida gaz almashinuvi va aslida to‘qima 
nafasi - to‘qimalarning o'zida, hujayra mitoxondriyalarida oksidlanish 
jarayonlaridir. Biologik oksidlanishning hujayra ichi jarayonlari ko‘p sonli 
fermentlar yordamida, energetik mahsulotlar, gormonlar va boshqa regulatorlar 
ishtirokida amalga oshiriladi.
4. Nafas markazi - uzunchoq miyada, retekular formatsiyada joylashgan bir 
necha neyronlar guruhlari yig‘indisi; 1985-yilda N. A. Mislavskiy tomonidan 
kashf qilingan. Nafas regulatsiyasida bosh miya po‘stlog‘i (bu yerda ixtiyoriy 
nafas olish va chiqarish markaziari joylashgan), po‘stloq osti tugunlari - ko‘rish 
do‘mboqchasi, to‘rtta tepalik, diafragma va nafas tnushaklarini regulatsiya 
qiluvchi orqa miya ishtirok qiladi. Uchunchoq miya nafas markazida inspirator 
va ekspirator neyronlar - nafas olish va chiqarish markazi mavjud. Nafas olish va 
chiqarishning ritmik ketma-ketligi bir-biriga o‘zaro tormozlovchi ta’sir 
ko‘rsatuvchi inspirator va ekspirator neyronlarning galm a-gal elektr 
xususiyatining yo‘qolishi bilan bog‘liq. Varoliev ko4prik sohasida pinevmotaksik 
markaz bo‘Iib, u nafas aktini to'xtatadi, ya’ni nafasni nafas cbiqarishga 
almashtiruvchi markaz hisoblanadi.
5. Nafas olishning nafas chiqarish bilan almashinishi Gering-Breyer (1868) 
refleksi bo'yicha tabiiy ravishda amalga oshiriladi. Bu refleks nafasning o ‘z- 
o‘zini regulatsiya qilish asosida yotadi: nafas olganda o‘pkaning cho‘zilishi ro‘y 
beradi, o‘pka alveolalarida, qobirg‘alar orasidagi mushaklar va diafragmada 
joylashgan mexanoretseptorlar qo‘zg‘aladi. U yerdan asab impulslari adashgan 
asab (olalari orqali uzunchoq miyadagi nafas markaziga yetib boradi va nafas


olishning to‘xtashini va nafas chiqarishning yuzaga kelishini chaqiradi. 
Mexanoretseptorlardan impulslarning to‘xtashi nafas olishni yana stimullaydi. 
Nafas olish nafas chiqarishni, nafas chiqarish esa manfiy teskari aloqa prinsipi 
asosida nafas olishni chaqiradi.
6. Nafas markazi faolligi: 1) gumoral; ya’ni unda o‘tuvchi qon va to‘qima 
suyuqligi tarkibi bilan; 2) reflektor, nafas va yurak-tomir va b. tizimlar, MAT oliy 
qismlari retseptorlaridan keladigan impulslarga javoban regulatsiya qilinadi. 
Qonda karbonat angidrit gazi va H+ ionlarning yig‘ilishi qonning pH ni oshiradi, 
bu to‘g ‘ridan~to‘g‘ri nafas markazini qitiqlaydi va nafas kuchayisbini chaqiradi. 
Karotid sinus va aorta yoyi sohasida refleksogen hududlar mavjud bo‘lib, u yerda 
qonning kimyoviy tarkibi va arterial bosim o‘zgarishini qabul qiluvchi xemo -
va baroretseptorlar bor. Hatto qonda kislorodning arzimagan ozgina kamayishi 
va karbonat angidrid gazining ko‘payishini xemoretseptorlakr tomonidan qabul 
qilinishi nafasning reflektor tezlashishini chaqiradi. Karotid sinus sohasida arterial 
bosimning oshishi o‘pka ventilatsiyasini kamaytiradi.
7. 0 ‘pka hajm lari: 1) nafas hajmi - (NH) = 0,51 - tinch nafas olishda o'pkaga 
kiradigan va tinch nafas chiqarishda o‘pkadan chiqarib tashlanadigan havo 
miqdori; 2) nafas olishning rezerv hajmi - (nafas olish RH) = 1,5 1 - tinch nafas 
oiishdan keyin o‘pkaga qo‘shimcha tortiladigan havo; 3) nafas chiqarishning 
rezerv hajmi (nafas chiqarish RH) - 1,5 1 - tinch holatda nafas chiqargandan 
keyin qo‘shimcha chiqariladigan havo; 4) qoldiq hajm - 1,2 I - maksimal nafas 
chiqarishdan keyin o‘pkada qoladigan havo.
8. 0 ‘pka sig‘imlari: I ) o‘pkaning hayotiy sig‘imi - 0 ‘HS ( NH + nafas olish 
RH + nafas chiqarish RH yig‘indisi) =2900 - 5300 mi; 2) o‘pkaning nafas sig‘imi 
- 0 ‘NS (NH+ nafas olish RH) = 1700 - 3300 ml; 3) o‘pkaning funksional qoldiq 
sig‘imi - 0 ‘FQS (nafas chiqarish RH + QH) =2200 - 3600 ml; 4) o'pkaning 
umumiy sig‘imi (o‘pkaning umumiy sig'imlarining yig‘indisi) - 0 ‘US = 3900 -
7000 ml.
9. Kattalarda 1 daqiqada nafas soni 16 - 18; chaqaloqlarda 40 - 60, bir 
yoshdagilarda 30 -35, besh yoshdagilarda 25, o‘n yoshdagilarda 20.
10. Alveolo - kapillar membrana ikki qavat hujayralardan: alveolar epiteliy 
va qon kapillarlari endoteliysidan iborat. U orqali o‘pkaga molekular kislorod va 
karbonat angidridi gazi diffuziyalanadi. Me’yordan alveolo - kapillar membrana 
qalinligi 0,4 - 1,5 mkm ga teng.
11. Surfaktant - bu alveolar epiteliy hujayralari sintezlaydigan va yupqa 
parda shaklida uning yuzasini qoplaydigan modda. U yuza tarangligining 
kamayishini ta’minlaydi va shu bilan birga alveolalami puchayib qolishiga 
qarshilik ko‘rsatadi.
12. Atmosfera havosining gaz tarkibi: 0 2 - 21%, C 02 - 0,03%; alveolar 
havoning gaz tarkibi: О ,- 14%, CO, - 5,6%; nafas chiqargandagi havoning gaz 
tarkibi: 0 2 - 16,3%; CO, - 4,0%.


26 -m ash g ‘ulot
1. Jigar eng katta ovqat hazm qiluvchi bez hisoblanadi (uning og‘irligi 
taxminan 1,5 kg). Uni shuningdek organizm laboratoriyasi deb ham atashadi, 
chunki u juda ko‘p funksiyalami bajaradi.
1) modda almashinuvining hamma turlarida (oqsil, karbonsuvlar, yog‘, 
pigment, mineral, suv va b.) ishtirok etadi;
2) baryer (dezintoksikatsiyalash) funksiyasini bajaradi (zaharli moddalarni 
zaharsizlantiradi);
3) o‘t ishlab chiqaradi;
4) qon ivishida ishtirok etadi (protrombin, fibrinogen, geparin sintezlanadi).
5) glikogen sintezlaydi;
6) siydikchil hosil qilish funksiyasi;
7) oqsil hosil qilish funksiyasi;
8) sirkulalsiyadagi qon miqdorini regulatsiya qilishda ishtirok qiladi (qon 
deposi);
9) vit. B]5va boshqa vitaminlar va mikroelementlar deposi;
10) homilada qon ishlab chiqaradi.
2. Jigaming asosiy hujayra elementi balka (to‘sin) shaklida joylashgan, 
markazdan periferiyaga radial boradigan jigar hujayralari yoki gepatotsitlar 
hisoblanadi. Gepatotsitlar o ‘zlarining k o ‘p sonli funksiyalarini maxsus 
kiritm alarning к о ‘pligi va hujayra mem branasi ayrim qism iarining 
ixtisoslashganligi tufayli bajaradi. Geptotsitlarda ikki qutb farqlanadi. 
Birinchisida har xil moddalar, modda almashinuv mahsulotlari shimiladi, 
ikkinchisi orqali o‘t va boshqa moddalar ajralishi ta’minlanadi. Jigar bo‘lakchalari 
tarkibiga arteriya va venalardan boshlanuvchi qon tomirlari ham kiradi. Jigarda 
qon aylanish tizimi noyobdir: jigar arteriyalari orqali arterial qon, darvoza venasi 
orqali vena qoni oqadi, jigardan chiqadigan vena qoni esa pastki kovak venaga 
quyiladi.
3. Jigarning baryer funksiyasi ovqatlar bilan kiruvchi yoki ichakda 
mikrofloralar faoliyati hisobiga hosil bo‘luvchi va jigarga portal tizim orqali olib 
kelinuvchi zaharli moddalarni zaharsizlantirishdan iborat. Uning himoya 
funksiyasi toksik va infeksion agentlami zaharsizlantirishni o‘z ichiga oladi. 
Kimyoviy moddalar ularning kimyoviy o ‘zgarishi (ko'pincha ko'pgina 
moddalaming, shu jumladan, etanol, toluol, anilin, naftalin, fenobarbital va b. 
oksidlanishi hisobiga) natijasida zaharsizlantiriladi. Infeksion agentlar asosan 
ularning fagotsitoz qilinishi - lizisga uchrashi natijasida inaktivlanadi; ko‘pgina 
moddalar - ularning kon'yugatsiya qilinishi yordamida (ko‘pincha glukuron, 
sirka va sulfat kislotalari, glitsin, taurin bilan) zaharsizlantiriladi.
4. Jigar karbon suvlar almashinuvida faol ishtirok qiladi, unda glikogenez, 
glikogenoliz va glikoneogenez jarayonlari kechadi. Almashinuvga glukoza
galaktoza va fruktozalar jalb qilinadi, glukuron kislotasi hosil boMadi. Jigarda 
o'rtacha 90-100 g glikogen bo‘Iadi, u jigar og‘irligining 2-5% ni tashkil qiladi.


Glukozadan glikogen hosil boiishi uning polimerizatsiyalanishi bilan bog'liq. 
Glikogen gepatotsitlarda zaxira sifatida saqlanadi va organizm zo‘riqish sezganda, 
katta energiya talab qilganda glukozaga aylanib qonga tushadi.
5. Jigarning oqsil almashinuvida ishtiroki nihoyatda katta. Unda qon plazmasi 
oqsillari sintezlanadi (fibrinogenning hammasi, albuminning 96%, 
globulinlaming 85%), aminokislota-larning dezaminlanishi va qayta aminlanishi, 
siydikchil, glutamin, kreatin hosil bo‘lishi ro‘y beradi. Jigarda ko‘pgina oqsil 
tabiatli fiziologik muhim moddalar, shu jumladan, qon ivishi va ivishiga qarshi 
tizim omillari: protrombin kompleksi omillari (II, VII, IX, X), fibrinogen, ivish 
omillari (V, XI, XII, Х1П), antitrombm, antiplazmin sintezlanadi.
6. Jigarda uchglitseridlar, fosfolipidlar, o‘t kislotalari, xolesterinning ko‘p 
qismi sintezlanadi, atseton tanachalari, lipoproteidlar hosil bo‘ladi, uchglitseridlar 
oksidlanadi. Unda kechadigan o‘t hosil bo‘!ish jarayoni lipidlar almashinuvida 
juda katta ahamiyatga ega, chunki lipidlaming ichakda gidrolizlanishi va 
shimilishi u bilan bog‘Iiq
7 .0 ‘t pufagi yupqa noksimon tuzilma (qop) bo‘lib, uning devorining qalinligi
1,5-2,0 mm atrofida, sig‘imi 50-80 ml tashkil qiladi.
Ovqatning tashqi ko‘rinishi, hidi, uni qabul qilishga tayyorlanish va qabul 
qilinishi turli xil odamlarda o‘t ajralish tizimi faoliyatining yetarli darajada 
murakkab va har doim ham bir xil bo‘lmagan o‘zgarishini chaqiradi. 0 ‘t pufagi 
har xil latent davrdan oldin bo‘shashadi, keyin qisqaradi. 0 ‘tning kamroq qismi 
Oddi sfinkteri orqali 12 barmoq ichakka chiqadi. 0 ‘t ajratish apparatining bu 
birlamchi reaksiya davri 7-10 daqiqa davom etadi. Keyin asosiy evakuator davr 
(yoki o ‘t pufagining bo'shash davri) boshlanadi, bu vaqtda o‘t pufagining 
qisqarishi uning bo‘shashishi bilan almashinadi va ochiq Oddi sfikteri orqali 12 
barmoq ichakka oldin pufak o‘ti, keyin esa jigar o‘ti chiqadi.
Latent va evakuator davrlarning davomligi, ajratiladigan o*t miqdori qabul 
qilinadigan ovqat turiga bog‘Iiq. 0 ‘t ajratilishining kuchli qo‘zg‘atuvchilari -
tuxum sarig‘i, sut, go‘sht va yog‘lar hisoblanadi. Non o‘t pufagining sust 
qisqarishini va kam hajmda o‘t ajralishmi chaqiradi. Bu asosiy davr 3-6 soat 
davom etadi, keyin o‘t ajralishining kamayishi, o‘t pufagi qisqarish faoliyatining 
pasayishi kuzatiladi va unda jigar o‘ti depolanishga boshlaydi.
8. 
0 4 gepatotsitlar tomonidan o ‘t kanalchalariga ajraladi, kanalchalar 
gepatotsitlar yoki balkalar orasidagi teshiklar tizimidan iborat. Ulardan 
boiakchalar ichi yoki bo‘Iakchalar aro o‘t yo‘llari orqali v. porta tarmoqlari bilan 
birga kechadigan yirikroq o‘t tomirlariga tushadi. Keyinchalik o‘t tomirlari bora- 
bora qo‘shiladi va jigar darvozasi sohasida jigar naychasini hosil qiladi. Undan 
o‘t pufak naychasi orqali yoki o‘t pufagiga yoki umumiy o‘t naychasiga tushishi 
mumkin. Umumiy o‘t naychasi 12 barmoq ichakka duadenal bo‘rtma sohasida 
ochiladi (oldin u odatda pankreatik naycha bilan birlashadi). Umumiy o‘t naychasi 
boshlanadigan joyda Oddi sfinkteri joylashgan.
jigar tomonidan doimo ishlab chiqariladi. Uning bir kundagi 
sekretsiyasi 0,5-1,0 1 tashkil qiladi. 0 4 sariq rangli suyuqlik bo‘lib, qon


plazmasiga nisbatan deyarli izotonik; uning pH 7,8 - 8,6, solishtinna og‘irligi 
1009-1013. Ovqat hazm qilinishidan tashqari Oddi sfinkteri bekilgan holatda 
bo‘Iganligi uchun o*t-o‘t pufagida yig‘iladi va kontsentrlanadi. Ovqat hazm 
qilish vaqtida Oddi sfinkteri ocbitadi va o‘t 12 barmoq ichakka tushadi. 0 ‘tning 
eng asosiy komponentlari - o‘t kislota tuzlari, bilirubin, xolesterin, o‘t kislotalari 
va letsitin hisoblanadi. 0 4 tarkibi pufakda saqlanish vaqtida o‘zgaradi. Ayrim 
moddalaming miqdori 5-10 marta ko‘payishi mumkin (9-jadval). Ana shunday 
konsentratsiyalash xususiyati tufayli 50-80 ml bajmga ega bo‘lgan odam o‘t 
pufagi, 12 soat davomida hosil bo'Iadigan o‘tni sig‘dirishi mumkin.
Pufak o‘ti uning devori orqali suv shimilishi natijasida quyuq va qoramtir 
tusga kiradi. Uning solishtirma og‘irligi 1026 - 1043, pH - 6,8. 0 ‘n ikki barmoq 
ichakka tushuvchi o‘t miqdori va sifati oziq-ovqat xususiyatiga bog‘liq.
10. 
0 ‘t pigmentlariga bilirubin, biliverdin, urobilinogenlar kiradi. Bu 
moddalaming hammasi gemoglobin (Hb) parchalanish mahsulotlari hisoblanadi.
Bilirubin hosil bo‘Iishi RES hujayralarida (shu jumladan, jigar kupferov 
hujayralarida ham) eritrotsitlar gemolizidan boshlanadi, Har bir kecha-kunduzda 
sirkulatsiyadagi eritrotsitlar umumiy miqdoridan 1% gemolizlanadi. Bunda 6-7 
g Hb parchalanadi, undan 200-250 mg bilirubin hosil bo'ladi.
Hb o‘zgarish bosqichlari:
1) gaptoglobin - gemoglobin kompleksi;
2) verdoglobin (yashil rangli bo'lganJigi uchun shunday nom olgan);
3) biliverdin;
4) bilirubin (sarg‘ich-qizil rangli pigment, bilis - o‘t + ruber - qizil).
Bu bilirubin m e’yorida qonda sirkulatsiya qiladi (shuning uchun ham 
gemobilirubin yoki bilvosita bilirubin deb aytiladi) va amaliy jihatdan suyuq 
muhitlarda erimaydi. Uning tashilishi ucbun oqsil-tashuvchiiar, asosan plazma 
albuminlari talab qilinadi.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish